Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ernesto Valverde: «Shuni bilamanki, Paulino «Real»ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi»

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde «Real»ga qarshi bo'ladigan Ispaniya superkubogi bahsi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde «Real»ga qarshi bo'ladigan Ispaniya superkubogi bahsi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Men Paulinoning transferi borasida hech narsa bilmayman. Ko'p futbolchilarning u jamoadan bu jamoaga o'tishi borasida yozishadi. Bunday xabarlar 31 avgustga qadar davom etadi. Hozirda hech narsa yo'q. Eng kamida meni bu haqida xabardor qilishmadi. Shuni bilamanki, Paulino ertaga «Real»ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi.

Dembele va Koutino? Men bu futbolchilarning jamoaga kelishi haqida hech narsa bilmayman. Men bundan xavotirda emasman. Shundoq ham ajoyib tarkibga egaman.

Neymarning ketish niyati borligi haqida bilardim. U menga aytgandi. O'sha kuni bu haqda rasman e'lon qilishdi. Ko'p gaplar bo'ldi, qandaydir voqea yuz berishi kutilayotgani sezilgandi. Bir hafta ilgari futbolchilar buni men bilan muhokama qilishgandi. Ushbu transfer amalga oshishiga ishonchim komil emasdi. Ortga nazar tashlash shart emas.

Mayamidagi o'yinni eslagan holda «Real»ga qarshi ertangi o'yinga tayyorgarlik ko'rish kerak emas. Ertaga butunlay boshqacha o'yin bo'ladi. Biz o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz shart. «Real» yaxshi potentsial va ajoyib zaxira tarkibiga ega jamoa. Klub yaqindagina UEFA superkubogini qo'lga kiritdi.

Men o'zimiz amalga oshirishimiz kerak bo'lgan ishga e'tiborimni qaratganman. Muxlislarga quvonch ulashadigan jamoa bo'lishni istaymiz», — dedi Valverde.

Avvalroq «Barselona» «Guanchjou Evergrand»ga 40 million evro badal pulini to'lab, Paulinoni xarid qilayotgani haqida xabar tarqatilgandi.

«Real» va «Barselona» o'rtasidagi Ispaniya superkubogining dastlabki o'yini ertaga «Kamp Nou»da bo'lib o'tadi.

BestMaster
13 Avgust 2017, 07:40
ernesto, valverde, «shuni, bilamanki, paulino, «real»ga, qarshi, oyinda, ishtirok, etmaydi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 donproduction  
skaman barcangni
13 Avgust 2017, 07:52
 PUYOL  
#oneniki qilasan sassiq re AM oldin eplab ko'tingni tozalabol manqa donproduction
13 Avgust 2017, 09:50
 realmol  
Zidanni kalboshini sikasan iflos Barca bugun qammanni sikadi
13 Avgust 2017, 10:15
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads