Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. "Real Madrid" - "Valensiya" (Prevyu).

"Real Madrid" va "Valensiya" jamoalari bugun Ispaniya La Ligasi 23-turi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi.

.
- Yuklab olish

"Real Madrid" va "Valensiya" jamoalari bugun Ispaniya La Ligasi 23-turi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi. Madrid va Valensiya shaharlarining bu ikki jamoasi o'rtasidagi uchrashuv har doim qiziqarliligi, hamda murosasizligi bilan e'tibor markazida bo'lib kelgan. Ushbu jamoalar bugun yana "Alfredo di Stefano" stadionida uchrashishadi. Bugungi o'yin odatdagidan ham qiziqarli bo'lishi kutilmoqda, chunki mazkur jamoalarning birinchi davradagi "Mestalya" stadionida kechgan uchrashuvida "ko'rshapalaklar" madridliklarni tor-mor qilishgan edi. Demak, qasos o'tida yonayotgan "qaymoqranglilar"ni faqatgina g'alaba qanoatlantirsa, valensiyaliklar esa jadvaldagi o'rnini yaxshilab olish uchun maydonga tushishadi.

"Real Madrid"

Ushbu mavsumda "Real Madrid" jamoasi baqaror o'yin namoyish eta olmayapti. Autsayder jamoalar bilan kechgan uchrshuvlarda ham ochko yo'qotishmoqda. Joriy yilgi mavsumda madridliklar 22 o'yindan so'ng, 46 ochko to'plab, turnir jadvalida 3-o'rinda joylashgan. Ular bilan bir xil ochko to'plaga "Barselona" jamoasi 2-o'rinda bo'lsa, hamshahari "Atletiko" jamoasi esa 54 ochko bilan turnir jadvalida etakchilik qilmoqda. Madridliklar bugungi uchrashuvda g'alaba qozonishi talab etiladi, chunki har qanday mag'lubiyat Zidanning iste'fosiga sabab bo'lishi mumkin. Bugungi o'yinda "Real" etakchisi va sardori Serxio Ramos maydonga tushmaydi.

Umuman olganda, Chempionlar Ligasi yaqinlashgan sari, jarohat bilan bog'liq muammo "qaymoqranglilar"da ko'payib bormoqda. Eden Azar, Valverde, Marselo, Militao, Odriosola, Rodrigo kabi o'yinchilar ham jarohat olganligi sababli bugungi uchrashuvda qatnasha olmaydi. Bu kabi yo'qotishlar, ayniqsa etakchi jamoalar bilan bo'ladigan uchrashuvlarda sezilishi tayin. Ayni paytda "Real" himoyasida bir qancha muammolar bor. Dani Karvaxal ham bugungi uchrashuvda maydonga tushmasa kerak. Garchi, ispaniyalik himoyachini jarohatdan tuzaldi degan yangiliklar chiqqan bo'lsa ham, fransiyalik mutaxasis EChL oldidan tavakkal qilmasa kerak. Agar, yana jarohatini yangilab olsa, keyingi uchrashuvlarni o'tkazib yuborishga to'g'ri kelishi mumkin. Hozirda Nacho, Varan va Mendi uchligidan tashkil topgan himoya qo'rg'oni madridliklar joniga oro kirmoqda. To'g'ri, bu uchlik eng ideal futbolchilardan tashkil topmagan, ammo Zidanning boshqa umid qiladigan o'yinchisi yo'q. O'tgan turda ham aynan shu futbolchlardan himoya qo'rg'oni maydonga tushgan, ammo raqibning maydon markazidan o'ta olmaganini hisobga olsak, himoya bilan bog'liq muammo ancha murakkablashadi. Agarda bularning ham bittasi jarohat oladigan bo'lsa, Zidan juda qiyin ahvolga tushib qoladi. O'tgan turda "Xetafe"ga qarshi o'yinda zaxiradan qo'shilgan yosh himoyachi Viktor Chustda hali tajriba kamroq, shu sababli har qanday jarohat "Real Madrid"ning ishlarini orqaga ketishiga olib kelishi mumkin.

"Valensiya"

"Valensiya" jamoasi uchun ushbu mavsum ancha omadsiz kechmoqda. "Ko'rshapalaklar" 22-turdan so'ng 24 ochko bilan 12-o'rinda ketmoqda. Mavsumni juda omadsiz boshlagan valensiyaliklar ketma-ket ochko yo'qotishdi. Hozirga kelib, biroz o'z o'yinini topgan bo'lsa ham evrokuboklar zonasidan ancha uzoqlashib ketishgan. Bu yil ular katta ehtimol bilan mavsumni o'rtamiyonalar qatorida tugatishsa kerak. "Valensiya" jamoasi yanvar oyi oxirrog'ida Ispaniya kubogi musobaqasidan ham chiqib ketishdi va evrokuboklarda ham qatnashmayotganini hisobga olsak, ular bor e'tiborini faqatgina La Liga bahslariga qaratishadi. 2021-yil boshlangandan so'ng, chempionat bahslarida faqatgina bir marta mag'lubiyatga uchrashdi. "Atletiko" maydoniga safar qilgan ''ko'rshapalaklar" 3:1 hisobidagi mag'lubiyat bilan ortga qaytishgan, ular shundan boshqa hech qaysi uchrashuvda maydondanni ochkosiz tark etishmadi.

"Valensiya"ning ham tarkib bilan bog'liq muammolari bor. Cherishev, Sillessen, Gilyamon kabi o'yinchilari bugungi uchrashuvni o'tkazib yuborishadi. Xavi Grasiya qishda jamoaga yangi qo'shilganlarsiz, bugungi jamoasini tuza olmasligi aniq. Bugun katta ehtimol bilan qishda jamoaga qo'shilgan portugaliyalik Ferroni maydonga tushirsa kerak. Portugaliyalik "Real Madrid''ga qarshi o'yinda Valensiya Gabriel Paulista yonidan joy olishi kutilmoqda. "Ko'rshapalaklar"da murabbiy bilan bog'liq muammo ham bor. "Valensiya" ustozi "Real" bilan o'yinni tribunadan kuzatishiga to'g'ri keladi, chunki La Liga 11-turi doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yinda, murabbiy Ugo Gilyamonga atayin sariq kartochka olishi haqidagi ko'rsatma berganlikda ayblangan.

Qarama-qarshiliklar

"Real Madrid" to'qqiz yildan beri uy uchrashuvlarida "Valensiya" jamoasi darvozasiga bittadan ko'p gol urmoqda. Bu anana bugun ham davom etishi mumkin. "Valensiya" jamoasi etakchilarga qarshi o'yinda ajoyib o'yin ko'rsatib kelayotganini hisobga olsak bugungu o'yin madridliklar uchun oson kechmasligi aniq. Umuman olganda, valensiyaliklar 2017-yildan beri madridliklar ustidan g'alaba qozonolmay kelayotgan edi, ammo mazkur jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvida ''ko'rshapalaklar'' 4:1 hisobida g'alaba qozonishib, bu ananaga chek qo'yishgan edi. Bu jamoalar orasidagi eng yirik hisob 2011-yilda qayd etilgan bo'lib, "Mestalya"da kechgan uchrashuvda madridliklar raqiblari ustidan 6:3 hisobida g'alaba qozonishgan. Ikki jamoada ham himoya bilan bog'liq muammo borligi sababli, bugungi o'yin ham gollarga boy tarzda o'tishi kutilmoqda.

Ehtimoliy tarkiblar

"Real Madrid" (3-4-3): Kurtua, Nacho, Varan, Mendi, Kazemiro, Kross, Modrich, Isko, Asensio, Junior, Benzema.

"Valensiya" (4-4-2): Domenik, Luis Gayya, Ferro, Paulista, Korrea, Guedesh, Soler, Rachich, Vass, Valexo, Gomes.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

BestMaster
14 Fevral 2021, 18:30
liga, real, madrid, valensiya, prevyu,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads