Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Boy klublar, biznesga aylangan futbol - avvalgi futbolning afzalliklari

Yoshlikda futbolga qiziqqan ayrim tanishlarimiz ayni vaqtga kelib faqat qiziqarli uchrashuvlarni tomosha qiladi. Ayrimlari esa endiliuda umuman futbol ko'rmaydi. Xo'sh sabab nimada? Hozirgi futbolning avvalgisidan farqi nimada deb o'ylaysiz? Demak, bu borada bir qancha farqlarni keltirib o'tamiz.

.
- Yuklab olish

Yoshlikda futbolga qiziqqan ayrim tanishlarimiz ayni vaqtga kelib faqat qiziqarli uchrashuvlarni tomosha qiladi. Bazilari esa endiliuda umuman futbol ko'rmaydi. Xo'sh sabab nimada? Hozirgi futbolning avvalgisidan farqi nimada deb o'ylaysiz? Demak, bu borada bir qancha farqlarni keltirib o'tamiz.

Futbol biznesga aylandi

Ayni davrda futbol haqiqiy biznesga aylandi. Ko'plab klublar boy xo'jayinlariga ega va tarixi va yaxshi akademiyasi bo'lmagan klublar grandlar qatorida bormoqda. Futbolchilarning narxi esa yil sayin hayratlanarli darajada ortib bormoqda. Bundan tashqari, iqtidorli futbolchilar darhol grand jamoalarga yo'l olmoqda. O'rta darajadagi klublar esa pulga muhtoj va "Monako", "Ayaks" va "Benfika" kabi klublar klub muvaffaqiyatlaridan ko'ra, futbolchi etishtirib chiqarishga ko'proq e'tibor bermoqda.

Futbolda shaxsiyatlar g'oyib bo'lmoqda

Hozirgi kunda aksar futbolchilar inkubatorga o'xshaydi. O'ziga xoslik esa tobora yoqolib bormoqda. Ikkita super yulduz bor - Messi va Ronaldu. Ular har mavsum "Oltin to'p" uchun asosiy da'vogar. Avvallari esa ushbu sovrinni yutish uchun 20-30 ta teng kuchga ega "charm to'p ustalari" kurashar edi. Oldin simulyatsiya kamroq edi, hammaga yoquvchi temir harakterli futbolchilar esa ko'p edi. Roy Kin,Jennaro Gattuzo, Karles Puyol shular sirasidandir. Hozir bu hildagi futbolchilar kam.

Ilgari qiziqarli klublar ko'p bo'lgan

Pul ko'p narsani hal qilmas edi. Ispaniyaning "Valensiya"si ikki marta EChL finaliga chiqqan va kamtarona "Deportivo" va "Vilyarreal" kuchli o'yin ko'rsatar edi. Italiyada "Roma" va Latsio" top jamoalar sirasiga kirar edi. Germaniyada "Volfsburg", "Shtutgart" va "Verder" yaxshi darajadagi jamoalar edi. Ayni dam ko'p ligalarda 1-2 ta klublar yaqqol favorit va endi chempionlik uchun kurash qizg'in bo'lmay qolgan.

Xilma-xillik yoqolmoqda

Ilgari har bir murabbiy, jamoa yoki chempionatning o'ziga xosligi bor edi. Kapello va Trappaton kabi qariyalar o'z uslublariga ega edi. Venger va Raykard kabi "romantik" murabbiylarning jamoalarida joziba sezilib turar edi va yana taktik jihatdan kuchli Mourino va Beniteslar ham o'z qarashlariga ega edilar. Zidanning futbolchiga bosh bilan bergan zarbasi, 2002 yildagi Braziliya, Bekxemning bandasi va yana bir qator yodda qolarli holatlar bo'lar edi.

Hozirgi futbol biroz zerikarli

Avvalgi futbol hozirgidek tez emas, lekin ayni damdagidek sodda emas. Hozirgi vaqtda tezkorlik katta ahamiyatga ega va ijodkor o'yinchilar unchalik qadrlanmayapti.Qolaversa, natijaga endi juda katta e'tibor berilmoqda va murabbiylarga jamoa qurish uchun uncha ko'p imkoniyat berilmayapti. Shuning uchun, "Atalanta" kabi klublarni hozir qadrlashadi.

Vaqt o'tgani sayin o'zgarishlar bo'lishi tabiiy hol. Ammo hozirgi futboldagi ayrim qarashlar va epizodlar g'ashga tegadigan darajada yoqimsiz. Lekin endi shu narsalar ham futbolning bir qismiga aylanib bo'ldi.

BestMaster
18 Mart 2021, 18:00
klublar, biznesga, aylangan, futbol, avvalgi, futbolning, afzalliklari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads