Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. “Real Madrid” – “Valensiya” 2:0 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionati 23-turidan o'rin olgan markaziy bahs bo'lib o'tmoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi. 

YANGILASH

42-daqiqa. GOOOOOOOL! Toni Kroos oradagi farqni oshirdi. 

40-daqiqa. Luka Modrich ustasiga farqi yo'q deb, chap oyoqda ham kuchli va aniq zarba yo'lladi, Domenek o'z o'rnida. 

38-daqiqa. Lukas Vaskesning uzatmasidan keyin Karim Benzema boshi bilan zarba berdi, ammo noaniq.

33-daqiqa. Nacho kutilmaganda raqib hujumini boshlab beruvchi uzatmani amalga oshirdi, lekin himoyachilarga yordamga kelgan Vinisius to'pni raqibidan olib qo'ydi va o'z jamoasini olg'a boshladi.  

31-daqiqa. Bu safar Nacho jabrlanuvchi rolida. "Qaymoqranglilar" muxlislari hozir bir nafas olib, engil tortishgan bo'lsa ajab emas. Sababi yana bir himoyachini yo'qotish... Jamoani o'ta qiyin holatga tushirib qo'yardi. 

Aynan bugungi o'yindan avval safga qaytgan bir futbolchini boshqasi almashtirdi. 

28-daqiqa. O'zgarish! Jarohatlangan Dani Karvaxal o'rnini universal Lukas Vaskes egalladi.  

27-daqiqa. Ogohlantirish. Varanga nisbatan qo'pollik uchun Gonsalu Gedesh ogohlantirildi. 

25-daqiqa. O'zi jarohatlar etmayotgandek, Karvaxal oddiy vaziyatda jarohat olganga o'xshaydi. Ispaniyalik himoyachi darhol to'xtadi, zaxira o'rindig'i tomon ishora qilib, to'g'ri kiyinish xonasiga yo'l oldi.

22-daqiqa. "Valensiya" futbolchilari markazda kombinaciyalarida bosh hakamni ham ishtirok etishini taminlashdi.  

21-daqiqa. O'ng qanotdan rivodlantirilgan hujumda bevosita ishtirok etgan Marko Asensio o'yindan tashqari holatda deb topildi. Ammo takroriy lavhada yaqqol ko'rindiki, ispaniyalik yarim himoyachi himoyachidan orqaroqda ham bo'lgan ekan. 

18-daqiqa. Benzema yana kutilmagan nuqtada paydo bo'ldi va raqiblari shoshirib qo'ydi, lekin bu safar hujum gol bilan yakunlanmadi. 

16-daqiqa. "Valensiya"ning urinishi besamar ketdi. 

Tezkor hujum bir qarashda u qadar xavfli ko'rinish olmayotgandek edi, lekin Benzema kutilmaganda aylanma zarba bilan darvozaning uzoq pastki burchagini aniq nishonga oldi.  

12-daqiqa. GOOOOOOOOL! Karim Benzema aylanma zarbasi bilan hisobni ochdi.

10-daqiqa. "Valensiya" hujum tashkil etdi. CHap qanotdan oldinga o'tgan Gayya uzatmani amalga oshirdi, lekin sheriklari bu to'pga etib kela olishmadi. 

8-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni Kazemiro kutilmaganda kulchi zarbasi bilan yakunladi. Darvozabon katta qiyinchilik bilan oyoqlari yordamida to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Burchak zarbasidan keyin esa Asensioning zarbasi qovushmadi. 

7-daqiqa. Kazemirodan maydon markaziga yaqin hududda "podkat" tashlash bo'yicha "master-klass".

6-daqiqa. Madridliklarning urinishi to'p oshirishdagi xato tufayli uzilib qoldi va keyin safga qaytgan Dani Karvaxal raqibi Xose Gayyani yiqitishga majbur bo'ldi.  

4-daqiqa. "Real" futbolchilari to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi. 

2-daqiqa. Hakam har ikki futbolchidan hol-axvol so'rab, hammasi joyida ekanligi va o'yinni davom ettirish zarurligini bildirdi. 

Oxirgi o'yinlarda "Qirollik klubi" gollari muallifi bo'layotgan Varan shu ishni bajarayotgan hamyurti Benzemaga to'pni uzatdi, Karim himoyachi bilan to'qnashgach, jarima maydoni ichida yiqilib yotibdi. 

1-daqiqa. O'yin start oldi. Uni "Valensiya" vakillari boshlab berishdi

Bir daqiqa sukut saqlandi. 

Har ikki jamoa asosiy tarkib azolari birin-ketin maydonga tushib kelishmoqda. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan. 

"Real Madrid" – "Valensiya"

20.15, "Estadio Alfredo Di Stefano"

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Varan, Karvaxal, Mendi, Modrich, Kazemiro, Asensio, Kroos, Vinisius Junior, Benzema.

"Valensiya" – Domenek, Gabriel Paulista, Gayya, Ferru, Vass, Soler, Rachich, Valexo, Gedesh, Terri Korreyya, Maksi Gomes.

BestMaster
14 Fevral 2021, 21:00
live , liga, “real, madrid”, “valensiya”, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads