Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kuchlilarni birlashtirgan JCh haqida qiziqarli faktlar

Bugundan e'tiboran, Qatar maydonlarida klublar o'rtasidagi Jahon chempionati boshlandi.

.
- Yuklab olish

Bugundan e'tiboran, Qatar maydonlarida klublar o'rtasidagi Jahon chempionati boshlandi. Biz sizlarga mazkur musobaqa tarixi bilan bog'liq qiziqarli ma'lumotlarni beramiz.

Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) tomonidan 2000-yilda tashkil qilingan. Mazkur musobaqa ilk marta Braziliyada 2000-yil 5-yanvardan 14-yanvargacha bo'lib o'tdi. FIFA 1997-yil 3-sentyabrda Braziliyani mezbon davlat sifatida tanladi, chunki to'qqiz nomzod orasida eng yaxshi taklif deb topildi. 1999 yil 14 oktyabrda Rio-de-Janeyro shahridagi Kopakabana saroyida qur'a tashlandi. Barcha o'yinlar Rio-de-Janeyroning "Estadio-do-Marakana" va San-Pauluning "Estadio-do-Morumbi" maydonlarida bo'lib o'tdi. Sakkizta jamoa ikki guruhga bo'linib, o'yin o'tkazishgan. Ikkala guruh g'oliblari o'zaro o'yin o'tkazib, g'olib jamoa bosh sovringa ega chiqqan. Klublarning ikkitasi Janubiy Amerikadan, ikkitasi Evropadan va bittadan Shimoliy Amerika, Afrika, Osiyo va Okeaniyadan. Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining birinchi o'yini San-Paulu shahrida bo'lib o'tdi va unda Ispaniyaning "Real Madrid" klubi Saudiya Arabistonining "An-Nasr" jamoasi ustidan g'alaba qozondi. Frantsiyalik futbolchi Nikolas Anelka 21-daqiqada gol urib, klublar o'rtasidagi jahon chempionati tarixidagi birinchi golni urgan.

Keyinchalik, 2001-yildan 2004-yilgacha FIFAning marketing bo'yicha hamkori "International Sport and Leisure" kompaniyasining bankrotga uchrashi sababli o'tkazilmadi. Klublar o'rtasidagi JCh 2005 yildan beri, har yili o'tkazilib kelinmoqda. Shu paytgacha Ispaniya jamoalari 7 marta, Braziliya jamoalari 4 marta, Angliya va Italiya jamoalari 2 martadan qo'lga kiritgan bo'lsa, Germaniyaning "Bavariya" jamoasi bir marta bosh sovrinni qo'lga kiritgan.

Turnirning amaldagi shakli taxminan ikki hafta davomida ma'lum bir mezbon mamlakat hududlarida chempionlik uchun kurashadigan etti jamoa kurashadi. OFK Chempionlar Ligasi (Osiyo), CAF Chempionlar Ligasi (Afrika), KONKAKAF Chempionlar Ligasi (Shimoliy Amerika), Libertadores Kubogi (Janubiy Amerika), Okeaniya mamlakatlari orasidan bir jamoa, UEFA Chempionlar Ligasi (Evropa) g'oliblari va mezbon mamlakat milliy chempionati g'olibi qatnashadi. Mezbon mamlakat milliy chempionlari Okeaniya chempionlariga qarshi pley-off bahslarini o'tkazadilar. Mazkur bosqich g'olibi Osiyo, Afrika va Shimoliy Amerika chempionlariga qarshi chorak finalda qatnashadi. Chorak final g'oliblari finalga chiqish uchun yarim finalga chiqqan Evropa va Janubiy Amerika chempionlari bilan to'qnash kelishadi.

Tarixda Ispaniyaning "Real Madrid" jamoasi eng ko'p g'alaba qozonish bo'yicha rekordchi bo'lib, musobaqada to'rt marta g'olib chiqdi. "Korintians" jamoasi musobaqa ilk g'olib jamoa hisoblanadi. Ispaniya jamoalari ushbu musobaqada eng ko'p g'alaba qozongan. Ushbu mamlakat jamoalari naq etti marta g'olib bo'lishgan. Amaldagi jahon chempioni Angliyaning "Liverpul" jamoasi bo'lib, u 2019 yilgi musobaqa finalida qo'shimcha vaqtdan so'ng Braziliyaning "Flamengo" jamoasini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

BestMaster
4 Fevral 2021, 21:00
kuchlilarni, birlashtirgan, haqida, qiziqarli, faktlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads