Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Real“ “Valensiya“ ustidan ishonchli g'alabaga erishib, ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi

Ispaniya La Ligasining 23-turi doirasida “Real Madrid“ “Valensiya“ bilan bahs olib bordi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya La Ligasining 23-turi doirasida “Real Madrid“ “Valensiya“ bilan bahs olib bordi. "Alfredo Di Stefano“ o'yingohida kechgan qizg'in bahs madridliklarning ishonchli, 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Mezbonlarning ustunligida o'tgan birinchi bo'limda, raqib tomonidan uyushtirilgan ko'p sonli xavfli hujumlar natijasida “Valensiya“ o'z darvozasidan ikkita to'p olib chiqishga majbur bo'ldi.

Dastlab, Benzema taym boshlarida raqib darvozasini ishg'ol etgan bo'lsa, taym so'nggiga yaqin, Toni Kroos jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ikkinchi bo'limda hisob o'zgarmadi va “Real“ g'alabani saqlab qolgan holda 3 ochkoga ega chiqdi.

Shu tariqa, “Real“ ortida qolgan 23 tur natijalariga ko'ra 49 ochko bilan turnir jadvalining ikkinchi pog'onasida bormoqda. “Valensiya“esa bugungacha 24 ochko to'plab o'n ikkinchi o'rinni band etgan.

Real Madrid – Valensiya 2:0 (2:0, 0:0)

«Alfredo Di Stefano»

Gollar: 1:0 – 12 Benzema, 2:0 – 42 Kroos.

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Varan, Karvaxal (Vaskes, 28), Mendi, Modrich (Isko, 79), Kazemiro, Asensio (Arribas, 71), Kroos, Vinisius Junior, Benzema (Mariano Dias, 79).

"Valensiya" – Domenek, Gabriel Paulista, Gayya, Ferru, Vass (Li Kan In, 64), Soler (Oliva, 64), Rachich, Valexo (Gameyro, 46), Gedesh (Musa, 46), Terri Korreyya, Maksi Gomes (Kutrone, 83).

Ogohlantirishlar:
Gedesh (27), Rachich (44), Terri Korreyya (46).

BestMaster
14 Fevral 2021, 23:00
“real“, “valensiya“, ustidan, ishonchli, galabaga, erishib, ikkinchi, oringa, kotarilib, oldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads