Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Oltin to'p 2020 topshirildi !!!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» himoyachisi: «Doktorlar, oyog'imni kesib tashlash kerakligini aytishgan»

«Real» himoyachisi Ferlan Mendi sog'lig'ida jiddiy muammolar kuzatilganini esladi.

.
- Yuklab olish

«Men "PSJ"ning yoshlar jamoasidetti yil o'tkazdim, ammo keyinchalik akademiyaga kirishimdan oldin jarohat oldim. Men kasalxonada uzoq vaqt davolandim. Ikki-uch oy gipsda yotdim va operatsiyadan keyin shifokor endi men futbol o'ynamasligimni aytdi.

Hatto, oyog'imni kesib tashlashim kerakligini ma'lum qildi. Uzoq vaqt nogironlar aravachasida, keyin esa qo'ltiq tayog'ida yurishni o'rganishim kerak edi. Men darhol yura olaman deb o'ylardim, lekin nogironlar aravachasidan turmoqchi bo'lganimda yiqildim, chunki oyoqlarimda kuch yo'q edi.

Maydonga qaytishimni ko'pchilik imkonsiz deb o'ylardi, lekin men yana yurishni o'rgandim va taxminan bir yarim yil davomida og'riq bilan o'ynadim.

Shundan so'ng, ikki yil ketma-ket eng yaxshi chap qanot himoyachisi deb topildim. Rostini aytganda, men o'z ustimda tinimsiz ishladim. Og'ir paytlarni boshdan kechirdim, ammo muvaffaqiyatga erishdim»,-deydi Mendi.

Eslatib o'tamiz, Mendi "Lion" dan 2019 yilning yozida 48 million evro evaziga "Real"ga ko'chib o'tgan edi.

Qayd etish joiz, ushbu mavsumda Mendi La Liga doirasida 20 o'yin o'tkazib, 1 golga mualliflik qilgan.

BestMaster
23 Fevral 2021, 13:30
«real», himoyachisi, «doktorlar, oyogimni, kesib, tashlash, kerakligini, aytishgan»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017