Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Real" - "Real Sosedad" 0:1 (Matnli translyaciya)

Yana bir necha daqiqadan keyin La Liga 25-turi markaziy bellashuvi start oldi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin. 

YANGILASH

55-daqiqa. GOOOOOL! Portu hisobni ochdi. Nacho Monrealning uzatmasidan keyin Mendi uxlab qolgani malum bo'ldi va Portuga amalda hech kim halaqit qilmadi va u jamoasini oldinga olib chiqdi. 

53-daqiqa. Kazemiro to'pni olib qo'yayotganida raqib uning oyog'iga zarba berib yubordi.  

52-daqiqa. Yana burchak zarbasi, yana "Sosedad" ijrosida... Lekin yana muvaffaqiyatsiz.  

50-daqiqa. Lukas Vaskes to'pni egallab, jamoasining qarshi hujumini boshlab berishni niyat qilgandi, lekin niyatiga eta olmadi.  

Erlatib oshirilgan to'p Isakka aniq etib bordi va hujumchi zarba ham berishga imkon topdi, lekin Nacho to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

49-daqiqa. Mehmonlarning o'ng qanotdan hujumi yana burchak zarbasi bilan yakunlandi.  

48-daqiqa. Kurtua kutilmaganda to'pni ushlab qololmadi va Nacho Monreal hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi.  

47-daqiqa. Ikkinchi bo'limdagi birinchi burchak zarbasini mehmonlar amalga oshiradigan bo'lishdi. Ushbu standart "Sosedad" uchun nafaqat bo'limdagi, balki umuman bugungi o'yindagi birinchisi bo'ldi.  

"Real Madrid" darhol hujumga tashlandi.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

SHu pallada bosh hakam Xesus Hil Mansanoning birinchi bo'lim yakunlangani haqidagi hushtagi chalindi. "Real Madrid" biroz ustunlikka ega bo'lsada, deyarli teng kurashlar ostida o'tgan bo'limda hisob ochilmadi va hozircha durang.

45+1-daqiqa. Kurtuaning to'p oshirishdagi xatosi tufayli bo'limdagi oxirgi hujumni mehmonlar uyushtiradigan bo'ldi. "Sosedad" o'ng qanotdan jarima maydoniga kirishga urindi, lekin Nacho raqib yo'lini to'sdi va Tibo to'pni egallab oldi.   

Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Mehmonlarning urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Isakning uzatmasiga etib keladigan sherik topilmadi.  

43-daqiqa. Luka Modrichning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi kuchli va xavfli chiqdi, lekin posbon qiyinchilik bilan bo'lsada, to'pni qaytarishni uddaladi.  

40-daqiqa. Asensio katta tezlikda oldinga qarab ketayotganida yiqitildi, hakam qoida buzilgani, ammo bu harakat sariq kartochkaga tortmasligini malum qildi.  

37-daqiqa. "Real Madrid" markazga yaqin hududda to'pni ushlab turibdi.  

35-daqiqa. Toni Kroos bu safar raqib jarima maydonida paydo bo'ldi va zarba yo'lladi, lekin faqatgina burchak zarbasi... 

34-daqiqa. Kazemiro oldinroqda qolib ketganiga qaramay, Toni Kroos tayanch zonasini yopa oldi va raqibning qarshi hujumini uzib qo'ydi.   

33-daqiqa. Oyarsabal o'yindan tashqari holatda deb topildi va ancha xavfli bo'lishi mumkin bo'lgan hujum to'xtab qoldi.  

32-daqiqa. Iskodan to'pni qabul qilib olgan Mariano Dias yolg'iz o'zi qarshi hujumga otlandi va zarba yo'llab ko'rdi, lekin ancha noaniq. 

31-daqiqa. To'p oldida Isak va Oyarsabal. Aleksandrning zarbasi Kazemironing boshiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak zarbasi.

30-daqiqa. Himoyada o'ynashdan charchagan mehmonlar bir amallab hujumga o'tishdi va Iskoning qo'polligidan keyin qulay nuqtadan jarima zarbasini amalga oshiradilar.  

27-daqiqa. "Real Madrid" bo'lim o'rtasiga kelib bosimni kuchaytirmoqda. 

Marko Asensiodan to'pni qabul qilib olgan Kazemiro yana zarba berdi, bu safar ancha xavfli chiqdi, lekin hozircha gol emas. 

26-daqiqa. Kutilmaganda hujumda paydo bo'lgan Nacho (Madrid) teznikasini namoyish qildi, lekin raqib vakillari ko'pchilik bo'lib, xavfni bartaraf etishdi. 

25-daqiqa. Yana Kazemiro, bu safar futbolchi jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, ammo to'p darvozadan ancha yuqoridan o'tib ketdi.   

23-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin Kazemiro boshi bilan zarba yo'lladi, darvozabon to'pni qaytarishni uddaladi. 

22-daqiqa. UXXX! "Madrid" o'yindagi eng xavfli vaziyatni vujudga keltirdi, Mariano bilan kurashda himoyachi sal qolsa to'pni o'z darvozasiga kiritib yuborishi mumkin edi - to'sin, keyin Asensioning zarbasidan keyin himoyachiga tegib, to'p maydonni tark etdi. 

20-daqiqa. Mehmonlar jonlanib qolishdi va bir necha bor tashlanishni amalga oshirishdi.  

18-daqiqa. Iskoning individual harakatlaridan keyin Modrich zarba uchun qulay imkoniyatga ega bo'ldi, zarbani amalga oshirdi ham, lekin himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi.   

17-daqiqa. Nacho (Madrid) hamda Portuning poygasida himoyachi ustun keldi.  

15-daqiqa. Mehmonlar vakillari qanchalar ajablanmasin, hakam to'p Vaskesdan chiqib ketganiga ishonmadi va erkin zarba amalga oshirilishi zarurligini ko'rsatdi. 

14-daqiqa. O'yin tempi u qadar yuqori emas, "Real" to'pga ko'proq egalik qilib, raqibning xatosini kutmoqda, "Sosedad" esa o'z o'rnida tezkor qarshi hujumlarga tayanib o'yin ko'rsatyapti. 

12-daqiqa. Rafael Varan ikki bor Isakka qarshi ishonchli harakat qildi va to'pni jamoasiga olib berdi. 

10-daqiqa. Sal qolsa "Real Madrid"ning burchak zarbasi raqibning tezkor qarshi hujumi bilan yakunlanishi mumkin edi, lekin bunday bo'lishiga Lukas Vaskes yo'l qo'ymadi. 

8-daqiqa. Mezbonlar jarima zarbasidan naf chiqara olishmadi. 

7-daqiqa. "Madrid" jarima maydonchasida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, ammo Nacho Monreal Kazemiro bilan to'qnashib yiqilib tushdi, ammo hakam penalti haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas dedi. 

5-daqiqa. "Sosedad" hujumga o'tish niyatida, ammo jiddiy qarshilikka duch kelmoqda. 

3-daqiqa. "Real Madrid"ning birinchi urinishi omadsiz yakunlandi, Asensio jarima maydoniga yorib kirayotgan Luka Modrichni ko'rdi, ammo to'p oshirishni aniq amalga oshira olmadi.   

1-daqiqa. O'yin boshlandi, uni mehmonlar boshlab berishdi.  

Asosiy tarkibdagi futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda.  

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"Real Madrid" – "Real Sosedad"

"Estadio Alfredo Di Stefano"

"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Varan, Nacho, Vaskes, Modrich, Kroos, Isko, Kazemiro, Asensio, Mariano Dias.

"Real Sosedad" – Remiro, Le Norman, Gorosabel, Monreal, Subeldiya, Silva, Gevara, Portu, Subimendi, Oyarsabal, Isak.

Real Madrid

LaLiga . 25-tur

02/03/2021, 01:00

1 : 0 2-bo'lim

Real Sociedad

Cristian Portu - 55'

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jesus Gil

45' 90' 55'  Cristian Portu55'  Nacho Monreal Match-senterda ochish

BestMaster
2 Mart 2021, 02:15
live , liga, real, real, sosedad, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads