Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu qanday qilib Pelening rekordini yangiladi?

Portugaliyalik Ronalduning klublar va terma jamoasi tarkibidagi golli statistikasini qisqacha eslaymiz.

.
- Yuklab olish

Portugaliya terma jamoasi va Turinning "Yuventus" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'tgan hafta "Kalyari" bilan o'yinda uchta gol urdi(3:1) va rasmiy o'yinlardagi gollar sonini 770taga etkazgan holda, 767 gol urgan Peleni ortda qoldirdi. Hozir esa biz sizlar bilan Ronaldu mazkur natijaga qanday erishgani haqida biroz suhbatlashamiz.

Portugaliyalik futbolchining klublar va terma jamoasi tarkibidagi golli statistikasini qisqacha eslaymiz.

O'tmishdagi buyuk futbolchilari nomlari futbol tarixida abadiy qoladi. Ular afsonalarga aylanadi va ismlari Ferents Pushkash yoki Lev Yashin singari sovrinlarga qo'yiladi. Pele har doim hamma mamlakatlarning futbol afsonasi sifatida qaralgan. Futbol qirolining faoliyati davomida ham, shuningdek karerasini tugatgandan so'ng ham juda ko'p ajoyib futbolchilar bor edi. Ammo ularning hech biri urilgan gollar soni bo'yicha Pele o'rnatgan rekordga yaqinlasha olmadi.

Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi professional futbolga kirib kelganidan keyin. Birinchisi "Real" tarixidagi, ikkinchisi "Barselona" tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'ldi. Zamonamizning eng yaxshi ikki o'yinchisi futbol tarixida o'rnatmagan rekordlari deyarli qolmadi.
Ronaldu hozir ham yoshiga qaramay, ayni paytgacha gol urishni davom ettirmoqda. To'g'ri, portugaliyalik yulduz asosan gollarini A Seriyada kiritmoqda, lekin Krishtianuni yaqinda 36 yoshga to'lganini hisobga olsak, bu ajoyib natija hisoblanadi. Ronaldu o'tgan hafta A seriya doirasidagi "Kalyari"ga qarshi o'yinda 3ta gol kiritib, xet-trikka erishdi va shu tariqa barcha zamonlarning eng yaxshi to'purari sifatida futbol taxtiga o'tirdi.


36 yoshida portugaliyalik futbolchi ushbu gollari bilan afsonaviy futbolchi Pelening rekordini yangilashga erishdi. Braziliyalik futbolchi rasmiy o'yinlarda qancha gol urgani borasidagi tortishuv abadiy davom etishi mumkin, lekin Ronaldu ushbu holat haqida quyidagicha fikrni aytib o'tdi:

"Professional faoliyatim davomidagi rasmiy uchrashuvlarda urgan gollarim sonini 770 taga etkazganimdan keyin aytayotgan so'zlarim birinchi navbatda Pelega qaratilgan. Dunyoda uning o'yinlari, natijalari haqida eshitmagan futbolchi yo'q. Men ham shular qatoridaman. Men Pelening rekordini yangilab, dunyoning eng yaxshi to'purari bo'la olganimdan mamnunman. O'zim o'sib-ulg'aygan Madeyrada yurgan kezlarim buni orzu ham qila olmasdim. Menining futbol olamidagi sayyohatimda yonimda bo'lgan barchaga minnatdorlik bildiraman. Eng avvalo, oilam va yaqin do'stlarimga, dunyoning barcha burchaklaridagi muxlislarim, jamoadoshlarim va raqiblarimga ham rahmat. Ishoning, men sizlarsiz hech narsaga erisha olmasdim. Men keyingi uchrashuv va yangi sinovlarni kutyapman. Oldinda boshqa rekordlari va sovrinlar bor. Tarixni yakunlashimga hali ancha vaqt bor. “Yuventus” va Portugaliya bilan ko'p narsa yutishim kerak"

 

"Yuventus" hujumchisining statistikasini hisoblash ancha oson. Bularning hammasi Ronalduning karerasidagi ilk jamoa "Sporting"dan boshlangan. Hujumchi Portugal jamoasi safida atigi beshta gol urgan, ammo shunga qaramay, o'sha paytda Evropaning etakchi klublaridan biri bo'lgan Kievning "Dinamo" jamoasi e'tiboriga tushadi. Lekin Ukraina jamoasi yigitchaning iste'dodini bila olmadilar va Krish Angliyaga yo'l oladi.

 

"Manchester Yunayted"da Ronalduni butun dunyoda tan oladi. Chempionlar Ligasidagi birinchi oltin medal, birinchi Oltin to'p. Xuddi shu erda, boshqa yutuqlari qatori, portugaliyalik futbolchi o'z faoliyatidagi birinchi xet-trikni amalga oshiradi. Hozirgacha Ronalduning hisobida 57ta xet-trik mavjud. Ronaldu "Manchester Yunayted"dagi faoliyati davomida bir marta xet-trikka erishgan. Qolgan 56 martasini boshqa jamoalar safida amalga oshirgan. Hujumchi "Manchester Yunaayted safida 118 golni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. Premer liga doirasida 84ta, Angliya Kubogida 17ta, Chempionlar Ligasida 16ta, klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida 1ta gol kiritishga erishgan. Keyinchalik, portugaliyalik yulduz boshqa sovrinlarga ega chiqish maqsadida, Madridning "Real" klubi safiga ketadi.

 

Madriddagi davr Krishtianu Ronalduning faoliyatidagi eng yuqori cho'qqi hisoblanadi. Lionel Messi bilan birgalikda Oltin to'pni qo'lga kiritish bo'yicha, o'ziga xos poyga uyushtirishdi. Shuningdek portugaliyalik futbolchi Ispaniyada to'p surgan yillarida, har mavsum davomida o'yini ochilib boraverdi. Barcha turnirlar doirasida bir mavsum davomida 40+ gol urishni ham uddaladi. Ronalduning "Real"dagi butun faoliyatining asosiy ko'rsatkichi sifatida, 4 marta Chempionlar Ligasida zafar quchganini aytib o'tish mumkin. Ronaldu "Real" safida Ispaniya La Ligasi doirasida 311 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, Chempionlar Ligasida 105ta, Ispaniya kubogida 22ta, klublar o'rtasidagi JChda 6ta, Ispaniya Superkubogida 4ta, UEFA superkubogida 2ta gol kiritishni, hammasi bo'lib, 450 golni o'z hisobiga yozdirib qo'yishga erishgan.

 

Ronaldu "qaymoqranglilar" safida deyarli Evropadagi barcha kuboklarni yutib, Turinning "Yuventus" jamoasi safiga borib qo'shiladi. Maqsad aniq ko'rsatilgan edi - "Yuventus" bilan Chempionlar Ligasida g'olib chiqish. Ammo bu sovrin portugaliyalik va Turin jamoasi uchun 3 yildan beri qanday tugayotgani haqida bilsangiz kerak. Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, Krishtianu ichki chempionatlarda yaxshi ishtirok etmoqda. Umuman olganda, 36 yoshli hujumchi turinliklar safida 122ta o'yin o'tkazgan va 95ta gol kiritishni uddalagan. Bundan tashqari, 22ta golli pasni ham amalga oshirgan.
Shu bilan birga, Ronalduni tanqid qilish ham adolatli bo'ladi. Sababi, u oldinlari kerakli vaqtda katta sahnaga chiqib, raqiblarga qarshi o'yinlarda kerakli gollarni kirishni uddalardi. Ammo, bir yil oldin Chempionlar Ligasida "Lion" bilan, endi esa "Portu" bilan o'yinda yordam bera olmadi. "Yuventus" va Ronaldu "Portu"dan uchralgan muvaffaqiyatsizlikdan so'ng, bor alamini "Kalyari" jamoasidan oldi va bu natija portugaliyalikni Pelening rekordini yangilashiga olib keldi.

 

Ronaldu kiritgan 770ta gollar qatoriga, uning terma jamoa safidagi natijalari ham kiritiladi. Jahon chempionatlarida bosh sovrinni qo'lga kiritish bo'yicha Ronaldu hech qachon Peleni ortda qoldirish nasib etmas. Ammo milliy jamoa safida gol urish bo'yicha natijalari Peledan yaxshiroq. Ronalduning Portugaliya termasi bilan qo'lga kiritgan muhim g'alabasi - Evro-2016dagi oltin medal hisoblanadi. Portugaliyalik hujumchi uchun Jahon chempionatini yutish uchun so'nggi imkoniyat bu Qatar-2022da g'alaba qozonishdir. Ronaldu hozirgacha terma jamoasi safida 102 marta gol urishni uddalagan va bu boarada eronlik Ali Dayidan so'ng ikkinchi o'rindan joy olgan.


Ronalduning bu muvaffaqiyati Peleni ham e'tiborsiz qoldirmadi, u Instagramdagi shaxsiy sahifasi orqali ushbu voqeylikka munosabat bildirdi:

"Krishtianu, hayot – bu yakka parvozdir. Har kimning o'z sarguzashtlari bor va seniki esa naqadar ajoyib! Sendan zavq olaman, o'yinlaringni kuzatishni yaxshi ko'raman, bu hech kimga sir emas. Rasmiy o'yinlarda gol urish bo'yicha rekordimni yangilaganing bilan tabriklayman. Meni xafa qilayotgan yagona narsa shuki, bugun seni quchoqlay olmayman. Biroq, ushbu fotosuratni uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan do'stligimiz ramzi sifatida senga hurmat ila qoldiraman"

 

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, Yoshi tufayli Ronaldu va Messi asta-sekin futbol sahnasidan pastga tushmoqda. 16 yil ichida birinchi marta ikkalasi ham Chempionlar Ligasi chorak finalida qatnashmaydigan bo'lishdi. Hozirgi kunda "Barselona" va "Yuventus" jamoalari futbolda gegemonlik qila oladigan jamoalarga o'xshamaydi. Ayni paytda boshqa yulduzlar sekin-asta sahnaga chiqishmoqda. Biz buyog'iga faqatgina ikkita buyuk futbolchidan kim ustun kelishini kuzatishimiz mumkin.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

BestMaster
17 Mart 2021, 22:00
ronaldu, qanday, qilib, pelening, rekordini, yangiladi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads