Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. “Real Madrid” – “Valensiya” 1:0 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionati 23-turidan o'rin olgan markaziy bahs bo'lib o'tmoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi. 

YANGILASH

12-daqiqa. GOOOOOOOOL! Karim Benzema aylanma zarbasi bilan hisobni ochdi.

10-daqiqa. "Valensiya" hujum tashkil etdi. CHap qanotdan oldinga o'tgan Gayya uzatmani amalga oshirdi, lekin sheriklari bu to'pga etib kela olishmadi. 

8-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni Kazemiro kutilmaganda kulchi zarbasi bilan yakunladi. Darvozabon katta qiyinchilik bilan oyoqlari yordamida to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Burchak zarbasidan keyin esa Asensioning zarbasi qovushmadi. 

7-daqiqa. Kazemirodan maydon markaziga yaqin hududda "podkat" tashlash bo'yicha "master-klass".

6-daqiqa. Madridliklarning urinishi to'p oshirishdagi xato tufayli uzilib qoldi va keyin safga qaytgan Dani Karvaxal raqibi Xose Gayyani yiqitishga majbur bo'ldi.  

4-daqiqa. "Real" futbolchilari to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi. 

2-daqiqa. Hakam har ikki futbolchidan hol-axvol so'rab, hammasi joyida ekanligi va o'yinni davom ettirish zarurligini bildirdi. 

Oxirgi o'yinlarda "Qirollik klubi" gollari muallifi bo'layotgan Varan shu ishni bajarayotgan hamyurti Benzemaga to'pni uzatdi, Karim himoyachi bilan to'qnashgach, jarima maydoni ichida yiqilib yotibdi. 

1-daqiqa. O'yin start oldi. Uni "Valensiya" vakillari boshlab berishdi

Bir daqiqa sukut saqlandi. 

Har ikki jamoa asosiy tarkib azolari birin-ketin maydonga tushib kelishmoqda. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan. 

"Real Madrid" – "Valensiya"

20.15, "Estadio Alfredo Di Stefano"

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Varan, Karvaxal, Mendi, Modrich, Kazemiro, Asensio, Kroos, Vinisius Junior, Benzema.

"Valensiya" – Domenek, Gabriel Paulista, Gayya, Ferru, Vass, Soler, Rachich, Valexo, Gedesh, Terri Korreyya, Maksi Gomes.

BestMaster
14 Fevral 2021, 20:30
live , liga, “real, madrid”, “valensiya”, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads