Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

LaLiga. "Barselona" mehmonda "Real Sosedad" darvozasiga 6ta gol urdi

Ispaniya chempionatining 28-turida "Real Sosedad" "Barselona"ni qabul qildi.

.
- Yuklab olish

Real Sociedad

Ander Barrenetxea - 77'

LaLiga . 28-tur

22/03/2021, 01:00

6 : 1 Tugadi

Barcelona

Antoine Griezmann - 37', Sergino Dest - 43', Sergino Dest - 53', Lionel Messi - 56', Ousmane Dembele - 71', Lionel Messi - 89'

Stadion: Reale Seguros Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Munuera

45' 90' 9'  Martin Zubimendi61'  Andoni Gorosabel (Ander Barrenetxea)61'  Cristian Portu (Adnan Januzaj)72'  Martin Zubimendi (Carlos Fernandez)77'  Ander Barrenetxea77'  Carlos Fernandez79'  Igor Zubeldia83'  Igor Zubeldia (Modibo Sagnan)83'  Alexander Isak (Jon Bautista)90'  Carlos Fernandez27'  Sergio Busquets37'  Antoine Griezmann43'  Sergino Dest43'  Lionel Messi53'  Sergino Dest56'  Lionel Messi56'  Sergio Busquets67'  Sergio Busquets (Ronald Araujo)68'  Pedri (Ilaix Moriba)71'  Ousmane Dembele71'  Ilaix Moriba79'  Ousmane Dembele (Martin Braithwaite)84'  Sergino Dest (Trincao)85'  Antoine Griezmann (Ricard Puig)88'  Martin Braithwaite89'  Lionel Messi89'  Jordi Alba Match-senterda ochish

"Real Sosedad" – "Barselona" 1:6

"Reale Arena"

Gollar: 0:1 – 37 Grizmann, 0:2 – 43 Dest, 0:3 – 53 Dest, 0:4 – 56 Messi, 0:5 – 71 Dembele, 1:5 – 77 Barrenechea, 1:6 – 89 Messi.

"Real Sosedad" – Remiro, Subeldiya (Sanyan, 83), Le Norman, Gorosabel (Barrenechea, 61), Merkelans, Gevara, Portu (Yanuzay, 61), Subimendi (Fernandes, 72), Oyarsabal, Merino, Isak (Bautista, 83).

"Barselona" – ter Stegen, Langle, Dest (Trinkau, 84), Mingesa, Alba, Buskets (Arauxo, 67), de Yong, Pedri (Moriba, 68), Dembele (Breytueyt, 79), Grizmann (Puch, 85), Messi.

Ogohlantirishlar:  Subimendi (9), Buskets (27), Subeldiya (79), Breytueyt (88).

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

89. GOOOL! Lionel Messi o'yindagi so'nggi golni urdi. Albaning chap qanotdagi faolligi va aniq uzatmasidan so'ng Lionel Messi dubl qayd etdi.

76. GOOOL! Barrenechea "Real Sosedad" hisobni qisqartirishiga sababchi bo'ldi. Uning kuchli zarbasidan so'ng, to'p raqib darvozasidan joy oldi. 1:5.

74. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Adnan Yanuzay uzoq masofadan Ter SHtegen darvozasini nishonga olishga urindi, ammo nemis posboni to'pni osonlik bilan egallab oldi.

71. GOOOOL! Ana endi bu golga hakamlar ham aralasha olishmaydi. Usmon Dembele to'pni bir o'zi raqib jarima maydonchasi ichigacha olib kirdi va kuchli zarba bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi. 0:5.

66. GOOOL! Dembele raqib darvozasini ishg'ol qildi, ammo... Yon hakam bayroqchasini ko'tarib, ofsayd borligini malum qildi. VAR barchasiga oydinlik kiritmoqda... OFSAYD!

59. USMOOON! Dembele ham o'yin qaydnomasiga gol muallifi sifatida kirishga urinib ko'rdi, ammo uning o'tkir burchakdan bergan zarbasini posbon qaytardi.

56. GOOOL! "Barselona" hisobni 0:4 ko'rinishiga keltirdi. Bu safar Messi o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Busketsning ideal uzatmasidan so'ng Leo raqib darvozaboni bilan deyarli birga-bir chiqdi va duelda uni taslim etdi.

53. GOOOL! YANA O'SHA DEST! Xordi Alba ajoyib tarzda bir raqibini aldab, raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va to'pni darvozaga yaqinlashayotgan Messiga uzatdi, biroq himoyachi to'pga birinchi bo'lib etib keldi, ammo uning zarbasi Serjinoning oyog'iga tegib, teskari yo'nalishda - darvoza to'riga kirib ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

43. GOOOL! DEEEEST! Leo raqib jarima maydonchasi qarshisida to'pni qabul qildi va ikki futbolchi orasidan ayyorona pas berib, Destni raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqardi. Amerikalik futbolchi esa imkoniyatdan unumli foydalandi. 0:2.

37. GOOOL! "Barselona" hisobni ochdi! Juda uzoq davom etgan hujum gol bilan yakun topdi. Raqib jarima maydonchasi chizig'i ustida turgan Messi to'pni chap qanotda ochilayotgan Albaga uzatdi, Xordi esa tezda to'pni markazroqdagi Dembelega berdi. Usmonning zarbasidan so'ng darvozabon to'pni qaytardi, qaytgan to'pga birinchi bo'lib Grizmann etib keldi va darvozani ishg'ol qildi.

34. Pedriii... "Barselona" yarim himoyachisi raqib jarima maydonchasiga kirmay darvozaga zarba berdi, ammo to'p himoyachiga tegdi va navbatdagi hujum omadsiz yakun topdi.

30. Hozircha faqat  "Real Sosedad" hisobni ochishga yaqin keldi, "Barselona"ning hujumlari esa ko'pincha yarim yo'lda uzilib qolmoqda.

24. Ter SHtegen raqib futbolchisining juda yaqin masofadan bergan zarbasidan so'ng to'pni tanasi bilan qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

23. Messi to'pni uzatishga kechikkani tufayli "Barsa"ning hujumi juda erta yakun topdi.

20. Bahsning dastlabki 20 daqiqasi yakuniga etdi, ammo hisob ochilganicha yo'q. Kichik ustunlik "Barselona" tomonida.

11. Messining zarbasidan so'ng raqib posboni to'pni osonlik bilan egallab oldi.

9. Sariq kartochka. Zubimendi Dembeleni yiqitib, o'ta xavfli hujumning oldini oldi, biroq hakam uni jazoladi.

6. "Real Sosedad" raqib futbolchilarining xatosidan foydalanib to'pni egallab oldi, ammo o'z hujumlarini muvaffaqiyatli yakunlay olishmadi.  Grizmann himoyaga yordamga keldi.

4. To'pga egalik qilish borasida "Barselona" tezda ustunlikni qo'liga oldi.

1. Uchrashuv boshlandi. 

Real Sosedad – Barselona

22 mart, 01.00, «Reale Arena»

Real Sosedad – Remiro, Subeldiya, Le Norman, Gorosabel, Merkelans, Gevara, Portu, Subimendi, Oyarsabal, Merino, Isak.

Barselona – ter Stegen, Langle, Dest, Mingesa, Alba, Buskets, de Yong, Pedri, Dembele, Grizmann, Messi.

BestMaster
22 Mart 2021, 03:00
laliga, barselona, mehmonda, real, sosedad, darvozasiga, urdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads