Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real Madrid» jarohatlar bo'yicha jahon chempioni

«Real»da jarohatlar epidemiyasi: 

.
- Yuklab olish

     «Real»da jarohatlar epidemiyasi 

Madridliklarning «Ueska» «Xetafe» va «Valensiya»ga qarshi o'yinlarini 7ta futbolchisi jarohat sabab o'tkazib yuborishdi. «Valyadolid»ga qarshi o'yinda esa bu raqam yana bittaga ko'paydi. Frantsiyalik Karim Benzema o'yindan oldin jarohat olgani ma'lum bo'ldi. Mavsum davomida «Real» tarkibidagi futbolchilari bilan bog'liq 41ta jarohat kuzatildi, shu jumladan koronavirus bilan kasallanganlar esa beshtani tashkil etadi. Bu ushbu mavsum davomidagi La Ligadagi eng yuqori ko'rsatkich hisoblangan. Tarkibdagi 20 nafar futbolchi jarohat oldi, ularning hammasi 823 kunni, ya'ni 146 uchrashuvni o'tkazib yuborishgan.

Ko'p holatlarda jarohat olish bilan bog'liq holatlar futbolchida bir masumda qayta-qayta kuzatilmoqda. Masalan, Dani Karvaxal yaqinda bo'lib o'tgan «Valensiya»ga qarshi uchrashuvda 2 - yanvardan beri birinchi marta maydonga tushdi. Himoyachi 25 daqiqa davomida maydonda harakat qildi, keyin to'satdan oqsoqlanib harakat qilishni boshladi va tezda zaxiraga olindi. Futbolchining o'ng son qismining mushagi shikastlangani tashxisi qo'yildi, shuningdek, u yana 2 oyni shifoxonada o'tkazishi aytilmoqda.

 

Eng qizig'i shundaki, jarohatlar muammosi "qaymoqranglilar"da 23 - dekabrdan keyin boshlandi. «Real Madrid» - «Granada»ga qarshi o'yinni, faqat Modrichsiz boshlagandi. Mazkur uchrashuv davomida braziliyalik Rodrigo maydonni zambilda, ko'z yoshlarini to'kkancha tark etdi. Unda ham son qismning jarohati bilan bog'liq holat.

Marsa nashri La Liga etakchilarining jarohati haqidagi raqamlarni taqqosladi: «Real» allaqachon 40ta jarohat kuzatilgan  bo'lsa, «Atletiko»da bu raqam atigi 16tani tashkil qiladi. «Barsa» - 25ta, «Sevilya»da esa 18ta jarohati bor. Ushbu jarohatlarning ko'pi allaqachon tuzalgan. Agar, oldingi mavsumdagilarni ham qo'shib hisoblasak, «qaymoqranglilar»da ushbu mavsumdagilar bilan 55 marta jarohat bilan bog'liq muammoga uchragan. Bu raqamlar «Atletiko»da 39, «Barsa»da esa 41tani tashkil qiladi.

Madridliklarning ushbu mavsumdagi 30ta jarohati mushaklar bilan bog'liqligi, odamni biroz o'ylantirib qo'yadi. Bu holatni fitness murabbiyining aybi bilan bo'layapti haqida gaplar tarqalmoqda. Yana bir taajubga soladigan holat ham bor. Jamoaning fitness bo'yicha murabbiyi Gregori Dyupon «Real»da o'tgan mavsumda ish boshlagan. Ushbu murabbiy Frantsiya terma jamoasidagi ishlari sabab e'tiborga tushgan. Frantsiyaning JCh-2018dagi g'alabasida ham uning xizmatlari katta deb aytishadi.


Jahon chempionatidagi ishlari Zidanni shunchalik qoyil qoldirgan ekanki, Dyuponga qo'ng'iroq qilib: «Men sizning usullaringizni Madridda qo'llamoqchiman», degan gapni aytdi. Yangi fitness murabbiyiga joy ajratish uchun «Real» avvalgisi - Antonio Pintusni ishdan olishga to'g'ri keldi.
Madriddagi jarohatlar bilan bog'liq muammolar Dyupon «qaymoqranglilar» bilan ishlagan birinchi mavsumdanoq boshlandi. Chempionat boshlanishidan oldin ham naq 6 nafar futbolchi jarohat orttirib olgan edi.

Mutaxasislar fikricha:


«Dastlabki mashg'ulotlar juda qiyin kechdi, keyinchalik esa bu uslubga ko'nikib qoldik», Vinisius Junior «Real Madrid» futbolchisi.


«Dastlab futbolchilar juda ko'p azob chekishadi, ammo keyin ular Gregoriga minnatdorchilik bildirishadi», Dyupon bilan ishlagan mutaxassislardan biri.


«Futbolchilar mavsum davomida o'tkazgan mashg'ulotlari ularni jarohatlardan himoya qilishiga ishonchini yo'qotmoqda. Har qanday og'riq yoki mushaklarning cho'zilishi murabbiy tomonidan zudlik bilan jarohati sifatida qabul qilinadi, bu holat esa futbolchi ruhiyatiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi, o'yinchini maksimal harakatini ko'rsatishi kerak bo'lgan vaqtda uning ishonchini pasaytiradi. Ular jarohat olishga moyil ekanliklari va raqibga qarshilik ko'rsata olmasliklari haqida  tuyg'u paydo bo'ladi.» - «De Prado» sport klinikasi doktori Ripoll


«Dyuponning eng katta xatolaridan biri bu qayd qilib borishidir.» - «Real Madrid»ning sobiq jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxasisi San Martin.

Ushbu fikrlardan xulosa qilishimiz mumkinki, agar, biror futbolchi jarohat olsa, yana bir muammo yuzaga keladi. Ya'ni, tezroq tiklanish kerakligi haqidagi o'y. San Martinning so'zlariga ko'ra, bu Azarning asosiy muammosi. «Belgiyalik maydonda harakat qilayotganda, u sekinlashishi, tezlashishi, to'pga zarba berishi, jamoaning og'ir ishlarni bajarishi kerak. Hozirda Azarning mushaklari kislorod bilan to'yinmagan, bu esa yaxshi holat emas. Azarning o'yini tezlik asosida qurilgan, bu esa unga tezlik bilan ko'proq ishlashi kerakligini bildiradi. Yozda Belgiya terma jamoasi murabbiy Eden kamida 40 xil mashg'ulot o'tkazishi kerakligini aytdi. Menimcha, bu ham etarli emas», deydi San Martin.

To'g'ri, siz hamma aybni Dyuponga ag'darish fikridan yiroqmiz, lekin madridliklarda jismoniy tayyorgarlik oldin bunday emasdi va jarohatlar ham kam bo'lardi. Masalan, 2016/17 - yilgi mavsumda jamoada jarohatlar soni hozirgini yarmini ham tashkil qilmasdi. frantsiyalik mutaxasis jamoada ish boshlangandan keyin esa, bu raqamlar 50tani tashkil qilmoqda. Taqqoslash uchun, «Barsa»da o'shanda 34 ta jarohat bor edi.


Frantsiya terma jamoasi sobiq fitness murabbiyi «Real» da ba'zi yutuqlarga ega bo'lganini ham aytib o'tish joiz. Masalan, o'tgan mavsumda «Real Madrid» chempionligidan so'ng, Dyupon ancha maqtovlarga sazovor bo'lgan. O'shanda, madridliklar ajoyib formada edi va haqli ravishda chempionlikni qo'lga kiritgan. Albatta, bu yutuqlarga ushbu mutaxasisining ham yordami katta.
Shuningdek, pandemiya paytidagi tig'iz taqvim ham jamoaning o'yiniga jiddiy ta'sir ko'rsatgan bo'lishi mumkin. Bu esa ba'zi xatolarni keltirib chiqaradi.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

BestMaster
22 Fevral 2021, 21:30
«real, madrid», jarohatlar, boyicha, jahon, chempioni,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads