Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Evropa ligasi. Penaltidan gol urilmagan o'yinda "Manchester Yunayted" 1/8 finalga chiqdi

Evropa ligasining 1/16 final bosqichidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" hamda "Real Sosedad" jamoalari ishtirokidagi uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib boring.

.
- Yuklab olish

Manchester Yunayted Angliya – Real Sosedad Ispaniya 0:0

"Old Trafford"

Manchester Yunayted – Xenderson, Bayi, Uan-Bissaka (Uilyams, 46), Telles, Lindelef, Fred (Tuanzebe, 46), Brunu Fernandesh (Reshford, 46), Matich, Djeyms (Diallo, 59), Marsyal, Grinvud (SHortayr, 76).

Real Sosedad – Remiro, Munos, Gorosabel (Bautista, 46), Sanyan, Subeldiya, Gevara (Guridi, 72), Merino, Yanuzay (Merkelans, 66), Subimendi, Oyarsabal (Barrenechea, 46), Isak (Portu, 46).

Ogohlantirish: Fred (40), Uilyams (49), Lindelof (65).

Dastlabki uchrashuv: 4:0

Manchester United

Europa League Final Stage . 1/16-tur

26/02/2021, 01:00

0 : 0 Tugadi

Real Sociedad

Stadion: Old Trafford

45' 90' 40'  Fred46'  Aaron Wan-Bissaka (Brandon Williams)46'  Bruno Fernandes (Marcus Rashford)46'  Fred (Axel Tuanzebe)49'  Brandon Williams59'  Daniel James (Amad Diallo)65'  Victor Nilsson Lindeloef76'  Mason Greenwood (Shola Shoretire)13'  Mikel Oyarzabal46'  Mikel Oyarzabal (Ander Barrenetxea)46'  Alexander Isak (Cristian Portu)46'  Andoni Gorosabel (Jon Bautista)65'  Adnan Januzaj (Martin Merquelanz)72'  Ander Guevara (Jon Guridi) Match-senterda ochish

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Yunayted" 1/8 final bosqichiga chiqdi.

90+4. CHap qanotdan uzatilgan to'pni Xenderson ushlab oldi.

O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Matich bu safar o'ng qanotdan to'pni Marsyal tomon oshirdi. Himoyachilar yana bir bor to'pni burchakka chiqarib yuborishdi.

85. ZARBAAAAA!! Merkelans uchrashuvda "Sosedad"ning ilk aniq zarbasini yo'lladi. Tabbiyki Xendersondan ilk seyv)

83. Merinoning qanotdan oshirgan to'pini Tuanzebe qaytarib yubordi.

77. Merino hujumga o'tdi. Himoyachilar yana o'z o'rnida.

75. Lindelof ketma-ket ikki vaziyatda raqiblari hujumini qaytardi.

71. O'yin teng kurashlar ostida kechyapti. Ammo mankunianliklar ko'proq vaziyat yaratishmoqda.

68. ZARBAAAA!! Marsyalning zarbasi noaniq ketdi.

65. To'g'ri, VAR orqali tekshirilganda Lindelof taxminan 2 metr balandlikka sakrab raqibiga zarba berib yuborgani ko'rindi. Gol hisobga olinmadi.

63. GOOOOOOOOOOOLLLLL!! Tellesning to'p oshirishidan keyin Tuanzebe boshi bilan bergan zarbasi orqali hisobni ochdi!

62. "Yunayted"da xavfli vaziyat. Matich qanotdan yorib kirdi va Marsyal tomon to'pni oshirdi. Himoyachilar vaziyatni qiyinchilik bilan bartaraf qilishdi.

58. Mankunianliklar o'yin tashabbusini qo'lga olgan.

56. ZARBAAAA!! Grinvud reyd uyushtirdi va qanotdan yorib kirib, o'tkir burchakdan zarba berdi. To'p to'rni titratdi. Ammo gol bo'lmadi.

55. Ayni damgacha aniq zarbalar bo'yicha ustunlik mankunianliklar tomonida: 4-0.

51. Brendon Uilyamsning zarbasini Remiro qaytarib yubordi.

48. ZARBAAAAAAA!! Reshfordning jarimadan tepgan to'pi aylanma traektoriya hosil qildi. Darvozabon Remiro adashdi. To'p esa darvozaning yonidan o'tib ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

40. Fred ogohlantirildi. "Sosedad"da standart.

36. ZARBAAAAAAA!! Brununing super to'p uzatishidan keyin Jeyms boshi bilan zarba berdi. Remirodan super seyv!

35. Isakning qanotdan oshirgan to'pini Xenderson ushlab oldi.

32. UXXXXXX!! Isak Xenderson bilan birga bir vaziyatga chiqib borayotgandi. Bayi esa biroz xavfli harakat qilib, to'pni olib qo'ydi

27. Oyarsabal Marsyalni yiqitgani uchun xushtak chalindi. MYUda standart vaziyat.

24. ZARBAAAAA!!! Remironing oldinga chiqib ketganini ko'rgan Brunu zarba berdi. Darvoza to'sini "Sosedad"ni goldan saqlab qoldi.

22. ZARBAAAAA!! Fredning kuchli zarbasini Remiro qaytarib yubordi.

19. Mehmonlarda xavfli vaziyat. Ammo mankunianliklar himoyada yaxshi o'ynashgani sababli vaziyat yo'qqa chiqarildi.

15. LINDELOFFFFFFFF!!! Viktorrrrrrr jamoasini yaqqol goldan saqlab qoldi. Qanotdan oshirilgan to'pni Viktor burchakka chiqarib yubordi. Juda va juda nozik vaziyat bo'lgandi.

13. YO'O'O'O'O'QQQQQ!!! Oyarsabal "devyatka"ni poylamoqchi edi. Adashdi mehmonlar sardori...

12. PENALTIIIII!! Jeyms Alguasilni yiqitdi!!! MYU posti tomon penalti tepiladi!

10. Kichik ustunlik mankunianliklar tomonida.

5. "Sosedad" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Yanuzayning uzatgan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

3. Marsyalning zarbasi raqibiga tegib maydonga qaytdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Old Trafford"ga qaratamiz. Bugun ushbu stadionda "Manchester Yunayted" Evropa ligasining 1/16 finali doirasida "Real Sosedad"ga qarshi javob o'yinini o'tkazadi.

BestMaster
26 Fevral 2021, 03:00
evropa, ligasi, penaltidan, urilmagan, oyinda, manchester, yunayted, finalga, chiqdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads