Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. Chorak va yarim final bosqichi qur'alari haqida batafsil ma'lumot

Evropa chempionlar ligasida nimchorak final bosqichi o'yinlari yakuniga etib, chorak finalga chiqqan 8ta jamoaning nomi aniq bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Evropa chempionlar ligasida nimchorak final bosqichi o'yinlari yakuniga etib, chorak finalga chiqqan 8ta jamoaning nomi aniq bo'ldi. Ertaga, 19 mart kuni qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Unda musobaqaning chorak va yarim finaliga qur'a tashlanadi.

Qachon va qaerda?
Qur'a tashlash marosimi UEFA qarorgohi joylashgan Shveytsariyaning Non shahrida bo'lib o'tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.

Ishtirokchi klublar

"Bavariya" (Germaniya)
"Borussiya" Dortmund (Germaniya)
"Liverpul" (Angliya)
"Manchester Siti" (Angliya)
"Chelsi" (Angliya)
"Real" (Ispaniya)
"Pari Sen-Jermen" (Frantsiya)
"Portu" (Portugaliya)

Qur'a mexanizmi
Qur'a "ko'r-ko'rona" tamoyili asosida o'tkaziladi. Ya'ni har qanday klub har qanday jamoa bilan to'qnash kelishi mumkin. Jamoalar savatchalarga ajratilmaydi. Hech qanday cheklov yo'q. Qur'ada nomi birinchi chiqqan jamoa 2-jamoa bilan juftlik hosil qiladi va dastlabki o'yinni o'z uyidagi o'tkazadi.

Yarim final qur'sida esa 1dan 4gacha bo'lgan raqamlar tortiladi va juftliklar aniq bo'ldi. Shuningdek, finalda nominal mezbon nomini aniqlash uchun ham qur'a tashlanadi.

Musobaqa taqvimi
Chempionlar ligasining chorak final, yarim final va final o'yinlari quyidagi sanalarga belgilangan:

Chorak final
Dastlabki o'yinlar: 6/7 aprel
Javob o'yinlari: 13/14 aprel

Yarim final
Dastlabki o'yinlar: 27/28 aprel
Javob o'yinlari: 4/5 may

Final
29 may (Otaturk nomidagi "Olimpiya" stadioni, Istanbul)

BestMaster
18 Mart 2021, 07:00
chorak, yarim, final, bosqichi, quralari, haqida, batafsil, malumot,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 u7777u  
Реалга омад
18 Mart 2021, 11:11
 u7777u  
Мени тахминим қуйдагича
18 Mart 2021, 11:15
 u7777u  
Реал - порту Бавария - ман сити Челси - Боруссийа д Ливерпуль - ПСЖ
18 Mart 2021, 11:21
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads