Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

ECHL. "Real Madrid" safarda katta qiyinchilik bilan 10 kishi bo'lib qolgan "Atalanta"ni mag'lub etdi

CHempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida "Atalanta" hamda "Real Madrid" jamoalari to'qnash keldi.

.
- Yuklab olish

"Atalanta" - "Real Madrid" 0:1 Gol: 0:1 – 86 Ferlan Mendi.

"Atalanta" – Gollini, Mele (Palomino, 85), Romero, Toloi, Gozens, Froyler, de Ron, Pessina, Gimshiti, Muriel (Ilichich, 56; Malinovskiy, 86), Sapata (Pashalich, 30).

"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Varan, Nacho, Kroos, Kazemiro, Vinisius Junior (Mariano Dias, 57), Isko (Duro, 76), Asensio (Arribas, 76), Modrich, Vaskes.

Ogohlantirishlar: Kazemiro (23), Mendi (55), Gozens (71).

CHetlatish: Froyler (17).

Atalanta

Champions League Final Stage . 1/8-tur

25/02/2021, 01:00

1 : 0 Tugadi

Real Madrid

Ferland Mendy - 86'

Stadion: Gewiss Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Tobias Stieler

45' 90' 17'  Remo Freuler30'  Duvan Zapata (Mario Pasalic)56'  Luis Muriel (Josip Ilicic)71'  Robin Gosens85'  Joakim Maehle (Jose Luis Palomino)86'  Josip Ilicic (Ruslan Malinovsky)23'  Casemiro55'  Ferland Mendy58'  Vinicius Junior (Mariano Diaz)76'  Marco Asensio (Sergio Arribas)76'  Isco (Hugo Duro)86'  Ferland Mendy86'  Luka Modric Match-senterda ochish

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

90+3-daqiqa. Yana jarima zarbasi, yana mehmonlar osonlik bilan to'pni qaytarishdi, Kurtua maydonda ekanligini eslatib qo'ydi. 

90+1-daqiqa. Ugo Duro qoidani buzdi, ammo "Atalanta" vakillari ishni zarbagacha etkaza olishmadi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.  

88-daqiqa. "Atalanta" endi katta kuch bilan oldinga tashlanmoqda. 

86-daqiqa. GOOOOOOOOOOL! Ferlan Mendi uzoq kutilgan gol muallifi bo'ldi. Franciyalik himoyachi kutilmaganda ajoyib zarba yo'lladi va hisobni ochdi. 

85-daqiqa. O'zgarish! "Atalanta" o'yinchi almashtirmoqda. Mele o'rniga Xose Palomino, zaxiradan maydonga tushgan Ilichich o'ringa esa Ruslan Malinovskiy o'yinga qo'shildi.  

83-daqiqa. Vaskesni bu safar Pashalich erga yiqitib ketdi.   

81-daqiqa. Jarima maydonida yiqilgan Kazemiro hakamga yuzlanib, penalti talab qimloqda, ammo bosh hakamning fikri mutlaqo o'zgacha.  

79-daqiqa. Toni Kroos jarima maydoniga to'p bilan kirishning imkoni bo'lmagach, uzoqdan zarba berdi, lekin yana noaniq.   

76-daqiqa. O'zgarish! Asensio va Isko uchun bugungi uchrashuv yakunlandi. Ularning o'rniga Serxio Arribas va Ugo Duro o'yinga qo'shildi.

74-daqiqa. "Atalanta" sabr bilan asosiy etiborni himoyaga qaratayotgan bo'lsa, "Real" qanchalik urinmasin raqib darvozasi tomon yo'l topa olmayapti.  

72-daqiqa. Jarima zarbasini Marko Asensio amalga oshirdi, lekin darvozabon o'z o'rnida.

71-daqiqa. Ogog'lantirish. Lukas Vaskesga nisbatan qo'pollik uchun Gosens ogog'lantirildi.

67-daqiqa. Toni Kroos markazga yaqin hududda qoidani buzdi, lekin hakam vaziyat sariq kartochkaga tortmaydi deb hisobladi.  

65-daqiqa. "Real"ning navbatdagi urinishi omadsiz yakunlandi. 

61-daqiqa. O'yin asosan maydon markazi va "Atalanta" jarima maydoniga yaqin hududda o'tmoqda. Ammo hozircha "Qirollik klubi" niyatiga etganicha yo'q.  

58-daqiqa. O'zgarish! Bu safar "Real" tarkibida. Vinisiusning o'rniga Mariano Dias maydonga tushirildi. 

57-daqiqa. Kroos uzoq masofadan zarba yo'llab ko'rdi, ammo to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi. Burchak zarbasidan esa naf chiqmadi.    

56-daqiqa. O'zgarish! Luis Muriel o'rniga Yosip Ilichich o'yinga qo'shildi.  

55-daqiqa. Ogohlantirish. Ferlan Mendi to'pga eta olmay, raqibini yiqitdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.  

52-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy qismida bo'lgani kabi "Real" to'p bilan va raqib himoyasining zaif nuqtasini izlamoqda.  

50-daqiqa. "Atalanta" jarima maydoni ichida Lukas Vaskes to'pga intilayotganda Berat Jimsitiga to'qnashib ketdi. 

48-daqiqa. Luka Modrich uzoq davom etgan hujumni gol bilan yakunlashi mumkin edi, lekin to'p himoyachiga tegib biroz noaniq yo'nalish oldi. 

46-daqiqa. Uni mezbonlar boshlab berishdi. Va darhol qoidani buzishdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlanmoqda.

SHu pallada bosh hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi va jamoalarni tanaffusga chorladi. Qiziqarli va kutilmagan voqealarga boy bo'lgan birinchi bo'limda hisob ochilmadi.

45+3-daqiqa. Varanning uzatmasidan keyin darvozabon to'pga chiqib keldi va xavfni bartaraf etdi. 

45+1-daqiqa. Havodan uzatilgan to'pni Kazemiro darvozaga joylab qo'yishiga sal qoldi.   

Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Toloy Vinisiusga nisbatan qo'pol o'ynadi. Braziliyalik norozi.  

44-daqiqa. O'ng qanotdan jarima maydoni ichiga uzatilgan to'pga Isko ko'ngildagidek zarba bera olmadi. Qo'shimchasiga hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi.   

41-daqiqa. Lukas Vaskes jarima maydonchasi burchagida to'pni sherigiga oshirayotganida Luis Muriel unga to'qnashib yiqildi, mezbonlar penalti so'rashmoqda. Lekin takroriy lavhada kolumbiyalik hujumchi hamkasbining oyog'ini bosib olgani yaqqol ko'rindi. 

40-daqiqa. Luis Muriel imkon topishi bilanoq zarba berdi, lekin to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. 

39-daqiqa. Qanotdan uzatma amalga oshirildi va Marko Asensio boshi bilan aniq zarba berdi, lekin Gollini o'z o'rnida.  

37-daqiqa. Iskoning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasidan keyin himoyachiga tegib, to'p maydonni tark etdi. Burchak zarbasidan keyin Modrich omadini sinab ko'rdi, lekin noaniq. 

36-daqiqa. "Real" to'pga egalik qilmoqda.

34-daqiqa. "Atalanta" hujum uyushtirishga urinib ko'rdi, lekin Nacho barchasini barbod qildi. 

33-daqiqa. Luka Modrichning ayyorona uzatmasidan keyin Vinisius to'pga eta olmadi.  

30-daqiqa. O'ZGARISH. "Atalanta" muammolari davom etadi. Sapata jarohat sabab o'yinni davom ettira olmadi va uni Pashalich alishtirdi.   

27-daqiqa. Bir kishi ko'p bo'lib qolgan madridliklar ustunlikni qo'lga olishmoqda.  

25-daqiqa. Xavfli vaziyat! Nacho kutilmaganda jarima maydoniga to'g'ri yorib kirib ketdi, ammo oxirgi zarba qovushmadi. 

23-daqiqa. Sariq kartochka! Kazemiro markazda Sapatani qo'yib yuborgisi kelmadi va ogohlantirildi. Natijada u javob uchrashuvini o'tkazib yuboradi. 

19-daqiqa. Jarima zarbasini Isko amalga oshirdi, lekin to'p "jonli devorga" tegib qaytdi.  

"VAR"dan keyin ham qaror o'zgartirilmadi. 

17-daqiqa. ANA BO'LMASAAAA! Ferlan Mendini qo'pol tarzda to'xtatgani uchun Remo Froylerga qizil kartochka ko'rsatildi. 

16-daqiqa. Duvan Sapata o'yindan tashqari holatda deb topildi. 

14-daqiqa. Ammo kutilmaganda avval Vinisius raqib posboni bilan "uchrashuvga" chiqib ketishi mumkin edi, lekin kiper chaqqonroq chiqdi. Keyin "Atalanta"ning o'zi vaziyatga ega bo'lishi mumkin edi. 

13-daqiqa. O'yin ancha tinchlangandek.   

11-daqiqa. Zizu shogirdlari chindan bugungi holatida ham istalgan raqibdan qo'rqmay harakat qilaverishini amalda isbotlab qo'ymoqda. 

9-daqiqa. Vinisius texnikasini ishga solib bir raqibini dog'da qoldirib ketayotganida yiqitildi. Kroosning uzatmasidan keyin himoyachilar to'p Kazemirogacha etib borishiga imkon qoldirishmadi. 

7-daqiqa. "Real" esa xotirjam, raqibni ham tinchlantirishga urinmoqda.

5-daqiqa. "Atalanta" qanotlardan to'p oshirishlarini tindirmayapti. Goh u qanotdan, goh bu qanotdan, ammo chinakamiga xavfli vaziyat va oxirgi zarba hozircha yo'q. 

4-daqiqa. Mezbonlar jarima zarbasini amalga oshirishdi, lekin Toni Kroosning faolligi orqali mehmonlar xavfni bartaraf etishdi.  

2-daqiqa. "Atalanta" mezbon sifatida ilk daqiqalarda oldinga o'tishga urinib ko'rmoqda. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi.

Har ikki jamoa asosiy tarkib azolari maydonga tushib kelishdi. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"Atalanta" (Italiya) – "Real Madrid" (Ispaniya)

01.00, «Adzurri d′Italiya»

Atalanta – Gollini, Mele, Romero, Toloi, Gozens, Froyler, de Ron, Pessina, Gimshiti, Muriel, Sapata.

Real Madrid – Kurtua, Mendi, Varan, Nacho, Kroos, Kazemiro, Vinisius Junior, Isko, Asensio, Modrich, Vaskes.

 u7777u  
Гап йўқ
25 Fevral 2021, 03:06
 u7777u  
Олға реал
25 Fevral 2021, 03:06
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads

BestMaster
25 Fevral 2021, 03:00
real, madrid, safarda, katta, qiyinchilik, bilan, kishi, bolib, qolgan, atalantani, maglub, etdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2