Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  Evropa ligasi. "Real Sosedad" - "Manchester Yunayted" 0:1 (matnli translyaciya)

Evropa ligasining 1/16 finalidan o'rin olgan "Real Sosedad" - "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

.
- Yuklab olish

Real Sosedad Ispaniya – Manchester Yunayted Angliya 0:1

Gol: Fernandesh (27, 0:1).

Real Sosedad – Remiro, Elustondo, Saldua, Monreal, Subeldiya, Merino, Silva, Yanuzay, Ilyarramendi, Oyarsabal, Isak.

Manchester Yunayted – Xenderson, Uan-Bissaka, Maguayr, Bayi, Telles, Fred, Jeyms, Maktomini, Brunu Fernandesh, Reshford, Grinvud.

Real Sociedad

Europa League Final Stage . 1/16-tur

18/02/2021, 22:55

1 : 0 1-bo'lim

Manchester United

Bruno Fernandes - 27'

Stadion: Allianz Stadium

45' 90' 8'  Aaron Wan-Bissaka27'  Bruno Fernandes27'  Marcus Rashford Match-senterda ochish

YANGILASH

33. Bugun bosh hakam bir necha xatolarga yo'l qo'ymoqda. Hozir van-Bissaka to'pni toza olib qo'ygandi. Ammo hushtak chalindi.

30. Tezkor hujumga o'tib ketayotgan Maktomini yiqitildi.

27. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!! Darvozabon va himoyachilarning qo'pol xatosidan keyin Brunu bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi!

25. "Yunayted"da chiroyli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Fernandesh uzun pasi orqali Reshfordni raqib darvozaboni bilan birga-bir holatga chiqarib yuborishi mumkin bo'lgandi. Remiro to'pga peshvoz chiqib, to'pni ilib ketdi.

24. Uxxxx, qoyil Maguayr. Isak Bayidan o'tib ketayotgandi. Og'ir vaznli Maguayr esa podkati orqali vaziyatni bartaraf qildi.

22. O'yin jangovar ruxda o'tmoqda. Follar ham ko'p.

19. ZARBAAAAAAA!! GOL QANIIII MARKUSS!! Fernandeshning super pasidan keyin Reshford 100 foizlik imkoniyatdan foydalana olmadi. Qaytgan to'pni Brunu darvoza tomon yo'llab ko'rdi. Himoyachilar qiyinchilik bilan to'pni tepib yubordi.

16. ZARBAAAAAAAA!!! Maktomini qanotdan darvoza oldigacha yorib kirdi va zarba berdi. Remiro to'pni qiyinchilik bilan qaytardi.

13. Mankunianliklar yaxshi hujum tashkil qildi. Unda Grinvud chap qanotda to'p bilan paydo bo'lib, to'pni darvoza yoniga oshirdi. Himoyachilar to'pni tepib yuborishdi.

11. O'yin tempi biroz pasaydi. Ammo jamoalar harakat qilishmoqda.

8. Aaron van-Bissaka ogohlantirildi.

7. "Yunayted" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Biroq Reshfordning noaniq harakati barchasini yo'qqa chiqardi.

3. ZARBAAAAAAAA!! Reshford avvaliga birga bir vaziyatdan gol ura olmadi. Qarshi hujumda esa Isak ajoyib imkoniyatni yo'qqa chiqardi.

2. ZARBAAAAAA!! Adnan Yanuzayning kuchli zarbasi noaniq ketdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni Turinga qaratamiz. "Alyanc Stedium"da "Manchester Yunayted" "Real Sosedad"ga qarshi bahs o'tkazadi.

BestMaster
18 Fevral 2021, 23:30
live , evropa, ligasi, real, sosedad, manchester, yunayted, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads