Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Chempionlar Ligasida eng ko'p g'alaba qozongan jamoa qaysiligini bilasizmi?

Chempionlar Ligasi musobaqasi doirasida eng ko'p g'alaba nashidasini surgan jamoalar haqida suhbatlashamiz.

.
- Yuklab olish

Bugundan Evropa maydonlarida katta futbol musobaqalari yana davom ettiriladi. Chunki, bugun va ertaga Chempionlar Ligasining pley-off bosqichlarining navbatdagi uchrashuvlari o'tkaziladi. Shu munosabat bilan, biz sizlarga Chempionlar Ligasi musobaqasi doirasida eng ko'p g'alaba nashidasini surgan jamoalar haqida suhbatlashamiz. Demak boshladik...

 

"Liverpul" (66 g'alaba)

"Liverpul" 6 marta Chempionlar Ligasida bosh sovringa ega chiqishga erishgan. Angliya jamoasi 1976/77 yilgi mavsumda birinchi marta mazkur musobaqada g'olib bo'lishgan bo'lsa, 2018/19 yilgi mavsumida oltinchi sovrinni qo'lga kiritgan. Umuman olganda, "mersisaydlar" Evropa klublari o'rtasidagi eng asosiy turnirda yaxshi natijaga erishgan bo'lsada, lekin ularning g'alabalarini nisbatan kam. Masalan, o'tgan yiligi mavsumda ham "qizillar" musobaqani 1/8 final bosqichida tark etishgan. Ammo joriy yilda ichki chempionatda unchalik omadi kelmayotgan bo'lsada, Chempionlar Ligasida ancha yaxshi tassurot qoldirmoqda. Yugen Klopp shogirdlari o'tgan haftada Germaniyaning "Leyptsig" jamoasi ustidan 2:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritishdi va bu muvaffaqiyat "mersisaydlar" jamoasining tarixidagi 66-g'alabasi bo'lib tarixda qoldi.

Milan (82 g'alaba)

"Milan" o'z tarixida 7 marta Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan. Paolo Maldini Chempionlar Ligasida o'yin o'tkazish bo'yicha klub rekordchisi hisoblanadi. "Rossonerilar"ning amaldagi direktori Evropa klublari o'rtasidagi asosiy musobaqada "qizil-qoralar" libosi ostida 139 uchrashuvda maydonga tushgan. "Milan" oxirgi marta Chempionlar Ligasida 2013/14 yilgi mavsumda o'ynagan bo'lib, 1/8 final bosqichigacha chiqishgan edi. O'shandan beri Italiya klubi ushbu musobaqada boshqa o'ynamayapti. Ammo "rossonerilar"da ushbu mavsum tugaganidan keyin Chempionlar Ligasiga qaytish uchun yaxshi imkoniyat bor. Chunki, hizorda "Milan" Italiya A seriyasida 56 ochko bilan turnir jadvalida 2-o'rinda ketmoqda. Shunday bo'lsada, Italiya klubi g'alaba qozonish bo'yicha yaxshi ko'rsatgichga ega. "Milan" hozirgacha Chempionlar Ligasida 82 marta zafar quchishga erishgan. 

"Arsenal" (83 g'alaba)

"Arsenal" hech qachon Chempionlar Ligasida g'olib chiqmagan. Lekin ushbu musobaqada g'alaba qozonish bo'yicha yaxshi natijaga erishgan. Hozirgacha "Arsenal"ning ushbu turnirdagi eng yaxshi natijasi 2005/2006 yilgi mavsumdagi final bosqichigacha chiqishgani hisoblanadi. Ushbu bahsning hal qiluvchi uchrashuvida "kanonirlar" "Barselona" ga 1:2 hisobida yutqazib qo'yishgan edi. Londonliklar so'nggi marta 2016/17 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasida o'ynagan edi. Ushbu yilda "kanonirlar"ning turnirdagi oxirgi manzili 1/8 final bosqichi bo'lgan. Garchi, London jamoasi Chempionlar Ligasida bosh sovringa ega chiqa olishmagan bo'lsada, ushbu musobaqada g'alaba qozonish bo'yicha yaxshi ko'rsatkichga egadirlar. Ular hisobida hozirda 83 g'alaba mavjud. 


"Chelsi" (87 g'alaba)

Londonning ushbu klubi "Arsenal"dan farqli o'laroq, Chempionlar Ligasini bir marta muvaffaqiyat qozonishgan. "Chelsi" mazkur musobaqada 2011/12 yilgi mavsumda bosh sovringa ega chiqishgan. Qizig'i shundaki, "Chelsi"ning sobiq murabbiyi Frenk Lempard "ko'klar"ning ushbu musobaqadagi ikkinchi eng yaxshi to'purari hisoblanadi. Sobiq yarim himoyachi London klubi safida Chempionlar Ligasida 23ta gol urgan. Asosiy to'purar esa Dide Drogba hisoblanadi. Uning hisobida - 36ta gol mavjud."Chelsi" hozirda Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichida Madridning "Atletiko" jamoasiga qarshi to'qnash kelishgan. Mazkur qarama-qarshilikning birinchi uchrashuvida "aristokratlar" 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Mazkur muvaffaqiyat London jamoasi tarixidagi 87-g'alaba hisoblanadi.

"Portu" (89 g'alaba)

Amaldagi Portugaliya chempioni Chempionlar Ligasida muntazam ravishda o'ynab keladi. Bundan tashqari, "ajdarlar" ikki marta Chempionlar Ligasida g'olib bo'lishgan. Birinchi marta 1986/87 yilgi mavsumda, keyin esa 2003/04 yilda mazkur musobaqada muvaffaqiyat qozongan. 2003/04 yilgi mavsumdagi "Monako"ga qarshi final uchrashuvidan so'ng, o'sha paytdagi "Portu" ustozi Joze Mourino Evropaning eng yaxshi murabbiyga aylandi va "Chelsi" jamoasi murabbiyligiga o'tdi. O'shandan beri portugaliyaliklar Chempionlar Ligasida bunday yuksak cho'qqilarni zabt etisha olmayapti. Ammo, bu mavsumda "ajdarlar" kuchli sensatsiyani amalga oshirishdi. Chunki "ajdarlar" joriy mavsum pley-off bosqichida Turinning "Yuventus" jamosi ustidan g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqishdi. Balki, oldingi mavsumlardagi "Portu" yana qaytayotgandir?!

"Yuventus" (106 g'alaba)

"Yuventus" Chempionlar Ligasida ikki marta g'olib chiqqan, ammo bu hodisa ancha oldin bo'lgan. "Keksa sinyora" birinchi marta 1984/85 yilgi mavsumda, keyin esa 1995/96 yilgi Chempionlar ligasi musobaqasida "shalpangquloq" kubokni qo'lga kiritgan. O'shandan beri turinliklar 5 marotaba musobaqa finaliga chiqishdi, ammo ular o'z maqsadlariga erisha olmayapti. 2018 yilda ushbu musobaqada g'alaba qozonish uchun, portugaliyalik superyulduz Krishtianu Ronalduni olib kelishgan edi, ammo ushbu futbolchi ham "Yuventus"ning muvaqqiyatiga etarlicha yordam bera olmayapti. Joriy yilgi mavsumda ham Andrea Pirlo shogirdlari musobaqani juda erta tark etishdi. Ular 1/8 final bosqichda "Portu"ga imkoniyatni boy berib, Chempionlar Ligasidagi yurishini to'xtatishdi. Lekin, shunday bo'lsada, "Yuventus" eng ko'p g'alaba qozongan jamoalar qatorida bor. Hozirgacha "keksa sinyora" 106 uchrashuvda g'alaba qozonishni uddalagan.

"Manchester Yunayted" (124 g'alaba)

"Manchester Yunayted" so'nggi yillarda Chempionlar Ligasida barqaror o'yin ko'rsata olishmayapti. Bundan tashqari, "mankunianlar" juda ko'p marta mazkur musobaqada qatnashish imkoniyatini qo'l kirita olishmayapti. "Qizil iblislar" joriy mavsumda Chempionlar Ligasida qatnashgan edi, ammo o'z guruhida uchinchi o'rinni egallab, turnirni tark etishdi. Hozirda jamoa Evropa Ligasi musobaqasida qatnashmoqda. "Manchester Yunayted" Evropa klublari orasidagi eng asosiy musobaqada 3 marta bosh sovringa ega chiqishgan. "Mankunianlar" 1967/68, 1998/99 va 2007/08 mavsumlarida oltin medallarga ega chiqishgan. Shundan keyin, Manchester jamoasi 2 marta finalga chiqishni uddalashdi, lekin ikki safar ham "Barselona"ga imkoniyatni boy berishgan. "Manchester Yunayted" mazkur musobaqa doirasida hozirgacha 124 g'alabani qo'lga kiritishgan.

"Bavariya" (151 g'alaba)

"Bavariya" amaldagi Chempionlar Ligasi sohibi hisoblanadi. Myunxenliklar ushbu musobaqa doirasida 151 g'alabani qo'lga kiritishgan bo'lsa, o'z tarixida 6 marta bosh sovringa ega chiqishgan. "Nemis mashinasi" joriy yildagi mavsumda ham "shalpangquloq" kubokning asosiy da'vogari hisoblanadi. "Bavariya" jamaosi tarixidagi Chempionlar Ligasidagi eng yaxshi to'purari Robert Levandovsi (54 gol), eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi esa Tomas Myuller hisoblanadi (124). "Bavariya" joriy mavsumda ham yaxshi natija qayd etishmoqda. Ular 1/8 final uchrashuvini ertaga Italiyaning "Latsio" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Mazkur jamoalarning birinchi uchrashuvida "Bavariya" Italiyadan yirik 4:1 hisobidagi g'alaba bilan ortga qaytgan. Ushmu g'alaba "nemis mashinasi"ning 151-g'alabasi sifatida tarixda qoldi.

"Barselona" (160 g'alaba)

"Barselona" uchun Chempionlar Ligasining so'ngi mavsumlari biroz omadsiz kechmoqda. Kataloniya klubi oxirgi marta 2015 yilda mazkur musobaqada g'alaba qoznishgan edi. "Ko'k-anorranglilar" ushbu chempionat tarixida 5 marta bosh sovringa ega chiqishgan. So'nggi 5 yil ichida "Barselona" Chempionlar Ligasi chorak final bosqichini muntazam tark etib kelmoqda. Faqatgina, 2018/19 yilgi mavsumda kataloniyaliklar yarim finalga chiqishdi. Ushbu mavsumda ham ularning yurishi aynan 1/8 finalda tark etishdi. Ronald Kuman shogirdlari "PSJ" jamoasidan umumiy hisobda 2:5 hisobida mag'lub bo'lib, musobaqadagi yurishini yakunlashdi.

 

"Real Madrid" (163 g'alaba)

"Real Madrid" Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi klub hisoblanadi. Sababi, "qaymoqranglilar" ushbu turnirda 13 marta g'olib bo'lishgan. Sovrin qo'lga kiritish borasida Madridiklar yakka peshqadam hisoblanadi. Ikkinchi o'rinda esa, 7ta kubok bilan "Milan" jamoasi joy olgan. "Real Madrid" Chempionlar Ligasini ketma-ket uch mavsumda g'alaba qozongan yagona jamoa hisoblanadi. Ammo, so'nggi yillarda Zidan jamoasining omadi kelmayapti. Sababi "qaymoqranglilar" oxirgi ikki mavsumdan beri, musobaqani erta tark etishmoqda. Joriy mavsumda esa, ularda chorak final yo'llanmasiga chiqish uchun yaxshi imkoniyat bor. Chunki Zidan boshchiligidagi jamoa "Atalanta"ga qarshi 1/8 final dastlabki uchrashuvda, Bergamodan 1:0 hisobidagi g'olib bo'lib ortga qaytishgan. mazkur g'alaba 163-g'alaba sifatida klub tarixida qolgan. "Qaymoqranglilarning" pley-off javob uchrashuvi, bugun Madridda o'tkaziladi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

BestMaster
16 Mart 2021, 19:00
chempionlar, ligasida, galaba, qozongan, jamoa, qaysiligini, bilasizmi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 6
 u7777u  
Реал н1
16 Mart 2021, 19:36
 u7777u  
Реал дан хеч ким утиб кета олмайди
16 Mart 2021, 19:37
 u7777u  
Бу
17 Mart 2021, 14:40
 u7777u  
Мусобиқа
17 Mart 2021, 14:40
 u7777u  
Реал
17 Mart 2021, 14:41
 u7777u  
Ники
17 Mart 2021, 14:41
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads