Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real Madrid» tarixidagi eng omadsiz transferlar

Biz sizlarga «Real»ning tarixdagi eng shov-shuvli, ammo omadsiz bo'lgan transferlari haqida ma'lumot beramiz.   

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» jamoasining boshqaruviga Florentino Peres kelgandan so'ng, ko'pgina mashhur transferlarni amalga oshirishi bilan futbol tarixida qolgan. Amalga oshirilgan transferlarning ko'plari o'z samarasini bergan bo'lsa, ba'zilari omadsiz yakun topgani bilan ham esda qolgan.
Biz sizlarga «Real»ning tarixdagi eng shov-shuvli, ammo omadsiz bo'lgan transferlari haqida ma'lumot beramiz.


Nikolas Anelka


So'nggi yillarda futbolchilarning narxlar keskin darajada ko'tarilgan bo'lsa-da, lekin ba'zi paytlarda eng boy jamoalar ham 30 yoki, 40 millionlik transferlarni amalga oshirolmaydi. Ammo «Real» buni 1999 - yilda amalga oshirgan. Londonning «Arsenal» jamoasidan sotib olingan Nikolas Anelka uchun madridliklar naq 35 million evroni bahridan o'tgan. Frantsuz futbolchisining «Santiyago Bernabeu»ga olib kelinishidan oldin, undan ko'p narsalarni kutishgandi, ammo «qaymoqranglilar»ning o'ylagan rejasi amalga oshmadi. Bir mavsum davomida 7ta gol urgan Nikolas Madridga kelgan paytda bor-yo'g'i 20 yoshda edi. O'sha mavsumdagi Chempionlar ligasi musobaqasining yarim final bosqichida «Bavariya» ustidan qozonilgan g'alabada aynan Anelkaning gollari yordam bergandi, ammo shunday bo'lsada, «Real Madrid» jamoasi uni sotishga qaror qildi. Frantsiyaning «PSJ» jamoasi futbolchi uchun 34,5 million evro pul sarfladi. Bu transfer klub tarixidagin eng yomon transferlardan biri bo'lib qoldi.


Aren Robben

Anelka sotilganidan keyin etti yil o'tib, «Real Madrid» Aren Robbenni sotib olish uchun ham 35 million evro sarfladi. O'sha paytda Robben dunyodagi eng umidli qanot hujumchilaridan biri edi, ammo Madridga o'tish futbolchi uchun ham, klub uchun ham noto'g'ri qaror bo'lgan.
Robben ikki yil davomida «Real» safida to'p tepdi. Hatoki, o'sha vaqt davomida La Liga chempioni bo'lishga ham ulgurdi, ammo madridliklarning g'alabasida, uning hissasi juda kam edi. «Uchar golland»ning Madridda o'ynagan paytida, boshi jarohatdan chiqmadi. Robben «qaymoqranglilar» safida ikki yil davomida atigi 13ta gol urdi, ammo asosan gollarini hisob «Real» foydasiga ijobiy hal bo'lgandan so'ng kiritgan.
«Real Madrid»dagi o'tkazgan omadsiz mavsumlari so'ng, Robben jamoasini almashtirish harakatiga tushib qoladi. 2009 - yilning yozida «Bavariya» Robbenga xaridor bo'ldi. Gollandiyalik futbolchi o'sha yilning o'zida «Bavariya»ga 25 million evro evaziga ko'chib o'tdi va u erda Myunxen klubi tarixiga o'z nomini abadiy yozib qo'ygan holda ajoyib o'yinlar ko'rsatdi.


Kaka

2009 - yilda Krishtianu Ronaldu va Kaka kabi ikkita super yulduz «qirollik klubi» safiga qo'shilishdi. Bu transferning umumiy qiymati «Real Madrid»ga 161 million evroga tushdi. Portugaliyalik futbolchi tezda o'zini ko'rsatdi va jamoaning ajralmas qismiga aylandi. Ammo braziliyalik o'zining yorqin o'yinini Madridda namoyish eta olmadi. Kaka yulduzlar orasida o'zini noqulay his qilar va «Real» unga to'lagan 67 million evro narxi futbolchining psixologiyasiga doimo bosim o'tkazib kelardi.
Kaka madridliklar safida to'rt yilni shunchaki o'tkazdi va shu vaqt ichida u atigi 29ta gol urdi. Ushbu transferdan hech kim yutmadi. Milandagi Kaka umuman avvalgi darajasiga qayta olmadi.Shundan so'ng sobiq jamoasi «rossonerlar» safiga qaytdi. Madrid jamoasi futbolchini bepul qo'yib yubordi.


Luka Yovich

Luka Yovich «Real»ga 2019 - yilda qo'shilgan. «Qaymoqranglilar» serbiyalik futbolchini Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasidan 60 million evroga sotib olishdi. U Benzemaning o'rinbosari bo'lishi kerak edi. Ammo shunday bo'ldiki, Karim asosiy tarkibdagi joyini ajoyib o'yinlari orqali Yovichga bermadi va serbiyalik amaliyotisiz qola boshladi. Asosiy tarkibda tushgan uchrashuvlarida o'yini avvalgi kabi emasdi. Luka madridliklar safida sakkiz oy ichida atigi ikkita gol urdi, bu esa undan kutilgan narsalarning yarmi ham emas. Serb shaxsiy hayotidagi muammolari bilan ham o'ralashib qoldi. Masalan, Madridga ko'chib o'tganidan ko'p o'tmay, rafiqasi va yosh o'g'lini vatanida qoldi. Pandemiya paytida farzandini ko'rish uchun, karantin qoidalariga zid ravishda ishlar qildi. Bu holat esa uning panjara ortida o'tirishiga ham sabab bo'ldi. Hozirgi paytda ham Luka Yovich Germaniyada. O'zining avvalgi jamoasi safida ijara asosida to'p tepmoqda. Hozirgacha frankfurtliklar safida 7 o'yinda 3ta gol kiritgan. Balki, uning o'yini ispaniyaliklar safida chiqmayotgandir, yoki uning Madrid safari qaridimi?

Eden Azar

Krishtianu Ronaldu «Real»dan ketganidan keyin, klubga yangi super yulduz kerak edi. «Chelsi» etakchisi Eden Azar munosib nomzod edi, ammo Azar uchun «Real Madrid» 100 million evroni «Chelsi» hisob raqamiga o'tkazib berish talab etilardi. Bir qancha urinishlardan so'ng, Azar transferi muvaffaqiyatli yakunlandi. Hozircha Azarning transferini omadli deb atash mumkin emas. Belgiyalik mavsumni ko'p qismini jarohat billan bog'liq muammo bilan «qaymoqranglilar» lagerida o'tkazib yubormoqda. Eden 2019 - yilning noyabr oyida birinchi jarohatini orttirib olgandan so'ng 2020 - yil fevral oyigacha maydonga qayta olmaydi. Ikki mavsum davomida naq to'rt marta jarohat olgan Azar, ayni paytda yana shifoxonada bo'lib turibdi, maydonga esa qachon qaytadi bu noma'lum.Uni yozda yana "aristokratlar" safiga qaytadi degan mish-mishlar kundan-kunga ko'paymoqda. Demak hammasi ushbu yozda aniq bo'ladi. 

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

BestMaster
21 Fevral 2021, 12:30
«real, madrid», tarixidagi, omadsiz, transferlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Реалга хамма ҳам уйнаб кета олмайди
22 Fevral 2021, 12:32
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads