Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real", "Bavariya", "Milan", "Barselona" va "Spartak"ni nima bog'lab turishini bilasizmi?

.
- Yuklab olish

Chempionlar ligasi pley-off bosqichi ham boshlanish arafasida. Klublar miqyosida o'tkaziladigan eng nufuzli musobaqa har doim bizga ajoyib bahslarni tuhfa etgan. Hozir siz bilan ushbu turnir tarixidagi guruh bosqichlarida qayd etilgan mukammal natijalar bilan tanishtirib o'tamiz.

1992-1993 yilgi mavsumda "Milan".

Fabio Kapello boshchiligidagi "Milan" 1992-1993 yilgi mavsumda guruh bosqichidagi oltita uchrashuvning barchasida g'alaba qozonib, yuz foizlik natija qayd etgan. O'sha mavsum "rossonerilar" "Goteborg", "Portu" va PSV jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan edi. Yakunda jamoa finalgacha borgan va finalda "Marsel" jamoasiga mag'lub bo'lgan.

1995-1996 yilgi mavsumda "Spartak" Moskva.

1995-1996 yil Chempionlar Ligasi guruh bosqichida "Rozenburg", "Blekbern" va "Legiya" jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan Moskvaning "Spartak" jamoasi guruhdagi barcha o'yinda g'alaba qozongan. "Qizil-oqlar" o'shanda chorak finalda Frantsiyaning "Nant" jamoasiga mag'lub bo'lib, musobaqani tark etgan edi.

2002-2003 yilgi mavsumda "Barcelona".

Lui van Gal boshchiligidagi "Barelona" ham 2002-2003 yilgi mavsumda to'liq oltita o'yinda g'alaba qozongan. Kataloniya klubi "Lokomotiv", "Bryugge" va "Galatasaray" jamoalari bilan guruh bosqichida to'qnash kelgan. "Barselona" bu jamoalarning xech biriga mag'lub bo'lmagan va ushbu natijani qayd etgan jamoalar tarixiga kirgan. "Blaugranas" o'sha mavsum chorak finalgacha etib borib, "Yuventus" ga 3-2 hisobida mag'lub bo'lgan edi.

2011-2012 yilgi mavsumda "Real" Madrid.

Joze Mourino qo'l ostidagi "qaymoqranglilar" 2011-2012 yilgi mavsumda "Lion", "Ayaks" va Zagrebning "Dinamo" jamoalariga qarshi guruh bosqichida duch kelgan va ularning hech biri "qirollik klubi"dan ochko ololmagan. O'sha mavsum "Real" yarim finalgacha etib borgan. Faqatgina final ostonasida "Bavariya" penaltilar seriyasida Mourino shogirdlarini turnirdan chiqarib yuborgan.

2014-2015. "Real Madrid"

Bu safar Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real" aynan shunday natijani takrorlaydi. Ular "Bazel", "Liverpul" va "Ludogorets" jamoalariga hech qanday imkoniyat qoldirmay maksimal ochko to'plagan. O'sha mavsum madridliklar yarim finalgacha borgan va "Keksa senora" bilan bahsda mag'lub bo'lgan. Yakunda o'sha mavsum bosh sovrinni "qirollik klubi"ning ashaddiy raqibi "Barcelona" qo'lga kiritgan.

2019-2020. "Bavariya"

O'tgan mavsum butun Evropani zir titratgan "Bavariya" ham mana shunday natija bilan tarixga kirdi. Ular 2019-2020 yilgi mavsumda "Tottenxem", "Olimpiakos" va "Tsrvena Zvezda" jamoalari bilan guruh bosqichida duch kelgan va yuz foizlik natija qayd etgan. Flik shogirdlari o'tgan mavsumda Chempionlar Ligasining barcha o'yinlarida g'alaba qozongan va yakunda ushbu musobaqaning bosh sovrinini qo'lga kiritishgan.

Xudayqulov KARIM tayyorladi.

BestMaster
5 Fevral 2021, 16:00
bavariya, milan, barselona, spartakni, nima, boglab, turishini, bilasizmi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads