Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Beyl: «Men "Real"ga qaytishni rejalashtiryapman»

Transfer huquqlari Madridning "Real" klubiga tegishli bo'lgan "Tottenxem" yarimhimoyachisi Garet Beyl Madrid klubiga qaytishni rejalashtirayotganini malum qildi.

.
- Yuklab olish

Transfer huquqlari Madridning "Real" klubiga tegishli bo'lgan "Tottenxem" yarimhimoyachisi Garet Beyl Madrid klubiga qaytishni rejalashtirayotganini malum qildi.

«Bu yil "Tottenxem"ga o'tishimning asosiy sababi bu futbol o'ynash istagim. Istagim birinchi o'rinda bo'ldi.

Men "Evro-2020" musobaqasi oldidan o'yin ritmini his qilmoqchi edim. Mening rejam - mavsumni "Tottenxem"da o'tkazish va Evrodan keyin "Real"ga qaytish. U erda yana bir yil o'ynash. Men qaytib boraman. Hech bo'lmaganda bu mening rejam», - deydi Beyl.

Uelslik futbolchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozida o'z nihoyasiga etadi. Avvalroq, Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Beylning qaytishiga qat'iyan qarshi bo'lganligi haqida xabar berilgan edi.

Joriy mavsumda 31 yoshli yarim himoyachi APLda 12 o'yin o'tkazib, 5 gol urgan va 2 golga uzatma amalga oshirgan.

BestMaster
23 Mart 2021, 21:00
«men, realga, qaytishni, rejalashtiryapman»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads