Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Eng yaxshi murabbiylarning eng kuchli jamoalari

.
- Yuklab olish

Futbol tarixida kuchli murabbiylar va ular shakllantirgan kuchli jamoalar ko'p bo'lgan. Aynan uzoq tarixga to'xtalmasdan,yaqin 30 yillikdagi eng kuchli jamoalar haqida to'xtalib o'tamiz.

"Milan" Karlo Anchelotti (2001-2009)

"Milan" jamoasi har doim kuchli va barqaror jamoalardan bo'lib kelgan. Faqat so'nggi yillardagi biroz pasayishni inobatga olmasa, bu klub Evropaning grand jamoalaridan biri. Aynan Karlo Anchelotti davridagi "Milan" juda kuchli va sovrindor jamoa bo'lgan. "Rossonerilar" u bilan 2 marta Chempionlar Ligasi sovrinini boshlari uzra baland ko'targan va bir bora "Skudetto"ni ham qo'lga kiritgan. Bu jamoada Shevchenko, Kaka, Kafu, Maldini, Pirlo va Gattuzo kabi yulduzlar o'ynagan yoxud shu jamoa orqali yulduzga aylangan.

"Manchester Yunayted" Ser Aleks Fergyuson (1986-2013)

Ser Aleks Fergyuson futbol tarixidagi eng mashhur murabbiylaridan biridir. Uning qo'l ostidagi MYu Angliyada haqiqiy gegemonga aylandi va ko'plab sovrinlarga erishdi. U bilan "qizil iblislar" 2 bora "ko'hna qit'a"da chempion bo'ldi va 13 marotaba Premer-ligada zafar quchdi. Ronaldu, Nani, Ferdinand, Giggz, Vidich, Runi va yana ko'plab nomlar mana shu murabbiy qo'l ostida to'p tepdi. Aynan shu nomlarning yulduzga aylanishiga Fergyusonning topqirligi va kashfiyotchiligi sabab bo'lgan.

"Arsenal" Arsen Venger (1996-2018)

Arsen Venger uzoq yillar davomida "kanonirlar"ni boshqarib kelgan va jamoa bilan ko'plab natijalarga erishgan. Garchi u "Arsenal"dagi faoliyati davomida Chempionlar Ligasini qo'lga kirita olmagan bo'lsada, 3 karra APL sovrinini yutgan va 7 bor Angliya kubogida g'olib chiqqan. Arsen Vengerning jamoasi uzoq yillar Fergyuson shogirdlari bilan raqobat qilgan va ko'plab iqtidorli futbolchilarni kashf eta olgan. Xususan, Fabregas, Anri, Berkgamp, Vieyra va yana ko'plab futbolchilarning yulduz futbolchiga aylanishida Arsen Vengerning hissasi katta.

"Real" Madrid Zinedin Zidan (2016-2018) (2019...)

"Real" Madrid jamoasi 20-asr avvalida juda kuchli tarkib yig'a olgan va "galaktikos" nomini olgan. Ammo natijalar va o'yin borasida haqiqiy "galaktikos" Zidan jamoasi bo'la olgan. Zidan o'z shogirdlari bilan ketma-ket 3 marta Chempionlar Ligasida g'alaba qozongan va mana shu natijaning o'zi uning jamaosiga baho berish uchun etarli. Shuningdek, Zidan "Real" bilan birga 2 bor La Ligada zafar quchgan. Ronaldu, Modrich, Kross, Ramos, Marcelo, Kazemiro, Navas va yana ko'plab futbolchilar Zidan jamoasi ustuni bo'lgan. Bu jamoa 3 marta ketma-ket "ko'hna qit'a"da chempion bo'lgan yagona jamoa hisoblanadi.

"Barcelona" Pep Gvardiola (2008-2012)

Tiki-taka uslubini futbolga tadbiq etgan va total futbol tarafdori Gvardiola faoliyati avvali haqiqatan omadli boshlangan. U "Barselona" bilan qisqa muddat ichida ikki bora Chempionlar Ligasida g'olib bo'lgan va 3 marta La Liga sovrinini qo'lga kiritgan. Futbolni tushunovchi qatlam bu "Barselona"ning kuchini biladi. Messi, Inesta, Xavi, Pike, Alves, Buskets va yana bir qancha yulduzlar Gvardiola qo'l ostida ayni cho'qqi pallaga chiqqan. Bu jamoa bir mavsumda yutishi mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni yutgan jamoa sifatida ham tarixda qolgan.

Bu jamoalarning har biri ma'lum vaqtda o'zlarining eng avj pallasiga chiqqan. Sizningcha, kimning jamoasi eng kuchli bo'lgan? Izoh sizdan!

Xudayqulov KARIM

BestMaster
21 Fevral 2021, 17:30
yaxshi, murabbiylarning, kuchli, jamoalari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 shrek  
Men Milan murabiyi Karlo Anchelotini tanlagan bular edim
22 Fevral 2021, 06:07
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads