Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" Olmoga qiziqib qoldi. U klub uchun 30 mln evroga tushishi mumkin

"RB Leypcig" yarim himoyachisi Dani Olmo Madridning "Real" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deya xabar tarqatdi "Ok Diario".

.
- Yuklab olish

"Qirollik klubi" Olmo orqali jamoani tark etishi kutilayotgan Lukas Vaskesning o'rnini to'ldirmoqchi. 22 yoshli ispaniyalik futbolchining o'zi ham vataniga qaytishga qarshi emas.

Takidlanishicha, jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirish "Real" rahbariyati uchun yozgi transfer oynasidagi birlamchi vazifa hisoblanadi.

Olmoning transferi madridliklar uchun 30 mln evroga tushishi taxmin qilinmoqda. Futbolchining manfaatlarini himoya qiluvchi agent — Xuanma Lopes "Real Madrid" bilan yaxshi munosabatda. U "qaymoqranglilar" vakili Nacho Fernandes hamda jamoaning sobiq forvardi Alvaro Morataning vakili hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, Olmo 2007-2014 yillarda "Barselona" akademiyasida tahsil olgan. U "Leypcig" tarkibiga 2020 yilning yanvar oyida Zagrebning "Dinamo" jamoasida kelib qo'shilgan edi (21 mln evro evaziga).

Bundesliganing joriy mavsumida 20 ta uchrashuv o'tkazgan yarim himoyachi 3 gol, 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

BestMaster
10 Fevral 2021, 23:00
olmoga, qiziqib, qoldi, klub, uchun, evroga, tushishi, mumkin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads