Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. Mag'lubiyatlar girdobidagi “Atletiko Madrid” “Vilyarreal” mehmoni bo'ladi va 25-turning boshqa uchrashuvlari prevyusi

Kecha Ispaniya chempionatida 25-tur o'yinlari start oldi.

.
- Yuklab olish

O'tgan turda nimalar bo'lgan edi? “Real Madrid” mehmonda “Valyadolid” ustidan 0:1 hisobida g'alaba qozondi. “Barselona” o'z maydonida “Kadis” bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. “Real Sosedad” “Alaves”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (4:0). “Atletiko Madrid” esa o'z maydonida mag'lubiyat qabul qilib oldi. “Levante”ga qarshi o'yinda jamoa 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. SHu va boshqa natijalar bilan yakuniga etgan 24-turdan so'ng oldinda 25-tur kutmoqda. Quyida mazkur turning qiziqarli uchrashuvlari anonsi bilan tanishing.

Kecha turning dastlabki o'yinida bir kishi kam bo'lib qolgan "Atletik Bilbao" futbolchilari "Levante" maydonida 1 ochko ishlab olgan edi.

Turning markaziy uchrashuvi – “Sevilya” – “Barselona”

Oxirgi vaqtlar ishlari biroz orqaga ketayotgan “Barselona” mehmonda turnir jadvalida o'zidan 2 ochko orqada qolayotgan “Sevilya” bilan o'ynaydi. Qo'shimchasiga sevilyaliklar kataloniyaliklarga qaraganda bir o'yin kam o'tkazgan. “Barselona” ECHLdagi mag'lubiyat, “Kadis” bilan durangdan so'ng hafta o'rtasida “Elche”ga qarshi o'yin o'tkazdi hamda g'alaba qozondi. “Sevilya” esa o'tgan turda “Osasuna”ni mag'lub etgan edi. Ushbu bahsni hech ikkilanmay markaziy o'yin deyish mumkin. 27 fevral kuni soat 20:15 da boshlanadigan o'yin qanday natija bilan yakuniga etishini ko'ramiz.

Sevilla

LaLiga . 25-tur

27/02/2021, 20:15

- : - Boshlanmadi

Barcelona

Stadion: Estadio R. Sanchez Pizjuan

Bosh hakam: Alejandro Hernandez

Match-senterda ochish

O'zaro o'yinlar: La Liga doirasida bo'lib o'tgan 153 o'yinning 36 tasida “Sevilya”, 83 tasida esa “Barselona” g'alaba qozongan. 34 uchrashuvda tomonlar 1 ochkodan bo'lishib olishgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari:

Lukas Okampos, Markos Akunya (“Sevilya”). Ansu Fati, Serxi Roberto, Ronald Arauxo, Filippe Koutino (“Barselona”).

Mag'lubiyatlar girdobidagi “Atletiko Madrid” “Vilyarreal” mehmoni bo'ladi

Madridning “Atletiko”si o'z o'yinini stabil ko'rsatdi-yu, lekin so'nggi kunlarda biroz oqsoqlanishni boshladi jamoa. CHempionlar ligasida “CHelsi”ga mag'lubiyat, La Liga doirasida “Levante”ga imkoniyat boy berilishi ularga tasir qilgani aniq. Qizig'i, ushbu uchrashuvlarning barchasi Madridda bo'lib o'tgan. “Vilyarreal” o'tgan turda mehmonda “Atletik Bilbao” bilan durang o'ynadi. Jamoa ayni vaqtda 24 o'yin o'tkazib, 37 ochkoga ega. G'alaba qozonsa bir pog'ona yuqorila olmas, lekin mag'lubiyat ularni pastga tushirib yuborishlari mumkin. O'z maydonida oxirgi vaqt ishlari yurishmayotgan jamoani mag'lub etishga harakat qilishlari aniq. O'yin 28 fevraldan 1 martga o'tar kechasi 01:00 da boshlanadi. 

Villarreal

LaLiga . 25-tur

01/03/2021, 01:00

- : - Boshlanmadi
BestMaster
27 Fevral 2021, 13:00
liga, maglubiyatlar, girdobidagi, “atletiko, madrid”, “vilyarreal”, mehmoni, boladi, 25-turning, boshqa, uchrashuvlari, prevyusi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads