Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» Beyl sabab Ramos va Vaskesdan kamroq maoshga rozi bo'lishni so'ramoqda

«Real» Serxio Ramos va Lukas Vaskes bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarda nima uchun futbolchilarga kamroq maosh taklif qilayotgani ma'lum bo'ldi.

.
- Yuklab olish

«Real» Serxio Ramos va Lukas Vaskes bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarda nima uchun futbolchilarga kamroq maosh taklif qilayotgani ma'lum bo'ldi.

"As" nashri yozishicha, "Madrid" yangi shartnoma imzolayotgan barcha futbolchilardan maoshni pasaytirishga rozi bo'lishni so'ramoqda. Bunga esa jamoaning mavsum-2021/2022da yarim himoyachi Garet Beylga to'lashi kerak bo'lgan maosh (soliqlar bilan birga 30 million evro) sabab bo'lmoqda. «Tottenxem» kelasi mavsumda uelslik futbolchini o'z safida olib qolmoqchi emas. Uning "Madrid" bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Shu bois, «Real» Serxio Ramos va Lukas Vaskesdan yangi shartnoma bo'yicha hozirgiga nisbatan kamroq maosh taklif qilmoqda.

Bundan tashqari, "Qirollik klubi" uchun muammolardan yana biri — Eden Azarning maoshi. Belgiyalik futbolchi uchun madridliklar 28 mln evro sarflashmoqda.

«Real» hozir qiyin vaziyatga tushib qolgan. Agar Ramos kamroq maoshga rozi bo'lsa, iqtisod qilingan pullar Beylning maoshiga sarflanadi. Agar ispaniyalik futbolchi jamoani tark etsa, klub yangi markaziy himoyachi topishiga to'g'ri keladi. Saviya jihatdan Ramosga yaqin futbolchilar esa kamroq maosh rozi bo'lmaydi. Masalan, «Bavariya» himoyachisi David Alabaning yillik maoshi 22 mln evroga teng.

Ramos Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 14ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urdi.

BestMaster
13 Fevral 2021, 23:30
«real», beyl, sabab, ramos, vaskesdan, kamroq, maoshga, rozi, bolishni, soramoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads