Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Levante" Madriddan uch ochko bilan qaytadigan bo'ldi

Ispaniya chempionati 21-turidan o'rin olgan bellashuv bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Real Madrid" – "Levante" 1:2 30 yanvar, "Estadio Alfredo Di Stefano"Gollar: 1:0 – 13 Asensio, 1:1 – 32 Morales, 1:2 – 78 Roxer Marti.

"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Odriosola, Varan, Militao, Kroos, Kazemiro, Azar (Vinisius Junior, 60), Modrich, Asensio (Arribas, 82), Benzema (Mariano Dias, 82).

"Levante" – Fernandes, Miramon, Postigo, Duarte, Klerk, Radoya, Malsa (Rochina, 60), Melero, Leon (Bardi, 60), Roxer Marti (Vezu, 83), Morales (Dani Gomes, 76).

Ogohlantirishlar: Malsa (50), Melero (72), Kazemiro (90).

CHetlatish: Militao (9).

Real Madrid

Marco Asensio - 13'

LaLiga . 21-tur

30/01/2021, 20:15

2 : 1 Tugadi

Levante

Jose Luis Morales - 32', Roger - 78'

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: David Medie

45' 90' 8'  Eder Militao9'  Eder Militao13'  Marco Asensio13'  Toni Kroos60'  Eden Hazard (Vinicius Junior)82'  Marco Asensio (Sergio Arribas)82'  Karim Benzema (Mariano Diaz)90'  Casemiro32'  Jose Luis Morales32'  Jorge Miramon50'  Mickael Malsa60'  Mickael Malsa (Ruben Rochina)60'  Sergio Leon (Enis Bardhi)64'  Roger72'  Gonzalo Melero76'  Jose Luis Morales (Daniel Gomez)78'  Roger78'  Enis Bardhi83'  Roger (Ruben Vezo) Match-senterda ochish

La Liga turnir jadvali va to'purarlar jadvali

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

SHu pallada hakamning final hushtagi yangradi va "Levante" Madriddan 3 ochko bilan qaytadigan bo'ldi. Etiboringiz uchun tashakkur. Sog' va salomat bo'ling. Yodingizda bo'lsin, futbol bu shunchaki o'yin, asablaringizni asrang!

90+4-daqiqa. Jarima zarbasi belgilandi. Darvozada jamoasini bir necha bor qutqargan Tibo Kurtua, hujumda ham kerakli ishni o'zi amalga oshirish uchun etib borgandi, ammo uzatma qovushmadi va so'nggi imkoniyat ham ko'kka sovurildi.  

90+2-daqiqa. Arribasning faolligidan keyin to'p Marianoga etib bordi, ammo Diasga himoyachilar imkon qoldirishmadi.  

90+1-daqiqa. Xavfli nuqtadan jarima zarbasi amalga oshirildi va "Real" futbolchilari chinakamiga jonli devor vazifasini bajarib, to'pni o'tkazishmadi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

Etiborli jihati, "Real Madrid" va "Barselona" so'nggi yillarda odatga aylangani, qolganlarni "unutgan" holda, faqat o'zaro kurashga diqqatlarini qaratishgan. Ammo birgina farq, bu safar "Atletiko Madrid" deyarli qoqilmay, ochkolarni to'plab ketmoqda.  

Tasodifmi yoki yo'q, lekin mehmonlar ustozi gol urganlarni maydondan olib tashlamoqda. 

83-daqiqa. O'zgarish! "Levante"ning ikkinchi goli muallifi ham o'yindan olindi. 

Serxio Arribas uchun bu asosiy jamoa safida La Ligadagi debyut sifatida tarixda qoladi. 

82-daqiqa. O'zgarish! "Real" bir yo'la ikki futbolchini alishtirmoqda. Asensio va Karim Benzema o'rniga Arribas va Mariano o'yinga qo'shildi. 

78-daqiqa. GOOOOL! Penaltidan gol urolmagan Rodjer o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. 

78-daqiqa. "Levante" o'sha bir nafar "ortiqcha" futbolchisi hisobiga vaziyat yaratishga urinmoqda. Hujumni yakunlovchi zarbani Gonsalo Melero amalga oshirdi, lekin Toni Kroos to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. Burchak zarbasi.

77-daqiqa. Vinisius raqibni aldamoqchi bo'lib, o'zini aldab qo'ydi va qoida buzishga majbur bo'ldi.  

76-daqiqa. O'zgarish! "Levante" tarkibida gol muallifi Xose Luis Morales o'rnini Dani Gomesga bo'shatib berdi.  

74-daqiqa. Raqib himoyadan chiqayotganida to'pni olib qo'ygan "Real" futbolchilari o'ng qanotdan hujumni rivojlantirishdi, lekin Vinisius faqatgina burchak to'pi bilan cheklandi.  

72-daqiqa. Ogohlantirish! Katta tezlik olgan Vinisiusdan to'pni olib qo'yolmagan Gonsalo Melero o'ta keskin harakat bilan qoidani buzdi va hakam tomonidan ogohlantirildi. 

70-daqiqada "Real" bugungi birinchi burchak zarbasini amalga oshirdi. To'p uzoq burchakda ochilgan Marko Asensiogacha etib bordi, lekin uning zarbasini himoyachi "bloklashga" muvaffaq bo'ldi, keyin esa darvozabon chaqqon harakat qildi.   

69-daqiqa. Vinisius to'pni olib qo'yib, o'yinni raqib darvozasi yaqiniga ko'chishiga erishdi.   

67-daqiqa. Kazemiro to'pni qaytarayotgan pallada raqib vakili unga nisbatan qo'pol o'ynadi.  

Agar bugun "Qirollik klubi" amallab maqsadiga erishib, g'alabani ilib ketsa, mehmonlar Rodjer Martiga ayniqsa "rahmat" deb qo'yishsa kerak.    

64-daqiqa. KURTUAAAA! Rodjerning kuchli zarbasini Tibo qaytarib yubordi va hisob o'zgarmay qoldi.   

"Real" futbolchilari etirozlarini yashirib o'tirishmayap

BestMaster
30 Yanvar 2021, 22:30
liga, levante, madriddan, ochko, bilan, qaytadigan, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads