Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Simeone: "Real"ga qarshi bahsning katta qismida o'yinni biz nazorat qildik"

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya chempionati 26-tur doirasidagi "Real" (1:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Qirollik klubi" 88-daqiqada Benzemaning urgan goli sabab mag'lubiyatdan qutulib qoldi.

"Biz o'yinning katta qismini nazorat qildik, mudofaada ajoyib o'ynadik va yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldik, ammo ularni golga aylantira olmadik va shu sabab tovon to'ladik. Futbolda barchasini ishga solgan holda tavakkal qilish kerak. Agar siz buni qilmasangiz, raqibingiz hisobni tenglashtiradi. 1:0 - bu raqib gol urganda yo'qqa chiqadigan minimal ustunlik.

CHempionatdagi etakchilik? Yakuniy nimadir deyishni xohlamayman, jamoaning o'yinida etarlicha yaxshi tomonlarni ko'ryapman, ammo mavsum so'nggigacha hali ko'p o'yinlar bor", - deydi Simeone.

"Atletiko" jadvalda etakchilik qilishda davom etmoqda. Ikkinchi o'rinda "Barselona", "Real" esa uchinchi o'rinda bormoqda.

BestMaster
8 Mart 2021, 09:45
simeone, realga, qarshi, bahsning, katta, qismida, oyinni, nazorat, qildik,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads