Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Valverde: Bugungi g'alaba bilan raqiblarni tabriklayman.

"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Real"ga qarshi uchrashuvdan so'ng OAV intervyu berib o'tdi.

 

"Biz biror marotaba ham o'yinda yo'qolib qolmadik. Hisobni 1:1 holatiga keltirgandan so'ng mo'jizaviy gol o'tkazib yubordik, so'ngra yana. Shunday vaziyatlar bo'ldiki biz hisobda 2:1 natijasi bilan ham oldinlab ketishimiz mumkin edi, ammo bu futbol. Futbolda nafaqat yaratish balki foydalanish ham kerak. O'ylashimcha uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi, ikkala jamoa ham yaxshi o'ynadi. Ikkala jamoa ham o'z uslubida harakat qildi. Raqibimiz qarshi hujumlarda bo'sh nuqtalarimizdan foydalandi. Ammo men salbiy oqibatlardan qo'rqmayman. Biz mag'lubiyatga uchradik, endi natijaga qaramasdan oldinga intilishimiz kerak, so'zsiz "Real" endi favorit. Ammo hali hammasi oldinda, javob  o'yinida mag'lubiyat yoki g'alaba hech narsani hal qilmaydi. Bugungi g'alaba bilan raqiblarni tabriklayman.

"Biz - "Barselona", bizda eng kuchili tarkib bo'lishi kerak. 31-avgustgacha yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolashga vaqt bor. Xa biz yutqazdik, lekin hali tarkibda o'zgarishlar ko'p bo'ladi. O'zim xohlagan jamoani tuza olganimcha yo'q. Umid qilaman Delafeu jamoaga yaxshi kirishib keta oladi. Uni bejizga ortga qaytarmadik, u maydonda o'z o'rnini topib keta oladigan futbolchi." - deydi Ernesto Valverde.

 

BestMaster
14 Avgust 2017, 16:30
valverde, bugungi, galaba, bilan, raqiblarni, tabriklayman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 karvaxal  
Xa tan olishham erkakni ishi
15 Avgust 2017, 09:33
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads