Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kroos: "Hatto qolgan barcha o'yinlardagi g'alabalar ham bizga titulni kafolatlamaydi"

"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos La Liga doirasidagi "Valensiya" (2:0)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Albatta, menga gollar urish yoqadi. Siz mening maydonda boshqa vazifalarim borligini bilishingiz kerak, ammo gollar hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Biz har o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak - bu bizning maqsadimiz.

Titul uchun imkoniyatlar? Hatto qolgan barcha o'yinlardagi g'alabalar ham bizga titulni kafolatlamaydi. Biz La Ligadagi g'alaba uchun imkoniyatni saqlab qolish uchun ko'p xato qila olmaymiz.

Jarohatlar? Biz bundan xavotirdamiz, sababi bizga etishmayotgan muhim o'yinchilarimizni yo'qotmoqdamiz", - deydi Kroos.

Eslatib o'tamiz, etakchi "Atletiko" "Real"dan 5 ochko oldinda, ammo "matraschilar"da 2ta zaxira o'yini mavjud.

BestMaster
15 Fevral 2021, 10:00
kroos, hatto, qolgan, barcha, oyinlardagi, galabalar, bizga, titulni, kafolatlamaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads