"Real" himoyachisi Serxio Ramos madridliklar bilan shartnoni uzaytirishga tayyor. 34 yoshli futbolchining atrofidagi insonlar uning klub taklifini rad etganini yolg'on deyishmoqda.
Xabarlarga ko'ra, futbolchining o'zi "qaymoqranglilar" tarkibida qolishni xohlamoqda. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi yozda yakuniga etadi.
Ramos joriy mavsum La Liga doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.