Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mbappe yoki Xoland? «Real» qaysi hujumchini sotib oladi?

"Real" yozgi transfer paytida ikki hujumchidan birini tanlashiga to'g'ri keladi, deya xabar tarqatdi "As" nashri.

.
- Yuklab olish

"Real" yozgi transfer paytida ikki hujumchidan birini tanlashiga to'g'ri keladi, deya xabar tarqatdi "As" nashri.

"Qirollik klubi" Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland va "PSJ" forvardi Kilian Mbappeni anchadan beri kuzatib keladi. Madridliklar har ikki futbolchini qo'lga kiritishni istaydi, ammo jamoaning moliyaviy ahvoli bunga imkon bermaydi.

Ayni paytda Xolandning transferini amalga oshirish haqiqatga yaqinroq. Chunki norvegiyalik futbolchi talab qiladigan maosh Mbappenikidan kamroq. Xoland hozir Dortmundda 8 million evro yillik maosh olayotgan bo'lsa, frantsiyalik futbolchining yillik maoshi 22 mln evrodan ko'proq.

Har ikkala futbolchi "Real"ga ko'chib o'tishga qarshi emas. Moliyaviy qiyinchilikni boshidan o'tkazayotgan "Borussiya" esa Erlingni sotishi mumkin.

"PSJ" hozirda Kilianga yangi shartnoma taklif qilmoqda. "Madrid" esa futbolchiga bunday shartnoma taklif qila olmaydi.

BestMaster
12 Fevral 2021, 09:30
mbappe, yoki, xoland?, «real», qaysi, hujumchini, sotib, oladi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Икаласиниям олиш керак
13 Fevral 2021, 09:48
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads