Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» Madrid derbisida so'nggi daqiqada mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Ispaniya chempionatining 26-turidan o'rin olgan "Atletiko" va "Real" jamoalari o'rtasidagi Madrid derbisi yakunlandi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 26-turidan o'rin olgan "Atletiko" va "Real" jamoalari o'rtasidagi Madrid derbisi yakunlandi.

Maydon egalari bahsni faol boshlab, 15-daqiqada hisobni ochishdi. Luis Suares yakkama-yakka vaziyatga chiqib, aniq zarba bilan Kurtuani dog'da qoldirdi.

Ikkinchi bo'limning debyutida "matraschilar" hisobdagi farqni oshirish uchun 2-3ta vaziyatga ega bo'lishdi, ammo Kurtuaning jonbozligi tufayli to'p darvozaga borib tushmadi.

Keyin esa "Real" xavfli vaziyatlar yarata boshladi. Xususan, Karim Benzema 3ta qulay vaziyatlarga ega bo'lib, ularning so'nggisini 88-daqiqada golga aylantirdi.

Shu tariqa, Madrid derbisida tomonlar ikki ochkodan yo'qotishdi. Bu esa "Barselona"ga qo'l kelishi mumkin.

Ispaniya chempionati, 26-tur
Atletiko – Real Madrid 1:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 15 Suares, 1:1 – 88 Benzema.
Atletiko – Oblak, Ermoso, Felipe, Savich, Tripper, Lorente, Koke, Lemar (Saul, 57), Karrasko (Joau Feliks, 64), Korrea (Kondogbia, 82), Suares.
Real Madrid – Kurtua, Nacho, Mendi, Varan, Vaskes, Kazemiro, Kroos, Rodrigo (Vinisius Junior, 60), Modrich, Asensio (Valverde, 60), Benzema.
Ogohlantirishlar: Karrasko (64), Varan (67), Korrea (72), Joau Feliks (80), Savich (90), Lorente (90).

BestMaster
7 Mart 2021, 22:30
liga, «real», madrid, derbisida, songgi, daqiqada, maglubiyatdan, qutulib, qoldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 u7777u  
Бензима
10 Mart 2021, 20:03
 u7777u  
Бензима
10 Mart 2021, 20:03
 u7777u  
Олға
10 Mart 2021, 20:03
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads