Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Barselona" turnir javdalida "Real"ni quvib o'tib, 2-o'ringa ko'tarildi

"Barselona" Ispaniya chempionati 21-turida "Atletik" bilan bellashdi.

.
- Yuklab olish

Barselona – Atletik 2:1 

«Kamp Nou»

Gollar: Messi 20', Grizmann 75' – Alba 49' (avtogol)

Barselona – ter SHtegen, Alba, Umtiti, Mingesa, Arauxo, Pyanich (Roberto, 67), de Yong, Pedri, Dembele (Breytueyt, 87), Grizmann (Langle, 84), Messi.

Atletik – Unai Simon, Berchiche, Kapa (Lekue, 84), Martines, De Markos (Berenger, 67), Raul Garsiya, Dani Garsiya, Muniain (Vilyalibre, 84), Vensedor (Vesga, 67), Yeray Alvares, Uilyams.

Ogohlantirishlar: Raul Garsiya (32), Yeray Alvares (40), de Yong (47), Alba (51), Kapa (77). 

Bahs yakunlandi. "Barselona" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz!  Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+3. Berchiche to'pni ichkariga oshirdi, ammo himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.  

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

87. "Barselona"da o'zgarish: Dembele o'rniga Breytueyt o'yinni davom ettiradi. 

84. "Barselona"da o'zgarish: Grizmann o'rniga Langle tushirildi.

84. "Atletik"da 2 ta almashtirish: Kapa o'rniga Lekue, Muniain o'rniga Vilyalibre o'yinga qo'shildi. 

82. Berchiche qanot orqali oldinga bordi, himoyaga qaytgan Dembele o'z jamoasi joniga ora kirdi. To'p maydonni tark etdi, burchak zarbasi. 

80. Dahshat!  Berchichening ajoyib uzatmasidan uning jamoadoshlari unumli foydalana olishmadi.

79. Raul Garsiya uzatma namoyish qilish imkoniga ega bo'ldi, biroq buni noaniq amalga oshirdi.

77. Kapa Pedriga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun ogohlantirildi. 

75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL!   Mingesaning uzatmasidan so'ng Antuan Grizmann raqib darvozabonini dog'da qoldirdi – 2:1! 

71. Berengerdan kuchli zarba, biroq sal noaniq.

67. "Barselona"da almashtirish: Pyanich o'rniga Roberto o'yinga tushdi. 

67. "Atletik"da 2 ta o'zgarish: Vensedor o'rniga Vesga, De Markos o'rniga Berenger tushdi. 

66. "Ateltik"da qarshi hujum kuzatildi. Uilyams Arauxoni aldab o'ta olmadi, ammo markaz tomon pas yo'lladi. Keyingi holatda Berchichening zarbasi yo'liga Arauxo to'g'anoq bo'ldi.  

63. Dembele!  Franciyalik hujumchi qulay vaziyatga chiqib bordi, ammo zarba berishga fursat topilmadi, burchak to'pi. 

61. "Barselona" juda ko'p standartlarga ega bo'lmoqda. Messi burchak to'pini o'yinga kiritdi, ammo hozircha samarasiz. O'zgarishlar qilinadimi, janob Kuman?

59. Dembele to'pni ichkariga oshirdi, xavfli vaziyat ro'y bermadi, to'p maydonni tark etdi, "Atletik" posboni uni o'yinga kiritadi. 

57. Zarbaaaa!  Pyanichning kuchli zarbasini Simon qaytardi. Ajoyib seyv! 

56. Jarimani Messining o'zi o'yinga kiritdi, uzatmadan keyin Uilyams bosh bilan darvozaboni Simonni to'p bilan taminladi. Barchasi nazorat ostida. 

55. Antonio Mateu Laosning hushtagi chalindi.  Dani Garsiya Messiga nisbatan fol ishlatdi.

53. Oskar De Markos xavfli uzatma qayd etdi, biroq himoyachilar ishonchli o'ynab, to'pni uzoqlashtirishdi.

51. Alba hakamga qilingan etiroz uchun ogohlantirildi. Gol inobatga olindi. 

49. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Alba chamasi 8 metrlik masofadan avtogol urib qo'ydi – 1:1! 

47. De Yong hujumni buzgani uchun ogohlantirildi. U maydo markazida Martinesning libosidan tortib qolgandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45+1. Dembele pasni yaxshi qabul qilib oldi. Uning zarbasi xavfli, biroq noaniq ketdi. 

43. Mezbonlarda qarshi hujum, ammo bu ularga hech narsa keltirmadi, chunki Vensedor ortga qaytishga va vaziyatga aralashishga ulgurdi. 

42. To'pni olib qo'yishga uringan Umtiti to'satdan Vensedorning yuziga urib yubordi, jarima. 

40. Jamoalar 14 ta fol qayd etishdi: 6 ta "Barselona"da, 8 ta "Atletik"da. Yeray Alvares de Yongga qarshi qo'polligi uchun ogohlantirildi.

38. Mehmonlar yomon hujum boshlamadilar, biroq Uilyamsning noaniq pasi barchasiga yakun yasadi. 

37. Maydonda deyarli hech qanday vaziyat kuzatilmayapti. Kataloniyaliklar doimgidek to'p bilan muomala qilish bilan band bo'lsa, "Atletik"ning pressingi o'xshamayapti. 

34. Hakam deyarli bir daqiqa davomida o'yinchilarni ajratishga va tinchlantirishga urindi. Nihoyat, Messi 35 metrdan uzatmani amalga oshirdi, ammo noaniq. Basklar ancha sokin ravishda to'pni qaytarishdi.

32. Raul Garsiya de Yongga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi.

30. Basklar to'pni juda ko'p yo'qotishmoqda. Endi "Barselona"ning qarshi hujumi rivodlanmoqda. Alba uzatmani amalga oshirdi, biroq rikoshetdan so'ng Simon to'pga ega chiqdi.

28. Oxirgi daqiqalarda tushunarsiz o'yin namoyish qilinmoqda. Bugungi o'yinda Marselino boshqaruvidagi eng kuchsiz "Atletik"ni ko'rmoqdamiz.

27. Samuel Umtiti Uilyamsning futbolkasidan tortdi, bosh hakam buni etiborsiz qoldirmadi. "Atletik" jarima to'piga ega bo'ldi. 

25. Zarba!  Arauxo o'z texnikasini namoyish qilib, raqibini aldadi va zarba yo'lladi, sal noaniq. 

23. Messi Muniainga nisbatan qoidani buzdi. Jabrlanuvchining o'zi standartni amalga oshirdi, uning uzatmasidan so'ng Mingesa to'pni qaytardi. 

20. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL! Messi jarima zarbasidan unumli foydalandi. Uning 22 metrdan yo'llagan zarbasi darvoza to'qqizligiga yo'l oldi – 1:0! 

19. Vensedor Messiga nisbatan qo'pollik ishlatdi, standart vaziyat. 

18. De Yong qo'l bilan Raul Garsiyani urib yubordi. Qo'pol ko'rindi, ammo sariq kartochka berilmadi.

17.  Grizmann qoyilmaqom tarzda Messiga pas yo'lladi – Leo Pedri tomon pas berdi, biroq to'p yosh yarim himoyachiga qadar etib bormadi. 

15. Zarba!  Pyanichning uzatmasidan keyin Messi bosh bilan zarba berdi, noaniq. 

13. Mateu Laos Kumanni tinchlantirishga majbur. Murabbiy hakam Umtitini yiqitgan Raul Garsiyani sariq kartochka bilan jazolamaganidan norozi.

11. Uilyams Umtiti bilan kurashga kirishdi. Laynsmen "Barsa" foydasiga bayroqchasini ko'tardi. 

8. "Barsa" burchak to'pidan samarali natija ko'rsatolmadi, himoyachilar yaxshi o'ynab, to'pni uzoqlashtirishdi.

7. Zarba!  Bu safar Messi Grizmanni to'p bilan taminladi. Antuan 14 metrdan zarba berdi, sal noaniq. Ha, Unai Simonning qo'li tekkan ekan, burchak zarbasi. 

7. "Atletik" chap qanoti ojizlik qilyapti.  Dembele Martinesni aldab o'tmoqchi bo'ldi, ammo Martines bunga qarshilik qildi. 

5. Ana xolos!  Messi birga-bir haolatdan foydalana olmadi. Unai Simon o'z vaqtida reakciya ko'rsatib, zarbani qaytardi. Bravo!

4. Markazdan yana o'ngga, Dembelega pas berildi, bu gal ham kuchli – "Atletik" foydasiga "aut". 

2. "Barselona" o'yinni juda sokin boshladi, "Atletik" yuqori pressing namoyish qilmoqda. Dembele o'ynda to'pni qabul qilib, Mingesaga kuchli pas berib yubordi. 

1. O'yin boshlandi! 

CHigil yozdi mashg'ulotlardan suratlar

"Kamp Nou" o'yinni qabul qilishga tayyor! 

Tarkiblar malum

- O'yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun "Barselona" Ispaniya La Ligasi 21-turida o'z maydonida Bilbaoning "Atletik" klubini qabul qiladi. Ushbu bahsni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

BestMaster
1 Fevral 2021, 03:00
liga, barselona, turnir, javdalida, realni, quvib, otib, 2-oringa, kotarildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads