Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. «Real» va «Man Siti» chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi

Evropa Chempionlar Ligasining 1/8 final javob bahsidan o'rin olgan ikki o'yin 16 mart, seshanba kuni bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Evropa Chempionlar Ligasining 1/8 final javob bahsidan o'rin olgan ikki o'yin 16 mart, seshanba kuni bo'lib o'tdi.

«Real» o'z maydonida «Atalanta»ni qabul qildi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Dastlab 34-daqiqada Karim Benzema hisobni ochdi. 60-daqiqaga kelib esa Serxio Ramos 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi. Shundan so'ng Luis Muriel 83-daqiqada jarima zarbasidan qoyilmaqom gol kiritib, hisobni qisqartirdi. Ammo oradan ikki daqiqa o'tar-o'tmas, Marko Asensio o'yinga yakuniy nuqtani qo'yib bergan golni urdi: «Real» — «Atalanta» 3:1. Shu tariqa Madrid klubi ikki o'yin natijasiga ko'ra (4:1) bergamoliklardan ustun keldi.

«Manchester Siti» va «Borussiya M» jamoalari o'rtasidagi javob o'yini ingliz klubining g'alabasi bilan tugadi. «Shaharliklar»ga g'alaba keltirgan har ikkala gol ham birinchi bo'limda kiritildi. Gollarga Kevin de Bryuyne (12) va Ilkay Gundo'g'on (18) mualliflik qildi.

Shu tariqa «Real» va «Manchester Siti» Chempionlar Ligasi chorak finalining navbatdagi ishtirokchilariga aylandi.

Evropa Chempionlar Ligasi
1/8 final, javob bahslari
«Real» Ispaniya — «Atalanta» Italiya 3:1
Gollar: 1:0 – 34 Benzema, 2:0 – 60, penalti Ramos, 2:1 – 83 Muriel, 3:1 – 84 Asensio.
«Real»: Kurtua, Mendi, Ramos (Militao, 64), Varan, Nacho, Valverde (Asensio, 82), Kroos, Vaskes, Modrich, Vinisius Junior (Rodrigo, 69), Benzema.
«Atalanta»: Sportello, Gozens (Ilichich, 57), Toloi (Palomino, 61), Gimshiti, Mele, Malinovskiy, Pessina (Kaldara, 84), Pashalich (Sapata, 46), de Ron, Romero, Muriel (Miranchuk, 84).
Ogohlantirishlar: Valverde (39), Toloi (58), Nacho (73), Kroos (77).
Dastlabki o'yin — 1:0

«Manchester Siti» Angliya — «Borussiya M» Germaniya 2:0
Golllar: 1:0 – 12 de Bryuyne, 2:0 – 18 Gundo'g'on.
«Manchester Siti»: Ederson, Joau Kanselu (Zinchenko, 64), Stounz, Uoker, Ruben Diash (Laport, 70), Foden, Bernardu Silva (Aguero, 75), de Bryuyne, Gundo'g'on (Sterling, 70), Mahrez, Rodri (Fernandino, 63).
«Borussiya M»: Zommer, Ginter, Bensebayni (Vendt, 88), Elvedi (Yanchke, 88), Layner, Hofmann, Noyhaus, Zakariya, Shtindl (Traore, 80), Embolo (Volf, 65), Tyuram (Plea, 65).
Ogohlantirishlar: Joau Kanselu (55), Layner (61), Fernandino (82).
Dastlabki o'yin — 2:0

BestMaster
17 Mart 2021, 07:00
«real», «man, siti», chorak, final, yollanmasini, qolga, kiritishdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads