Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. Varanning gollari «Real»ga irodali g'alabani taqdim etdi (videosharh)

Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida «Real» safarda musobaqa autsayderi «Ueska» klubi mehmoni bo'lib, qiyin g'alabaga erishdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida «Real» safarda musobaqa autsayderi «Ueska» klubi mehmoni bo'lib, qiyin g'alabaga erishdi.

Birinchi bo'limda jamoalardan bittadan imkoniyatga ega bo'lishdi, ammo darvozalarga to'p kirmadi.

Ikkinchi bo'limni esa «Ueska» faol boshladi va raqib darvozasini ishg'ol qildi. Galanning zarbasidan so'ng to'p to'singa tegib, to'rga borib tushdi. Oradan ikki daqiqa o'tib mezbonlar ikkinchi golni urishga juda yaqin kelishdi. Rafa Mirning zarbasidan keyin esa to'p to'singa tegib, maydonni tark etdi.

Madridliklar esa tezda javob qaytarishdi. Bahsning 55-daqiqasida Benzema tomonidan jarimadan yo'llangan zarba natijasida to'p to'singa tegib, yuqoriga ko'tarildi. Pastga tushayotgan to'pni esa Varan bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi.

"Real" o'yin so'ngida g'alabani ilib ketdi. Yana bir "standart" madridliklarga g'alaba keltirdi. Modrichning uzatmasidan keyin Kazemiro bosh bilan zarba yo'lladi. Darvozabon qaytargan to'pni esa Varan darvozaga burib yubordi.

Ushbu g'alabadan keyin "Qirollik klubi" o'z ochkolarini 43taga etkazib oldi.

Ispaniya La ligasi, 22-tur
Ueska – Real Madrid 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 48 Galan, 1:1 – 55 Varan, 1:2 – 84 Varan.
Ueska – Alvaro Fernandes, Galan, Siovas, Pulido, Maffeo, Dumbiya (Ontiveros, 73), Mikel Riko (Xuan Karlos, 86), Seoane, Silva (Ferreyro, 86), Okadzaki (Dani Eskriche, 62), Rafa Mir.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Mendi (Marvin, 78), Odriosola (Marselo, 67), Nacho, Modrich, Kroos, Asensio, Kazemiro, Vinisius Junior (Mariano Dias, 78), Benzema.
Ogohlantirishlar: Kroos (32), Maffeo (45), Silva (53).

BestMaster
6 Fevral 2021, 22:30
liga, varanning, gollari, «real»ga, irodali, galabani, taqdim, etdi, videosharh,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads