Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Madridda kim kuchli? "Atletiko" - "Real" Madrid derbisida uchrashmoqda (Prevyu)

Ispaniya La Ligasining 26 - turning eng markaziy uchrashuvi «Vanda Metropolitano» arenasiida bo'lib o'tadi. Madridning ikki jamoasi o'rtasida  chempionat bosh sovrini uchun kurash kechadi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya La Ligasining 26 - turning eng markaziy uchrashuvi «Vanda Metropolitano» arenasiida bo'lib o'tadi. Madridning ikki jamoasi o'rtasida  chempionat bosh sovrini uchun kurash kechadi. Madrid derbisi maqomida o'tadigan mazkur qarama-qarshilik har doim qizaqrli va shiddatli o'tishi bilan doimo muxlislar e'tibor markazida bo'lgan. Ayni paytda La Liga turnir jadvalida etakchilik qilayotgan «matraschilar», o'zidan besh ochko ortda borayotgan hamshari «Real Madrid»ni qabul qiladi. Bu uchrashuv atrofida juda ko'p bahslashish mumkin. Chunki, Simeone shogirdlarining  oxirgi paytlardagi o'yinida biroz pasayish bo'lgan, aksincha esa «qaymoqranglilar» so'ngi uchrashuvlarida jarohat bilan bog'liq muammo bo'lsada, kerakli ochkolarni qo'lga kiritib kelmoqda. Agar, «Atletiko» bugungi bahsda mag'lubiyatga uchrasa, chempionlik uchun kurashayotgan «Real» raqibi bilan oradagi ochkolar sonini qisqartirishga erishadi. Aksincha bo'lsa esa, oradagi farq yanada oshib ketishi mumkin. Hozir biz sizlarga shu va boshqa qiziqarli ma'lumotlar, yo'qotishlar va ehtimoliy yangiliklar haqidagi qisqacha prevyuni taqdim etamiz.

«Atletiko»

 

«Matraschilar» ketma-ket ikkita uchrashuvda ochko yo'qotgandan so'ng, o'tgan turda g'alaba qozonishga erishdi. «Vilyaarreal» maydoniga safar uyushtirga, Simeone shogirdlari 2:0 hisobidagi g'alaba bilan ortga qaytishdi. Ammo, biz mazkur uchrashuvda shunday o'yin ko'rdikki, agarda vilyararealliklar o'rnida boshqa biror tajribaliroq jamoa bo'lganida, «Atletiko» g'alaba tugul, hatto durangga ham ega chiqolmagan bo'lardi. O'z imkoniyatlaridan to'g'ri foydalana olmaganligi sababli , mezbonlar bu uchrashuvda mag'lub bo'lishdi. Ammo bugun «matraschilar» qarshisida kuchliroq raqib «Real Madrid» jamoasi turibdi. Agarda, «Atletiko» o'tgan turda qilgan xatolarini, kelayotgan bahsda ham qilishsa, Zidan shogirdlari kechirmasligi aniq. Diego Simeone jamosining, oxirgi bir nechta uchrashuvlarini tahlil qiladigan bo'lsak, jamoa haqiqatdan ham juda bo'sh o'yin namoyish etishmoqda. «Levante»ga qarshi kechgan uchrashuvlarning har ikkisida ham ochko yo'qotishi, shuningdek Evropa Chempionlar Ligasidagi  uchrashuvda «Chelsi»ga mag'lub bo'lishi jamoaning o'yinida pasayish bo'lganini ko'rsatmoqda.
«Matraschilar» uchun bir qator muvaffaqiyatsizliklarning bir qismini koronavirus bilan bog'liq bo'lganini ham aytib o'tish zarur. Hatto bir necha uchrashuvlarda Simeone «Atletiko»ning ikkinchi tarkibini maydonga tushurishga ham majbur bo'ldi. Hozirda jamoa taribida kasallanganlar, yoki jarohat bilan bog'liq futbolchilar deyarli qolmadi. Jamoaning hamma futbolchilari bugungi bahsga shay holda turibdi, faqatgina Ximenesning tuzalib ketgani haqida xabarlar chiqqan bo'lsada, «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmaganligi sababli, bugungi bahsda ham maydonga tushishi so'rq ostida bo'lib turibdi. Qolaversa, Trippierning ham safga qaytishi «Atletiko» muxlislarini xursand qilishi tayin.
Ammo shuni ham aytish kerakki, «Atletiko» boya aytib o'tganimiz, «Vilyarreal» va «Chelsi»ga qarshi uchrashuvlarda, deyarli optimal tarkibda harakat qilishdi, lekin jamoaviy o'yinning yo'qolishi, o'yindagi kamchiliklarni ochib qo'ydi. So'nggi haftalarda yuz bergan barcha zarbalar Diego Simeone jamoasiga salbiy ta'sir ko'rsatmasdan qolmaydi, lekin «matraschilar» ham bugungi qarama-qarshilikning qiymatini tushungan holda, mazkur bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rsatishi tayin.

«Real Madrid»

«Real Madrid» o'tgan turda «Real Sosedad»ga qarshi o'yinda durang natija qayd etdi. Bu esa «Atletiko» bilan oradagi farq 5 ochkoga etishiga olib keldi. Shuning uchun ham bugungi bellashuv 6 ochkoga teng bellashuv bo'lishi kutilmoqda.
«Qaymoqranglilar» oldingi turlarda ketma-ket to'rt uchrashuvda g'alaba qozonib o'ziga xos seriya qayd etib kelishayotgan edi, ammo o'tgan haftadagi durang, buni erta yakunlanishiga olib keldi.
«Real»ning bu durangidan ko'proq «Atletiko» va «Barselona» jamoalari xursand bo'lishdi. Chunki, durang natija «matraschilar» bilan oradagi farqni yanada yiriklashtirgan bo'lsa, kataloniyaliklar 2-o'ringa chiqib ketishiga zamin yaratdi. "Atletiko» va «Real Madrid» bahsida qanday natija qayd etilsa ham umuman xafa bo'lmaymiz. Chunki o'sha uchrashuvda ikkalasidan biri, yoki ikkisi ham ochko yo'qotishi aniq.", degan fikrni aytib o'tdi  "Barselona" jamoasi bosh murabbiy Ronald Kuman. Haqiqatdan ham, bugungi Madrid derbisining har qanday natijasi kataloniyaliklarni xursand qilishi tayin. Negaki, agar bahsda durang qayd etilsa, "qaymoqranglilar" bilan oradagi farq yanada kattalashib ketsa, «Atletiko» bilan shuncha kamayadi. Shuningdek, u, yoki bu jamoaning mag'lubiyati ham Kuman shogirdlarini birdek xursand qilishi aniq. Bugungi bahs oldidan Zidan jamoasida ko'zga ko'ringan yo'qotishlar talaygina. Azar, Ramos, Karvaxal va Mariano Dias kabi o'yinchilar maydonga tusha olmaydi. Shuningdek, Benzemaning ham bugungi o'yinda qatnashishi so'roq ostida, chunki Zidan uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida Chempionlar Ligasi «Atalanta»ga qarshi javob uchrashuvi oldidan tavakkal qilishni xohlamasligi haqida aytib o'tdi. Ayni paytda «Real»da markaziy hujumchilar deyarli yo'q. Frantsiyalik murabbiy 3 safardan beri Iskodan hujumchi sifatida foydalanib kelmoqda. Zidanning amalga oshirayotgan bunday rokirovkasi «Atletiko»ga qarshi o'yinda ish bermasligi mumkin. Shuning uchun Zinedin o'yindan oldin tarkib borasida bir to'xtamga kelishi qiyin kechishi aniq.

Agar, o'rtoqlik uchrashuvi maqomidagi Xalqaro Chempionlar Kubogidagi musobaqasi yarim finalini hisobga olmasak, daxshatli «Atletiko» ikki yarim yildan beri «qaymoqranglilar»ni mag'lub etishni uddalay olmayapti. So'ngi marta 2018 - yilgi Evropa superkubogi uchrashuvida, aniqrog'i bundan besh yil oldin Diego Simeone shogirdlari Madrid derbisida g'alaba qozongan edi. Bundan tashqari so'ngi 4 uchrashuvdan beri, «matraschilar» - «qirollik klubi» darvozasiga yo'l topa bilmayapti. Albatta, bu kabi statistikalar «Atletiko» uchun ruhiy bosim bo'lishi mumkin, lekin bugungi muhim uchrashuv avvalida emas.


Ehtimoliy tarkiblar.


«Atletiko» (3-4-2-1): Oblak, Savich, Monteyro, Ermoso, Ferreyra, Lorente, Koke, Tripper, Feliks, Korrea, Suares.

«Real Madrid» (4-3-3): Kurtua, Vaskes, Varan, Nacho, Mendi, Modrich, Kross, Kazemiro, Asensio, Benzema, Junior.

 

«Atletiko» ushbu mavsumda bizga allaqachon uchta himoyachi bilan o'ynashlarini o'rgatib bo'lishdi. Ko'pincha son raqiblarga «matraschilar» hujumda Suares-Feliks juftligi bilan o'ynashar edi. Ammo bugungi raqib jiddiy, shuning uchun biroz himoyaviyroq o'yin namoyish etsa kerak. Hujumga esa Suaresning o'zi o'tadi va qolgan futbolchilar unga yordam ga borishadi. Agar, raqib jamoaga ko'proq hujum qilish yuklatilsa, «Atletiko»ning sxemasi 3-4-3 ko'rinishiga kelishadi. Agarda maydon markaziga ko'proq e'tibor berish haqida buyruq berilsa, futbolchilar 3-4-2-1 ko'rinishida joylashishadi. Lekin «Real Madrid»ga qarshi o'yinda Simeone ko'proq maydon markazini egallashga harakat qilib ko'radi va ko'proq 3-4-2-1 sxemadan foydalansa kerak.


«Qaymoqranglilar»da barchasi biroz osonroq, jamoa butun mavsum 4-3-3 ko'rinishida o'yinlar olib borishdi. Faqatgian Benzemaning jarohati sabab, bu ko'rinish biroz o'zgargan edi. Agar, bugungi bahsda frantsiyalik futbolchi maydonga tushmasa, unda futbolchilar 4-3-1-2 ko'rinishiga kelishadi. Bizningcha, Zidan o'z futbolchisi uchun qayg'ursa ham, «Atletiko»ga qarshi o'yinda Karimni maydonga tushiradi. Chunki Benzemasiz tuzulgan sxema bir necha uchrashuvlarda o'zini oqla,adi. Bugungi uchrashuv ham muhumligi sabab, «Real Madrid» maydonda aynan 4-3-3 ko'rinishida harakat qilishini taxmin qilish mumkin

 

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, «Atletiko» va «Real» o'rtasidagi Madrid derbisi qiziqarli o'tishi tayin. Chunki, Simeone va Zidan qarama-qarshiligi har doim o'zining murosasizligi bilan ajralib turgan. Mazkur bahs, bugun Toshkent vaqti bilan 20:15da Madriddagi «Vanda Metropolitano» stadionida bo'lib o'tadi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

BestMaster
7 Mart 2021, 17:00
madridda, kuchli?, atletiko, real, madrid, derbisida, uchrashmoqda, prevyu,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Реал
7 Mart 2021, 20:57
 u7777u  
Реал Мадрид
7 Mart 2021, 20:57
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads