Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Fernando Morentes ishtirokida matbuot anjumani yoxud "Real" afsonasi "Oq-tepa" taklifiga qanday qaraydi?

Bugun poytaxtimizdagi "Hyatt Regency" mehmonxonasida o'z vaqtida "Real Madrid", "Monako", "Liverpul" kabi jamoalarda to'p tepgan ispaniyalik Fernando Morentes ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Anjumanda "Oq-tepa" klubi asoschisi G'anisher SHog'ulomov, prezidenti Sarvar SHog'ulomov, "Racing city group"  hamda "Genova soccer academy" rahbari Morris Pagniello hamda akademiya murabbiylari, "Real Madrid" afsonasi Fernando Morentes ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

Morris Pagniello: - Hamkorimiz "Oq-tepa" klubi bilan shunday loyihani amalga oshirayotganimizdan xursandman. "Genova international Uzbekistan" deb nomlangan ilk loyihamizni ishga tushirish arafasidamiz. Maqsadimiz o'zbekistonlik iqtidorlar uchun Evropa eshiklarini ochish. 

G'anisher SHog'ulomov: - Klubimiz 20 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Mana shu muddatda o'zbek futboli rivojiy yo'lida ko'p ishlar qilindi. Bugungi matbuot anjumanida ishtirok etayotgan Fernando Morentes "Real Madrid" afsonasi ekanligi sir emas. Barchangiz yaxshi bilasiz.  U yosh futbolchilar uchun master-klass o'tkazadi. O'ylaymanki, bu birinchi qadam. O'zbekistonlik futbolchilarning Evropaga yo'l olishi uchun bosqichma-bosqich harakat qilib boramiz. Buning ketidan milliy terma jamoamizga foyda keltirishni ko'zlaganmiz. 

Fernando Morentes: - "Oq-tepa" klubiga taklif uchun minnatdorchilik bildiraman. "Genova soccer academy" loyihasi asosida ko'p mamlakatlarda bo'lganman. Yangi yosh iqtidorlar bilan tanishishni istayman va ularga ko'pincha o'z tavsiyalarimni beraman. Kimdir uchun futbol oddiy bir kasb bo'lishi mumkin. Lekin, men uchun bu jo'shqin hissiyotlar olamidir. Morris Pagniello aytganidek biz hamisha iqtidorlarni izlaymiz. Biz keyinchalik ham loyihamizni davom ettirgan holda o'zbekistonlik futbolchilarning Evropaga yo'l olishiga ko'maklashamiz.

Sarvar SHog'ulomov: -  O'zbek futbolini nufuzini oshirish eng oliy maqsadimiz, bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. Futbolchilarimiz o'z faoliyatlarini yo'lga qo'yib olishlari, kuchli jamoalarda o'ynashi uchun barchamiz birgalikda mehnat qilyapmiz. Ayni paytda 2-3  nafar futbolchimizga "Rayo Valekano"ning uchinchi jamoasidan taklif bor. Hozirda murabbiylar ularni o'rganmoqda va kuzatmoqda. Janob Morentesga taklifimizni rad qilmay kelgani uchun rahmat aytaman.

- Avval ham bunday loyihalar bo'lgan. Lekin, aksariyati muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Mazkur loyiha qancha muddatda natija keltirishi mumkin?

Morris Pagniello - Biz ertagayoq chempionlar yoki kuchli futbolchilar chiqadi, deb vada bermaymiz. Hozirda birinchi qiladigan ishimiz o'rgatish va murabbiylarning malakasini oshirish. Qancha vaqt kerakligi haqida aytsam, besh yil muddat. Biz amalga oshirayotgan ish ko'proq vaqtni talab qiladi. Faqat, "Oq-tepa" bilan to'xtab qolmaymiz. Ushbu loyihamizni butun viloyatlar bo'ylab yo'lga qo'yamiz. 

- Savolim mavzudan tashqari. Janob Morentes  "Monako"dagi paytlaringizni qanday xotiralar bilan yodga olasiz? Xususan,  ECHL 1/4 finalidan o'rin olgan "Real"ga qarshi bahs haqida...

- O'shanda bizda juda yaxshi jamoa shakllangandi. 1/4 final bosqichida "Real"ni mag'lubiyatga uchratgandik. Garchi, o'sha paytda "Monako"da o'ynagan bo'lsamda, "Real" jamoasiga munosabatim ijobiy bo'lgan. CHunki, bu klub doim qalbimda qolgan.

- Kelajakda "Real Madrid"ning asosiy tarkibini boshqarish niyatingiz bormi? Bilamiz, bundan bir necha yil oldin klubning yoshlar jamoasida faoliyat olib borgan edingiz...

- Faoliyatimni yakunlagach murabbiylik licenziyasini oldim. Murabbiylik qilamanmi yoki ekspert bo'lib ishlaymanmi muhimi futboldaman. Futbolchining hayoti butsalarini mixga ilishi bilan to'xtab qolmaydi. Ko'p narsa o'z ishingizni sevishingizga bog'liq. "Real Madrid" akademiyasida U-17 jamoasida uch yil davomida ishlaganman. Qo'l ostimda to'p tepgan futbolchilar ko'pi hozirda mashhur. Ular Markos Lorente, Mario Ermoso va Enco Zidan. Keyinchalik ham menga taklif kelib tushsa o'ylab o'tirmayman. 

- "Oq-tepa"dan chorlov bo'lsachi? 

- Klub taklif qilayotgan loyihani o'rganib chiqib yo'q demagan bo'lardim.

- Sizningcha proffessional futbolchi o'yindan-o'yingacha bo'lgan jarayonda mashg'ulotdan tashqari o'zini-o'zi qanday tayyorlashi kerak? 

- Bunga ko'p faktorlarni aytishim mumkin. O'zimdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, o'yingacha kimdir uxlagan yoki dam olayotgan paytda men raqibni tahlil qilardim. Bu menga juda katta yordam bergan. Murabbiylar shtabidan tortib barcha diqqatini bir joyga qaratishi kerak. SHuningdek har bir futbolchi oldiga qo'ygan maqsadini tushunib olishi lozim. Futbolchi o'z ishini sevsa hech narsadan muammo bo'lmaydi. Aynan futbol sizga tilni o'rganishga, muhitga moslashishga katta yordam beradi. 

- O'zbekistonlik futbolchilar "Real Madrid"da o'ynashi mumkinmi? Ularga qanday tavsiya bergan bo'lardingiz?

- Siz oldingizga shunday maqsad qo'ydingiz deylik. Men "Real Madrid" jamoasida o'ynashni istayman desangiz hech qachon o'ynolmaysiz. 2 yoki 3 yildan keyin borishni ko'zlash kerak emas. Balki, kengroq qarash lozim. Bugun qanday mashg'ulot o'tkazyapsiz, nima eyyapsiz yoki ichyapsiz barchasini inobatga olish darkor. Masalan, men bolaligimda hech qachon "Real Madrid"da o'ynab ketishimni tasavvur ham qilmaganman. Lekin, men shunday ishladimki yakunda buyuk jamoada paydo bo'ldim. Tajribamdan kelib chiqib aytamanki, shunday klubda o'ynashni istasangiz har kuni ishlashingiz lozim. Ikki yildan keyin "Real"ga boraman va o'shanda jiddiyroq shug'ullanaman desangiz xato qilasiz. Bosqichma-bosqich intilib borish kerak 

BestMaster
15 Fevral 2021, 12:00
fernando, morentes, ishtirokida, matbuot, anjumani, yoxud, real, afsonasi, oq-tepa, taklifiga, qanday, qaraydi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads