Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. “Selta” – “Real Madrid” 1:2 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionati 28-turidan o'rin olgan "Selta" - "Real Madrid" bahsi bo'lib o'tmoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin. 

YANGILASH

40-daqiqa. GOOOOOOOOL! "Selta", Santi Mina oradagi farqni qisqartirdi. Jarimadan uzatilgan to'pni Mina boshi bilan darvozaning olis, pastki burchagiga joylab qo'ydi. 

39-daqiqa. Ogohlantirish! Toni Kroos raqibiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi. 

38-daqiqa. Fede Valverde raqib himoyachisi Tapia hujumni bemalol boshlashiga yo'l qo'ymadi va urugvaylikning bosimi oqibatida "Selta" to'pni yo'qotdi.

Jamoa biroz oldinga chiqsa, maydon markazidan o'tsa, to'pni osonlik bilan yo'qotib qo'ymoqda.

35-daqiqa. "Selta" futbolchilari raqibni tinchlantirish uchunmi, yoki nima qilishni bilmaganligidanmi, to'pni himoya chizig'ida ushlab turish bilan kifoyalanmoqda. 

33-daqiqa. CHap qanotdan rivojlangan hujum va uzatmadan keyin Brais Mendes boshi bilan zarba yo'lladi, Kurtua o'z o'rnida. 

31-daqiqa. "Selta" yana bir bor tezkor hujum bilan golga gol bilan javob qaytarishlari mumkin edi, lekin Santi Minaning tovoni bilan bergan zarbasidan keyin to'p darvozaga borishni istamadi. 

30-daqiqa. GOOOOOOOL! Yana Benzema! Himoyachilarning qo'pol xatosidan keyin Karim oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Kroosdan yana bir assist.

29-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni Luka Modrich yakunlashi... 

26-daqiqa. Bu safar Benzema assistent rolida va Vinisius so'nggi zarbani berishi kerak edi, ammo franciyalikning noqulay vaziyatda bo'lishiga qaramay, amallab uzatgan to'pini braziliyalik kutmagan chog'i, darvozaning bo'sh qismiga to'g'rilab qo'ya olmadi. 

22-daqiqa. Gol o'tkazib yuborgan "Selta" oldinga tashlandi va Santi Mina hisobni tenglashtirishi mumkin edi, ammo to'p darvozadan biroz yuqoriroqdan o'tib ketdi. 

20-daqiqa. GOOOOOOOOOL! Karim Benzema hisobni ochdi! Toni Kroosning ajoyib uzatmasidan keyin Benzema hisobiga yana bitta to'p yozdirib qo'ydi. 

19-daqiqa. "Selta" pressing uyushtirib ko'rdi, ammo "qaymoqranglilar" undan qiyinchiliksiz chiqib ketishdi.

16-daqiqa. O'yin biroz sokinlashgandek. "Real" tezkor gol ura olmagan bo'lsada, bari-bir uramizda, degandek harakat qilmoqda. 

14-daqiqa. "Selta" o'yindagi birinchi hujumini uyushtirdi, lekin so'nggi zarba qovushmadi va Kurtuaning tinchi buzilmadi. 

10-daqiqa. Hujumni xush ko'radigan "Selta" hozircha hujumga chiqishda muammolarga duch kelmoqda. 

8-daqiqa. Burchak to'pidan uzatilgan to'p shundoqqina Karim Benzemaning oyog'iga kelib tushdi, biroq raqiblar uning zarbasi nishonga aniq bormasligini taminlashdi. 

7-daqiqa. Mehmonlar qayta-qayta hujum uyushtirib, raqib himoyasiga bosim uyushtirishmoqda, ammo hozircha to'p darvoza to'riga borib tushmayapti. 

4-daqiqa. Kutilmaganda himoyachi va posbonning sustkashligidan Vinisius foydalanib ketishi mumkin edi, raqiblari braziliyalikning bunday chaqqon harakatini kutmagan chog'i, to'pni unga "sovg'a" qilishdi. Biroq Vinni to'pni Benzemaga etkazdi va francuzning zarbasi yo'liga boshqa bir himoyachi to'g'anoq bo'ldi. 

2-daqiqa. Maydon markazida mezbonlar o'yin qoidasini buzishdi va hakam jarima zarbasi belgiladi.  

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi!

Har ikki jamoaning asosiy tarkib vakillari maydonga chiqib kelishdi. 

YANGILASH

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"Selta" – "Real Madrid"

20.15, "Balaidos"

"Selta" – Vilyar, Aaron Martin, Malo, Arauxo, Murilo, Denis Suares, Tapiya, Mendes, Nolito, Santi Mina, Aspas.

"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Varan, Nacho, Vaskes, Valverde, Kroos, Kazemiro, Modrich, Vinisius Junior, Benzema.

BestMaster
20 Mart 2021, 21:00
live , liga, “selta”, “real, madrid”, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Реал
20 Mart 2021, 22:10
 u7777u  
Мадрид
20 Mart 2021, 22:11
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads