Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Chelsi» Alabani sotib olishdan bosh tortdi

Futbolchiga asosiy da'vogar - «Real Madrid»

.
- Yuklab olish

Futbolchiga asosiy da'vogar - «Real Madrid»

«Bavariya» himoyachisi David Alaba, kelasi yozda klub bilan shartnomasi tugaganidan keyin Myunxenni tark etmoqchi. «Chelsi» va «Real» klublari 28 yoshli avstriyalikni o'z safiga qo'shib olishga bel bog'lagan edi. Ammo, "aristokratlar" futbolchining moliyaviy talablariga javob bera olmaganligi tufayli Alabadan voz kechishga qaror qilishdi.

Avvalroq, Alaba «Chelsi» dan yiliga 22 million evrolik maosh so'ragan edi. London klubi esa koronavirus pandemiyasi sababli, moliyaviy inqiroz paytida avstriyalik himoyachiga bunday maoshni to'lay olmaydi. Shunday qilib, Alabani erkin agent sifatida sotib olib, unga kerakli pulni to'lashga tayyor bo'lgan klub «Real» bo'lib turibdi.

Oldinroq, «Bavariya» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik avstriyalik himoyachini tarkibda saqlab qolmoqchi ekanligini aytgan.

Ma'lumot o'rnida, David Alaba joriy mavsum Germaniya chempionatida 19 o'yin o'tkazib, 2 gol uirishga muvaffaq bo'lgan.

BestMaster
9 Fevral 2021, 23:30
«chelsi», alabani, sotib, olishdan, bosh, tortdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads