Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu mutlaq peshqadam turnir - Klublar o'rtasidagi JCh raqamlarda!

.
- Yuklab olish

Bugun ko'pchilik muxlislar uchun begona bo'lmagan turnir - klublar o'rtasidagi JCh ga rasman start beriladi.

Stadion.uz ushbu musobaqaning ayrim e'tiborga molik jihatlarini raqamlarga bog'lagan holda e'tiboringizga havola etadi.

«Bavariya» (4)

Ushbu musobaqa o'tkazilayotgandan beri faqatgina 4 jamoa bosh titulni maksimal tarzda yo'qotishlarsiz qo'lga kiritgan. Ular qatoriga Milan shahrining ikki jamoasi, Myunxenning «Bavariya»si va «San-Paulu» klublarini qo'shishimiz mumkin.

Muhammad Ahmad (79)

«Al-Ain» o'yinchisi Muhammad Ahmad ushbu turnirda urilgan eng tezkor jarima zarbasi mualliflaridan biri sifatida tarixda qolgan. U «Esperans»ga qarshi bahsda endigina 79-soniya o'tib borayotgan bir paytda raqib darvozasini ishg'ol qilgan.

Biroq ushbu ko'rsatkich bundan oldinroq qayd etilgan bir natijani yangilashga kamlik qildi. Ya'ni, 2013 yilda «Atletiko Mineyro» futbolchisi Diego Tardelli «Guanjou Evergrand» darvozasiga bor yo'g'i 32-soniyada to'p kiritgan bo'lib, bu klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining mutlaq rekordi hisoblanadi.

Oskar Peres (44)

Ushbu musobaqa garchi nufuz va qamrov jihatidan nisbatan kamroq auditoriyani yig'ishiga qaramay o'ziga xos natijalar va kutilmagan rekordlarga boy turnir hisoblanadi.

Jumladan «Pachuka» a'zosi, 44 yoshli Oskar Peres musobaqada maydonga tushgan eng keksa futbolchi hisoblanadi. U so'nggi uchrashuvini 2017 yil BAAda o'tkazilgan yarim final doirasida «Gremio»ga qarshi olib borgan va bu borada mutlaq rekordchi sifatida tarixda qoldi.

Undan keyingi o'rinlarni 39 yoshli Mitguso Ogasashvara, Migel Kalero, Ante Kovich hamda Paolo Maldinilar egallab turibdi.

Aleshandre Pato (17)

Ushbu musobaqa tarixidagi gol kiritgan eng yosh futbolchi braziliyalik Aleshandre Pato hisoblanadi. U turnirda ushbu natijani 17 yoshu 3 oylik paytida qayd etgan. Voqea esa 2006 yilda Yaponiya bilan bahsda sodir bo'lgan edi. Ta'kidlash joizki, Pato ushbu golini debyutidan atigi uch kun keyin kiritgan. Bunda ham qaysidir ma'noda ramziy jihat mavjud.

Shuningdek, qo'shimcha ma'lumot o'rnida qayd etish joizki, turnirda gol urgan eng keksa o'yinchi Xaver Sanetti bo'lib, u 37 yoshida raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan edi.

«Liverpul» (14)

Ushbu raqam bir klubning musobaqada ishtirok etish oralig'idagi eng uzoq muddatini anglatadi. Ya'ni 2000 yili Braziliyada o'tgan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida qatnashgan «Real» oradan 14 yil o'tib Marokashdagi musobaqada qit'asi sharafini himoya qilgan edi.

Xuddi shunday natijani oradan 5 yil o'tib Angliyaning «Liverpul» klubi ham takrorladi. Mersisaydliklar bundan oldin oxirgi marta 2005 yilda ko'hna qit'ani zabt etgan edilar. Bu kabi uzoq yillik tanaffus musobaqa tarixida so'nggi yillarda hali sodir bo'lmagan.

«MYu» - «Gamba Osaka» (5:3)

Ushbu uchrashuv 2008 yili musobaqaning so'nggi bahsida qayd etilgan bo'lib finallar tarixidagi eng ko'p gol urilgan bahs sifatida yodga olinadi. Hozircha yuqoridagi 8 goldan tashqari qolgan finallar u qadar hujumkor ruhda o'tmagan. Bunga mustasno tariqasida aytish mumkinki, 2007 yilgi finalda «Milan» hamda «Boka Xuniors» jamoalari o'rtasidagi bahs 4:2 hisobida yakunlangan bo'lsa, 2016 yilda «Real» hamda «Kashima Antlers» o'rtasidagi bellashuvda (4:2) xuddi shuncha oltita gol kiritilgan.

Toni Kroos (5)

Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati bosh sovriniga hech qaysi futbolchi Toni Krossdan ko'proq ega chiqmagan. Germaniyalik xavbek ushbu musobaqani jami hisobda 5 marta yutishga erishgan. Uning bu boradagi dastlabki g'alabasi «Bavariya»bilan birgalikda 2013 yili sodir bo'lgan edi. Kross shundan so'ng Madridning «Real» klubi bilan bir yil o'tib (2014) ushbu titulga ega chiqqan bo'lsa, keyinchalik yana ketma-ket uch yil (2016, 2017, 2018) ushbu natijani takrorlashga muvaffaq bo'lgan.

Krishtianu Ronaldu (7)

Har bir musobaqa tilga olinganda birinchilardan bo'lib uning to'purarlari va sovrindorlari yodga keladi. Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati haqida gapirilganda ham bu erda Krishtianuning nomiga alohida to'xtalish joiz. U hozircha 7 goli bilan turnirning yaqqol to'purari bo'lib turibdi. Gollarining ikkitasini 2008 yili «qizil iblislar» tarkibida kiritgan bo'lsa, qolganlarini turli yillar mobaynida «Real» bilan qayd etib borgan. Undan keyingi o'rinlarni Garet Beyl (6), Sezar Delgado, Leo Messi hamda Luis Suareslar (barchasida 5 tadan) egallashgan. Qayd etish kerak, Luis Suaresga tegishli bo'lgan barcha gollar bir turnir davomida (Yaponiya-2015) kiritilgan. U bu borada musobaqa tarixidagi mutlaq etakchi hisoblanadi.

BAA-2018

Ushbu mundial tilga olinganda birinchi navbatda undagi har bir sermahsul o'yinlar yodimizga keladi. O'shanda jami o'tkazilgan 8 ta bahsda futbolchilar tomonidan umumiy hisobda 32 ta gol raqiblar darvozasidan joy olgan. Bu esa o'rtacha taqribda har bir uchrashuvga 4 tadan ziyod gol to'g'ri keladi degani. Ushbu qayd etilgan statistika turnir tarixidagi rekord natija hisoblanadi. Undan keyingi o'rinlarni Marokash-2013 (3,50), Yaponiya-2016 (3,25) mundiallari egallashadi.

Garet Beyl (4)

Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida shu paytgacha jami 4 nafar futbolchi xet-trik qayd etishga erishgan. Ular ichida Luis Suares 2015 yilda «Guanjou»ga qarshi yarim final bahsida 3 ta to'p kiritgan holda jamoasining finalga chiqishini ta'minlagan edi. Shuningdek, Ronaldu («Kashima Antlers»ga qarshi) hamda Hamdu Elhunini («Al Sadd»ga qarshi)lar ham ushbu natijani qayd etishgan. Garet Beyl raqiblari darvozasini 3 marta ishg'ol qilgan yil aynan Ronalduning benefisiga aylangan o'yinga to'g'ri kelishini ham ta'kidlab o'tish joiz.

BestMaster
3 Fevral 2021, 17:30
ronaldu, mutlaq, peshqadam, turnir, klublar, ortasidagi, raqamlarda!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads