Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zinedin Zidan: "Birinchi bo'limning o'zida gollar urishimiz kerak edi - ikki ochko yo'qotdik"

"Real" ustozi Zinedin Zidan "Real Sosedad" bilan durangdan keyin (1:1) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

"Yaxshi o'yin o'tkazdik. Balki bellashuvni ko'ngildagidek boshlay olmagandirmiz, lekin etarlicha vaziyatlarimiz bo'ldi. Ayniqsa birinchi bo'limda yaqqol imkoniyatlardan foydalana olmadik. Biz uyimizda to'p tepdik, bugun ikki ochko yo'qotdik. Bunga esa qarshimizda turgan, bugun ancha yaxshi o'yin o'tkazgan raqib turgandi.

Men bosimdan qoniqmaganim uchun sxemani o'zgartirdim. Oradan 10-15 daqiqa o'tdi va men taktik sxemani yana o'zgartirishga qaror qildim, bu o'yinda biz 4-3-3 sxemada yaxshiroq harakat qildik. Bir o'yinda 3 marta sxemani alishtirish tavakkalchilik emasmi desangiz – ha, bu zararimizga ishlashi ham mumkin edi, lekin menimcha o'yinimiz yaxshi tomonga o'zgardi. 

Bazi futbolchilar 55 - 60 daqiqa o'tib, charchab qoldi, shu sababli o'yinchi almashtirishga qaror qildik. Nima qilib bo'lsa ham o'yin dinamikasini o'zgartirishimiz zarur edi. Xotirjamlikni saqlab qolishimiz zarur. Qaytaraman, yomon o'yin o'tkazmadik. Bizda gol urish uchun 3 - 4 ta yaqqol imkoniyat yuzaga keldi. Sabr, xotirjamlik va xordiq. 

Bugungi o'yin derbiga butkul tasir qilmaydi deb o'ylayman. "Atletiko"ga qarshi ham vaziyatlar yaratib, muhimi ulardan foydalana olsak bo'lgani, – dedi Zidan.

BestMaster
2 Mart 2021, 11:15
zinedin, zidan, birinchi, bolimning, ozida, gollar, urishimiz, kerak, ikki, ochko, yoqotdik,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Туғири
2 Mart 2021, 12:42
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads