Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. Benzemadan dubl va "Real Madrid" chempionlik poygasini davom ettiradi

Ispaniya chempionati 27-turi doirasida "Real Madrid" - "Elche" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Real Madrid – Elche 2:1"Estadio Alfredo Di Stefano" stadioniGollar: 0:1 – 61 Kalvo, 1:1 – 73 Benzema, 2:1 – 90 Benzema.

"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Varan, Nacho, Ramos (Rodrigo, 61), Vaskes, Valverde (Kroos, 62), Kazemiro, Isko (Modrich, 62), Vinisius Junior (Azar, 75), Benzema.

"Elche" – Badiya, Verdu, Kalvo, Moxika, Barragan (Migel Anxel, 36), Fidel (Xosema, 87), Markone, Guti (Diego Gonsales, 87), Morente (Xosan, 75), Karrilo, Boye (Mfulu, 75).

Ogohlantirishlar: Benzema (37), Karrilo (69).

Real Madrid

Karim Benzema - 73', Karim Benzema - 90'

LaLiga . 27-tur

13/03/2021, 20:15

1 : 2 Tugadi

Elche

Dani Calvo - 61'

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jorge Figueroa

45' 90' 37'  Karim Benzema61'  Sergio Ramos (Rodrygo)62'  Federico Valverde (Toni Kroos)62'  Isco (Luka Modric)73'  Karim Benzema73'  Luka Modric75'  Vinicius Junior (Eden Hazard)90'  Karim Benzema90'  Rodrygo36'  Antonio Barragan (Cifu)61'  Dani Calvo61'  Tete Morente69'  Guido Carrillo75'  Tete Morente (Josan)75'  Lucas Boye (Omenuke Mfulu)87'  Fidel Chaves (Josema)87'  Raul Guti (Diego Gonzalez) Match-senterda ochish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH

Bo'ldi, bosh hakam final hushtagini chaldi va o'yinni yakunlab berdi. "Real Madrid" g'alaba qozonib, chempionlik poygasini davom ettiradigan bo'lyapti. 

90+3-daqiqa. Mendida yaxshi imkoniyat, u zarba ham berdi, lekin noaniq. Qo'shimchasiga hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi. 

90+1-daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOL! Karim Benzemadan dubl. Rodrigo bilan "devor" uslubida o'ynab, bir raqibini chalg'itgan forvard ideal zarbasi bilan to'pni uzoq pastki burchakka joylab qo'ydi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa. Nachooo! Luka Modrichdan to'pni qabul qilgan himoyachi uzoq o'ylab o'tirmadi va zarba berdi, lekin darvozabon o'z o'rnida.

87-daqiqa. O'zgarish! "Elche" tarkibida o'yinchilar alishmoqda. Fidel va Raul Guti o'rniga Xosema hamda Diego Gonsales o'yinga qo'shildi.  

83-daqiqa. Nachoning uzatmasidan keyin Kazemiro boshi bilan zarba bera oldi, lekin to'p darvozadan biroz yuqoriroqdan o'tib ketdi. 

80-daqiqa. "Elche" futbolchilari to'pni o'z darvozalaridan imkon qadar uzoqda ushlab turishga harakat qilishmoqda. SHu yo'l bilan ular himoyadagilarga biroz nafas rostlab olishga imkon yaratayotgandek. 

78-daqiqa. Kazemiro jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo'lladi, lekin biroz noaniq.  

75-daqiqa. O'zgarish! Vinisius Junior o'rniga Eden Azar o'yinga tashlandi. 

73-daqiqa. GOOOOOOOOL! Karim Benzema hisobni tenglashtirmoqda! CHap qanotdan zaxiradan maydonga tushgan Luka Modrichning ajoyib uzatmasidan so'ng franciyalik goleador o'z hisobiga yana bitta aniq zarba yozdirib qo'ydi. 

71-daqiqa. Rodrigoning uzatmasidan keyin Kazemiro ham, Vinisius ham to'pga etishiga bir bahya qoldi.

Kroosning uzatmasidan keyin Kazemiro bosh bilan zarba berishga urinib ko'rdi, lekin niyatiga eta olmadi. 

69-daqiqa. Ogohlantirish! Benzemaga nisbatan qo'pol o'ynagan Guido Garilloga sariq kartochka ko'rsatildi. 

65-daqiqa. Mezbonlar endi avvalgidanda katta kuch bilan raqib himoyasiga bosim uyushtirmoqda. 

63-daqiqa. O'zgarishlar! "Qirollik klubi" safida o'zgarishlar yuz berdi. Ramos, Valverde va Isko uchun bugungi bellashuv yakuniga etdi. Ularning o'rnini Kroos, Modrich va Rodrigo egalladi.  

61-daqiqa. GOOOOOOOL! Burchakdan uzatilgan to'pni Dani Kalvo boshi bilan darvozaga yo'lladi.   

59-daqiqa. Bu safar "Real" jarima maydonchasida tushunarsizroq vaziyat. Himoyachilar sarosimaga tushib qolishdi va zarbadan keyin Kurtua jamoasini muqarrar goldan qutqardi. Hujum davomida esa mehmonlar vakili yiqilib tushdi va penalti so'radi, ammo... Yon hakam o'yindan tashqari holatni ko'rsatayotgandi.  

Standart vaziyatdan Zizu shogirdlari bu safar ham naf chiqara olmadi. 

56-daqiqa. "Real" bosimni davom ettirmoqda. Yana burchak zarbasi ishlab oldi mezbonlar. Valverdening Benzemaga uzatgan to'pini himoyachi maydondan chiqarib yubordi. 

Qiziq holat... Ramos raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. Ispaniyalik futbolchi raqib o'zining qo'lini ushlab qolganiga etibor qaratishni so'radi, lekin hakam aksincha Serxioning o'zi qoidani buzdi deb topdi. 

53-daqiqa. Maydonning burchagida hujumga yordamga kelgan Varanni qo'pollik ishlatib yiqitishdi, jarima zarbasi

52-daqiqa. Yana burchak to'pi. Iskoning uzatmasidan keyin esa himoyachilar Benzema zarba berishiga imkon qoldirishmadi.  

50-daqiqa. Birinchi bo'limda bo'lgani kabi "Real" to'p bilan muomalada va ko'proq hujum uyushtirmoqda, lekin hamon hisob ochilmadi.  

48-daqiqa. Mendining uzatmasidan keyin himoyachiga tegib to'p maydonni tark etdi. Burchak zarbasini Isko amalga oshirdi, Ramos raqibiga to'qnashib yiqildi, keyin Benzema zarba berdi, ammo noaniq. 

47-daqiqa. Nacho, Ramos va Kazemiro qisqa masofada raqibning bir yo'la ikki futbolchisini yiqitib qo'yishdi. Hakam qoida buzilganini etirof etdi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Jamoalar maydonga qaytishdi. 

Hozircha tanaffus, biz ham biroz dam olamiz.

45+2-daqiqa. Jarima zarbasidan Iskoning uzatmasidan keyin uning hech bir sherigi darvozaga zarba yo'llay olmadi va hujum qaytarilgach, bosh hakam bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi.  

45+1-daqiqa. Yana Valverdening uzatmaga aylanib ketgan zarbasidan keyin Vinisius to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi. 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning yakunida xavfli vaziyat yuzaga keldi. Valverdening uzatmasidan keyin Iskoning zarbasi o'xshamadi, Vinisiusga esa raqiblar halaqit qilishdi. 

44-daqiqa. O'ng qanotdan uzatmadan keyin "Elche" himoyachisi to'pni qaytara olmadi va Kazemiroda imkoniyat yuzaga keldi, lekin bor yo'g'i burchak zarbasi.  

To'pga egalik qilish borasidagi ko'rsatkich 55% - 45%, tabiiyki mezbonlar foydasiga. 

41-daqiqa. "Real" jarima zarbasini tepdiyu, ammo u raqib qarshi hujumining poydevori bo'lib xizmat qildi. Ortga tezda qaytib ulgurgan Kazemiro to'pni olib qo'yilishini taminladi. 

39-daqiqa. Lukas Vaskesning xatosidan keyin "Real" jarima maydonida xavfli vaziyat yuzaga keldi, lekin Kurtua qiyinchilik bilan bo'lsada, to'pni qaytardi.   

37-daqiqa. Ogohlantirish! Raqibidan qutilishda qo'lini ishlatgani uchun Karim ogohlantirildi.  

36-daqiqa. Yana bir marta Vinisius to'pni qulayroq nuqtada turgan Benzemaga etkazdi va hujumchi aylanma yo'nalishda zarba yo'lladi, biroq to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.  

36-daqiqa. O'zgarish! Jarohati sabab o'yinni davom ettira olmagan Antonio Barragan o'rniga Migel Sifuentes o'yinga qo'shildi.  

34-daqiqa. Xavfli vaziyat! Valverdening faolligi va vaqtida to'pni oldinga tashlab berishi, keyin Vinisius teziligi hisobiga raqibini to'psiz qoldirdi hamda Benzemani to'p bilan taminladi, ammo Benzemaning chap oyoqdagi zarbasi qovushmadi. 

33-daqiqa. "Elche" ancha o'ziga kelib oldi va asta sekin  

32-daqiqa. Bosh hakam "Real" futbolchilari hujumda fol ishlatganini qayd etdi.  

31-daqiqa. Mendi yana hujumga faol tarzda yordam bermoqda, lekin uning uzatmasi o'zi istagandek chiqmadi va darvozabon to'pni bemalol egallab oldi. 

29-daqiqa. O'yin ancha sokin ruhda davom etmoqda. Oldinda ECHLning muhim o'yini kutib turganini unutmayotgan "Real" kamroq kuch sarflab, uch ochkoni qo'lga kiritmoqchidek.

27-daqiqa. CHap qanotdan rivojlangan hujumni Isko yakunlashi mumkin edi, ammo zarba kuchli bo'lsada, posbon joy tanlashda adashmagani ayon bo'ldi.  

25-daqiqa. "Elche" hujumga o'tmoqchi bo'lib ko'rdi, lekin bunga Nacho yo'l qo'ymadi.

21-daqiqa. "Real" hamon to'p bilan, ko'plab hujumlar, lekin chinakamiga xavfli vaziyat hozircha u qadar ko'p deb ayta olmaymiz.

18-daqiqa. Barragan maydonda yotibdi. Mehmonlar vakili yordamga muxtoj, har ehtimolga qarshi zaxira o'rindig'idagi futbolchilar chigalyozdi mashqlarini boshlab yuborishdi. 

16-daqiqa. Uzatmadan keyin ish zarbagacha etib bormadi va yana mehmonlar ortga qaytib "ketishdi".

15-daqiqa. "Elche" markaz chizig'idan o'ta oldi va jarima zarbasi ishlab oldi. 

10-daqiqa. Benzema hujumni rivojlantirmoqchi edi, lekin Vinisiusdan to'pni qabul qilgan Karim niyatiga eta olmadi.   

7-daqiqa. Mezbonlar katta ustunlikka ega va "Elche" futbolchilari Tibo Kurtuani umuman bezovta qilishmayapti. Hozircha barchasi Zinedin Zidan shogirdlari rejasi bo'yicha ketayotgandek.

3-daqiqa. "Real" ilk daqiqalar

BestMaster
13 Mart 2021, 22:15
liga, benzemadan, dubl, real, madrid, chempionlik, poygasini, davom, ettiradi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Олға
14 Mart 2021, 17:02
 u7777u  
Бензима
14 Mart 2021, 17:02
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads