Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real Madrid» - «Atalanta»: Ozgina qoldi...

"Atalanta" – "Real" o'yini 17-daqiqada buzilib qolgandi. Hakamning qarori bilan.

.
- Yuklab olish

"Atalanta" – "Real" o'yini 17-daqiqada buzilib qolgandi. Hakamning qarori bilan. Ikki jamoa tayyorlab kelgan uslubida o'ynay olmagandi. “Real” bergamoliklarning personal pressingidan chiqib ketib, Isko orqali qarshi hujumlar uyushtirishni rejalashtirgan, Gasperini esa o'yin davomida raqibni raqib tomonda bo'g'ishga qaror qilgandi. Teskari bo'lib ketdi hammasi: mezbonlar bir yarim soat eng xushlamaydigan ishlarini qilishdi – himoyalanishdi faqat, Benzema va Ramossiz qolgan mehmonlar ikkinchi qavatda tuzukroq yakun topolmay charchashdi.

“Real” baxtiga shu kuni Bekxem rejimini yoqib olgan Mendining fantastik zarbasi muvaffaqiyatli chiqdi. 1:0 – har holda yaxshi yakun.

Lekin bugungi bahs butkul boshqacha kechadi. “Atalanta” gol urishi kerakligidan yanada hujumkorroq boshlaydi o'yinni, “Real” esa... o'tgan galgi qarshi hujumlarini kuchaytiradi. Endi Benzema ham safda.

O'n etti daqiqa qanday kechganligini bugun 90 daqiqa, balki 120 daqiqa ko'rish imkoniyatimiz bor. Buning uchun Futbol TV kanalida 01:00da boshlanadigan o'yinni kuzatishimiz kerak. Birgamiz. O'tkazib yubormang!

Xayrulla Hamidov.

BestMaster
17 Mart 2021, 00:00
«real, madrid», «atalanta», ozgina, qoldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Олға реал
17 Mart 2021, 00:28
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads