Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Valyadolid" – "Real Madrid" 0:1 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionati 24-turidan o'rin olgan "Valyadolid" – "Real Madrid" uchrashuvi boshlandi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH

67-daqiqa. Ogohlantirish! Nacho nisbatan qo'pollik uchun Lukas Vaskesga hakam sariq kartochka ko'rsatdi.  

Vinisius Junior, Mariano Dias va Marko Asensio uchun bugungi bellashuv yakunlandi.

66-daqiqa. O'zgarish! Zizu gol urilganiga qaramay, tayyorlab qo'ygan o'zgarishlarini qaytarmadi. Serxio Arribas, Isko va Ugo Duro o'yinga qo'shildi. 

65-daqiqa. GOOOOOOOOOOL! Kazemiro hisobni ochdi.

64-daqiqa. Lukas Vaskes aqlli o'ynadi va to'pni oldirib qo'yishi mumkin bo'lgan vaziyatda jamoasiga jarima zarbasi ishlab berdi. 

62-daqiqa. Mezbonlar jonlanishdi, burchak zarbasi ketidan yana bir hujum, lekin hozircha "Real" himoyachilari xotirjam harakat qilmoqda. 

61-daqiqa. Ogohlantirish! Asensioga nisbatan qo'pollik uchun Nacho (Valyadolid) sariq kartochka bilan ogohlantirildi. 

60-daqiqa. Varan to'pni tepib yuborgach, Gvardiolaning oyog'ini ham mo'ljalga oldi. Hujumchi maydonda yotibdi.

57-daqiqa. Maydonda keskin kurashlar, to'qnashuvlar soni ortdi. 

55-daqiqa. Xavfli vaziyat! Mendining kutilmagan uzatmasidan keyin Orelyana kuchli va aniq zarba yo'lladi, ammo bu safar ham Kurtua jamoasini qutqarmoqda.  

53-daqiqa. Mariano Dias hujumda fol ishlatdi.

52-daqiqa. Yana asli vinger bo'lgan, ammo bugun ham himoyada o'ynayotgan Vaskes markazga kirib borib, zarba berdi, lekin bu safar ancha noaniq.  

51-daqiqa. Lukas Vaskes raqib posbonini tekshirib ko'rdi, ammo Masip sakrab, to'pni egallab oldi. 

Kroosning uzatmasidan keyin raqiblar etiboridan chetda qolgan Kazemiro zarba yo'lladi, ammo yana noaniq. 

49-daqiqa. Vinni burchak zarbasi ishlab oldi. 

48-daqiqa. Javob hujumida Vinisius shunga o'xshash, o'ta kuchsiz zarba yo'lladi.

47-daqiqa. Roke Mesa jamoasining tezkor hujumini zarba bilan yakunladi, ammo Kurtua to'pni bemalol ushlab oldi.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Uni mezbonlar boshlab berishdi, chap qanotdan oldinga o'tmoqchi bo'lgan Orelyana to'pni o'zidan qochirib yubordi.

45+1-daqiqa. "Real"ning hujumida ish zarbagacha bormadi. Jordi Masip to'pni o'yinga kiritdi, qo'shib berilgan vaqt yakuniga etgandi, shu sababli hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Tanaffus!    

Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Qanotdan uzatmani "Valyadolid" himoyachisi qaytarib yubordi va xavfni bartaraf etdi.

43-daqiqa. "Real" juda erkin tarzda harakat qilmoqda va raqib jarima maydoni yaqinida to'p bilan muntazam ravishda muomalada bo'lyapti, xuddi mashg'ulotdagidek, ammo hozircha bu ustunlikni tabloda aks ettirishning imkoni bo'lmayapti.

41-daqiqa. Mendi to'pni oldirib qo'ydi va o'yin qoidasini buzishga majbur bo'ldi.

39-daqiqa. Uzatmadan keyin Kazemiro boshi bilan zarba yo'lladi, lekin biroz noaniq. 

38-daqiqa. Qiziq holat, to'pni ushlagan darvozabon inerciya natijasida jarima maydonidan chiqib ketdi.  

37-daqiqa. Markazda Kazemiro nisbatan qo'pollik ishlatildi. 

35-daqiqa. Vinisius ikki raqibini dog'da qoldirib, jarima maydoniga kirib ketayotganida yiqitildi. 

34-daqiqa. Mariano Dias ketma-ket raqiblarini aldashga kirishib ketdi, ammo oxiri baribir to'pni yo'qotdi.  

32-daqiqa. Modrichning uzatmasini himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasini xorvatiyalikning o'zi amalga oshirdi, lekin sheriklaridan hech kim to'pga eta olmadi. 

30-daqiqa. GOOOOOOL! Biroq Mariano yana o'yindan tashqari holatda. Bu safar ham oxirgi pasni Luka Modrich bergandi.  

29-daqiqa. Mezbonlar hujumini Kike boshi bilan zarba yo'llab yakunladi, Kurtua o'z o'rnida.  

28-daqiqa. "Real Madrid" navbatdagi hujumini uyushtirdi, lekin bu safar futbolchilar oxirgi zarbani berishni unutib qo'yishdi chog'i, oxiri darvozabon to'pni egallab oldi.  

26-daqiqa. Uzatmadan keyin Vinisius himoyada faollik ko'rsatdi va hujumni boshlab berdi, yo'l-yo'lakay Asensioni raqib futbolchisi "chopdi", lekin to'p mehmonlarda qolgani sabab hakamning hushtagi yangramadi. Roke Mesa oson qutilib qoldi. 

25-daqiqa. Yana burchak zarbasi. Hozircha standartlar, ayniqsa burchak zarbalari ko'p amalga oshirilmoqda. 

24-daqiqa. Kroosning uzatmasidan keyin to'p himoyachiga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi va darvozabonning qo'liga borib tushdi. 

23-daqiqa. GOOOOL!  Mariano Dias hisobni ochdi, ammo gol inobatga olinmadi. Hujumchi o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan.  

22-daqiqa. Marko Asensioning faolligi sabab "Real" navbatdagi burchak zarbasini ishlab oldi, lekin bu safar ham ish yakuniy, mukammal zarbagacha bormadi.   

19-daqiqa. Asensio to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi, aks holda Vinisius katta tezlik olgan va xavfli qarshi hujum sodir etilishi mumkin edi. 

18-daqiqa. Mezbonlarning chap qanotdan boshlanayotgan hujumi rivojlanib ulgurmay, yakunlandi.  

16-daqiqa. "Real" futbolchilari burchak zarbasidan naf chiqara olmadi. 

14-daqiqa. "Valyadolid" hujumga o'tmoqchi edi, ammo to'p uzatishdagi xato bunga yo'l qo'ymadi. "Real" yana to'p nazoratini o'z qo'liga olishga urinmoqda. 

12-daqiqa. Asensio qanotdan markaz tomon kirib bordi va zarba yo'lladi, lekin noaniq. 

10-daqiqa. Avvaliga "Real" jarima maydoni ichida Kazemiro bilan kurashda raqib futbolchisi yiqilib tushdi. Qarshi yo'nalishda tashkillashtirilgan hujumda esa Mariano ikki raqib orasidan to'p bilan o'tib keta olmadi. 

7-daqiqa. Kutilmaganda "Valyadolid" hujumga o'tdi va anchayin keskin tarzda harakat qildi hamda faqatgina Kurtuaning ishonchli o'yini jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. 

5-daqiqa. Oldinda ECHL bellashuvi ham borligini tushunib turgan "Real" bu o'yin taqdirini tezroq hal qilish payida.

4-daqiqa. Luis Makeda qiyinchilik bilan to'pni uzoqlashtirdi, jarima maydoni tashqarisidan Kroos yo'llagan zarba esa qovushmadi.  

3-daqiqa. Navbatdagi urinish o'ng qanotdan bo'ldi va Lukas Vaskes qo'pollik bilan to'xtatildi. Jarima zarbasini Asensio amalga oshirmoqchi.

2-daqiqa. CHap qanotdan uyushtirilgan hujum burchak zarbasi bilan yakunlandi, lekin Zizu shogirdlari undan naf chiqara olishmadi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi. Uni mehmonlar boshlab berishdi.

YANGILASH

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"Valyadolid" – "Real Madrid"

01.00, "Xose Sorrilya" stadioni

"Valyadolid" – Masip, Yanko, Bruno Gonsales, Peres, Xoakin Fernandes, Orelyana, Alkaras, Mesa, Kike Peres, Nacho Martines, Gvardiola.

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Mendi, Varan, Vaskes, Kazemiro, Modrich, Asensio, Kroos, Vinisius Junior, Mariano Dias.

Real Valladolid

LaLiga . 24-tur

21/02/2021, 01:00

1 : 0 2-bo'lim

Real Madrid

Casemiro - 65'

Stadion: Estadio Jose Zorrilla, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Guillermo Cuadra

BestMaster
21 Fevral 2021, 02:30
live , liga, valyadolid, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads