Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Vinisius: “Ronaldu - bu «Real» afsonasi”

«Real» hujumchisi Vinisius Junior «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning Madrid klubiga qaytishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi.

.
- Yuklab olish

«Real» hujumchisi Vinisius Junior «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning Madrid klubiga qaytishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi.

“Krishtianu – bu «Real» afsonasi. U ushbu jamoa bilan ko'plab yutuqlarga erishdi. Men bu haqda ko'p gapira olmayman, chunki vaziyat shuni taqozo qiladi. Lekin «Real» da uni doim iliq qarshi olishadi”, - deya Vinisiusning so'zlarini keltiradi ESPN.

Ma'lumot uchun, Ronaldu 2009 yildan 2018 yilgacha “Real Madrid” sharafini himoya qilgan. U “qaymoqranglilar” bilan 15 ta sovrinni qo'lga kiritdi, shu jumladan ikkita Ispaniya chempioni unvoni, ikkita liga kubogi va ikkita mamlakat kubogi, to'rtta Chempionlar Ligasi kubogi, ikkita UEFA superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatining uchta sovrinini. “Qirollik klubi” futbolchisi sifatida Krishtianu to'rtta “Oltin to'p” ni qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, Ronalduning “Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda 36 yoshli hujumchi Italiya A Seriyasida 23 o'yin o'tkazib, 23 gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

BestMaster
18 Mart 2021, 10:00
vinisius, “ronaldu, «real», afsonasi”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads