Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronalduni kelasi mavsum qaerda ko'rishimiz mumkin

"Yuventus" klubi ChLdan chiqib ketganidan so'ng,  klub o'z yulduzi Krishtianu Ronalduni sotishga qaror qildi. Narx ham juda baland emas. Pandemiyadan so'ng klub moliyaviy jihatdan ancha qiyinchiliklarga duch keldi va endi klubda Ronalduni saqlab qolish uchun mablag' yo'q. "Keksa senora"ga portugaliyalik jamoaga kelganidan so'ng EChL sovrinini yutish uchun yaqqol da'vogar sifatida qaralayotgandi. Ammo klub 3 yildan beri xatto yarim finalga ham bora olmadi. Krishtianu jamoani tark etgan taqdirda, qaysi jamoa uni o'z safiga qo'shib olishi juda qiziq bo'ladi. Bir qator jamoalar super yulduz uchun kurashishi aniq. Demak, Ronaldu o'tishi mumkin bo'lgan jamoalarga to'xtalib o'tamiz.

.
- Yuklab olish

"Yuventus" klubi EChLdan chiqib ketganidan so'ng,  klub o'z yulduzi Krishtianu Ronalduni sotishga qaror qildi. Narx ham juda baland emas. Pandemiyadan so'ng klub moliyaviy jihatdan ancha qiyinchiliklarga duch keldi va endi klubda Ronalduni saqlab qolish uchun mablag' yo'q. "Keksa senora"ga portugaliyalik kelganidan so'ng klub EChL sovrinini yutish uchun yaqqol da'vogar sifatida qaralayotgandi. Ammo klub 3 yildan beri xatto yarim finalga ham bora olmadi. Krishtianu jamoani tark etgan taqdirda, qaysi jamoa uni o'z safiga qo'shib olishi juda qiziq bo'ladi. Bir qator jamoalar super yulduz uchun kurashishi aniq. Demak, Ronaldu o'tishi mumkin bo'lgan jamoalarga to'xtalib o'tamiz.

"Real Madrid"

Ronaldu 2018 yili "qirollik klubi"ni jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar sifatida tark etgan. 3 yil avval Zidan Ronalduni klubdan ketishiga qarshi bo'lgan va yakunda o'zi "Real" murabbiyligidan voz kechgan. Ayni vaqtda yana "qaymoqranglilar" murabbiyi bo'lib turgan Zidan Krishtianuni qaytishiga qarshi emas.
Futbolchining o'zini ham bu klub bilan juda ko'p narsalar bog'lab turadi. Uning oilasi ham Madridda yashashni xohlamoqda. Ronaldu ketgach klubda uni o'rnini hech kim bosa olmadi. Beyl o'zidan kutilgan darajani ko'rsata olmadi. 2019 yilda kelgan Azar esa jarohatlardan boshi chiqmayapti. Bu faktorlar portugaliyalikning "Real" bilan yana hamkorlik qilishiga olib kelishi mumkin.

"PSJ"

Katta yulduzni o'z safiga qo'shib olish  uchun "PSJ" har doim da'vogar hisoblanadi. Parijliklar har doim yulduz futbolchilarning tajribasini qadrlashgan. Buffon ham Parij klubi safida asosiy tarkibda o'ynagan. Leonardo Ronaldu bilan shartnoma imzolashi mumkin, ammo bu klubning ustuvor vazifasi emas. Klub Neymar va Mbape bilan shartnomani uzaytirmoqchi va ko'proq Messi bilan shartnoma imzolashni xohlaydi. Argentinalik hozirda "Barselona" bilan shartnoma imzolash arafasida. Shunday ekan, portugaliyalik "PSJ"ga o'tish ehtimoli saqlanib qolmoqda.

"Manchester Yunayted"

Ronaldu 3 yil oldin "Real"dan ketgan bo'lsa, 12 yil oldin "Old Trafford"ni tark etgan. O'sha payti u dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylangan edi. "Qizil iblislar" uni qaytarishga bir necha bor urinib ko'rdi, ammo barchasi muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi.
Yunayted yozda yaxshi forvard qidirmoqda. Sulsher Xollandni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilsa ham, klub u uchun asosiy da'vogar emas. Shuning uchun Ronaldu yaxshi variant bo'lishi mumkin. Portugaliyalikning gollari va chempionlik mentaliteti jamoaga foyda keltirishi mumkin.

MLS

Ronalduning shu mavsum yakunida MLSga yo'l olishiga ishonish qiyin. Ammo Evropada foydali takliflar bo'lmasa va Bekxem Krishtianuni o'z rejalarigp ishontira olsa, bu variant ham bo'lishi imkonsiz holat emas. Lekin Ronaldu okean ortidagi hayot va iqlim qandayligini yaxshi biladi. Portugaliyalik ham MLSda o'ynash o'zi uchun qiziqarli bo'lishini allaqachon ta'kidlab o'tgan.

"Yuventus"

Ronaldoning "Yuventus" bilan shartnomasi hali bor va narsalarini yig'ishtirishga hali erta. Krishtianu yozda o'ziga mos taklif kelib tushsagina klubni tark etadi. Bunday bo'lmagan taqdirda, futbolchi jamoada qoladi va "keksa senora" bilan EChL yutish uchun yana bir bor urinib ko'radi. Bundan tashqari, hamma klub ham portugaliyalik yulduzning maoshini to'lay olmaydi va bunday sharoitda goleadorning jamoada qolish ehtimoli ancha yuqori.

Tirik afsona, haqiqiy goleador va engilmas xarakter egasi qaysi jamoaga o'tsa ham yoki "Yuventus"da qolsa ham o'z darajasida o'ynashiga va klubiga maksimal foyda keltirishiga shubha yo'q.

 

BestMaster
16 Mart 2021, 18:30
ronalduni, kelasi, mavsum, qaerda, korishimiz, mumkin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Ха
16 Mart 2021, 19:44
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads