Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Tasodifmi? "Real" uyida yutqazdi yoxud kataloniyalik hakamning tushunarsiz qarorlari

Ispaniya chempionati 20-turi doirasida Madridning "Real" klubi o'z uyida "Levante"ni qabul qildi.

.
- Yuklab olish

Kutilmaganda, "qaymoqranglilar" musobaqa jadvalining o'rtalarida o'ralashib yurgan jamoaga yutqazib qo'yishdi. Qiziq jihati, 9-daqiqadayoq Militaoga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatgan, keyinroq ikkinchi bo'limda, aniqrog'i 64-daqiqada "Real" darvozasiga penalti belgilagan hakam David Mede Ximenes kataloniyalik. 

SHu o'rinda "Qirollik klubi"ning azaliy va asosiy raqibi "Barselona" (Kataloniya) ekanligini yana bir bor eslatish shart bo'lmasa kerak. Balki bularning barchasi shunchaki tasodifdir, ammo qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyatda Militao va jabrlanuvchi Serxio Leonning shundoq yonginasida Varan ham yugurib kelayotgandi (Odriosola bir necha metr orqaroqda). Darvozabondan tashqari yana kamida bir nafar sherigi bir hamlalik masofada bo'lsa, fol so'nggi umid chorasi sifatida qaralishi qanchalik to'g'ri? 

SHu o'rinda, 13-daqiqa Marko Asensio gol urgan vaziyat, hujumning boshlanishini ham yodga olib o'tish zarur. "Levante" hujumini qaytarish chog'ida jarima maydoni ichida mehmonlar futbolchisi Ferlan Mendi bilan kurashdan keyin yiqilib tushdi va penalti so'radi. Madridliklar hujumni hujumni davom ettirishdi va keyinchalik u gol bilan yakunlandi. 

David Ximenes "VAR"ga quloq tutgach, golni inobatga oldi. 

 

Keyingi qiziqarli epizod ikkinchi bo'lim boshrog'ida sodir etildi. Hakam bu safar "Real" darvozasiga penalti belgiladi. Hakamning qarorini ortiqcha muhokama qilmay, gapni ko'paytirmay, epizodni etiboringizga havola qilamiz.

   

Nima bo'lgan taqdirda ham, bir narsa aniq - bu kecha bosh hakam biroz g'alatiroq qarorlar qabul qildi. 

Real Madrid

Marco Asensio - 13'

LaLiga . 21-tur

30/01/2021, 20:15

2 : 1 Tugadi

Levante

Jose Luis Morales - 32', Roger - 78'

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: David Medie

45' 90' 8'  Eder Militao9'  Eder Militao13'  Marco Asensio13'  Toni Kroos60'  Eden Hazard (Vinicius Junior)82'  Marco Asensio (Sergio Arribas)82'  Karim Benzema (Mariano Diaz)90'  Casemiro32'  Jose Luis Morales32'  Jorge Miramon50'  Mickael Malsa60'  Mickael Malsa (Ruben Rochina)60'  Sergio Leon (Enis Bardhi)64'  Roger72'  Gonzalo Melero76'  Jose Luis Morales (Daniel Gomez)78'  Roger78'  Enis Bardhi83'  Roger (Ruben Vezo) Match-senterda ochish

"Real Madrid" – "Levante" 1:2 30 yanvar, "Estadio Alfredo Di Stefano"Gollar: 1:0 – 13 Asensio, 1:1 – 32 Morales, 1:2 – 78 Roxer Marti.

"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Odriosola, Varan, Militao, Kroos, Kazemiro, Azar (Vinisius Junior, 60), Modrich, Asensio (Arribas, 82), Benzema (Mariano Dias, 82).

"Levante" – Fernandes, Miramon, Postigo, Duarte, Klerk, Radoya, Malsa (Rochina, 60), Melero, Leon (Bardi, 60), Roxer Marti (Vezu, 83), Morales (Dani Gomes, 76).

Ogohlantirishlar: Malsa (50), Melero (72), Kazemiro (90).

CHetlatish: Militao (9).

BestMaster
31 Yanvar 2021, 00:30
tasodifmi?, real, uyida, yutqazdi, yoxud, kataloniyalik, hakamning, tushunarsiz, qarorlari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 shrek  
Xakamning xatosi buldi real o'yini yaxshi boshlagan edi.
31 Yanvar 2021, 11:45
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads