Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

O'zbekistonlik futbolchilar "Real Madrid"da o'ynashi mumkinmi? Fernando Morentesdan javob

Bugun poytaxtimizdagi "Hyatt Regency" mehmonxonasida o'z vaqtida "Real Madrid", "Monako", "Liverpul" kabi jamoalarda to'p tepgan ispaniyalik Fernando Morentes ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Unda turli OAV vositalari o'zlarini qiziqtirgan savol bilan murojaat qilishdi. Xususan, "Real Madrid" jamoasida o'zbekistonlik futbolchilar o'ynashi mumkinmi degan savolga Morentes quyidagicha javob berdi.

"Siz oldingizga shunday maqsad qo'ydingiz deylik. Men "Real Madrid" jamoasida o'ynashni istayman desangiz hech qachon o'ynolmaysiz. 2 yoki 3 yildan keyin borishni ko'zlash kerak emas. Balki, kengroq qarash lozim. Bugun qanday mashg'ulot o'tkazyapsiz, nima eyyapsiz yoki ichyapsiz barchasini inobatga olish darkor. Masalan, men bolaligimda hech qachon "Real Madrid"da o'ynab ketishimni tasavvur ham qilmaganman. Lekin, men shunday ishladimki yakunda buyuk jamoada paydo bo'ldim. Tajribamdan kelib chiqib aytamanki, shunday klubda o'ynashni istasangiz har kuni ishlashingiz lozim. Ikki yildan keyin "Real"ga boraman va o'shanda jiddiyroq shug'ullanaman desangiz xato qilasiz. Bosqichma-bosqich intilib borish kerak",- deydi Morentes.

Matbuot anjumanining to'liq qismini bir necha soatlardan so'ng etiboringizga havola qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

BestMaster
14 Fevral 2021, 15:45
ozbekistonlik, futbolchilar, real, madridda, oynashi, mumkinmi?, fernando, morentesdan, javob,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads