Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» bir kishi kam bo'lib o'ynab, o'z uyida «Levante»ga yutqazdi

Ispaniya chempionatining 21-turidan o'rin olgan «Levante»ga qarshi o'yin «Real» uchun omadsiz chiqdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 21-turidan o'rin olgan «Levante»ga qarshi o'yin «Real» uchun omadsiz chiqdi.

Birinchidan, jamoaning olti o'yinchisi mazkur bahsda ishtirok eta olmadi. Ikkinchidan esa, o'yin boshidayoq madridliklar maydonda bir kishi bo'lib qolishdi. Jamoa markaziy himoyachisi Eder Militao darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketayotgan raqib hujumchisini o'z jarima maydoni ostonasida yiqitdi. Hakam esa vaziyatni so'nggi umid kushandasi sifatida baholab, "Madrid" a'zosini maydondan chetlatdi.

"Real" kamchilikda o'ynay boshlaganiga qaramay, hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Kroosning ajoyib uzatmasidan keyin Anensio qarshi hujumga qochib ketdi va yakkama-yakka vaziyatda "Levante" posbonini dog'da qoldirdi.

Maydonda bir kishi ko'p bo'lib qolgan mehmonlar to'pni yaxshi nazorat qila boshlashdi. Ular tomonidan tashkil etilgan kombinatsiya 32-daqiqada o'z samarasini berdi. Xose Morales tomonidan yo'llangan zarbani Kurtua qaytara olmadi — 1:1.

Ikkinchi bo'limning 63-daqiqasida hakam dastlab "Real" jarima maydoni chizig'i yonida "Levante" foydasiga jarima zarbasi belgiladi. VAR esa ushbu qarorni penaltiga o'zgartirdi. Roxer Marti tomonidan yo'llangan penaltini zarbasini Kurtua qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

Roxer Marti 78-daqiqada o'z xatosini to'g'irlagan holda jamoasi tomonidan uyushtirilgan kombinatsiya chiroyli zarba bilan samarali yakunladi.

Natijada "Real" o'z maydonida "Levante"ga imkoniyatni boy berdi. "Atletiko" esa ertaga "Kadis"ni mag'lub etsa, hamshaharlari bilan oradagi farqni yanada oshiradi.

Ispaniya La ligasi, 21-tur
Real Madrid – Levante 1:2 (1:1)
Gollar: 1:0 – 13 Asensio, 1:1 – 32 Morales, 1:2 – 78 Roxer Marti.
Real Madrid – Kurtua, Mendi, Odriosola, Varan, Militao, Kroos, Kazemiro, Azar (Vinisius Junior, 60), Modrich, Asensio (Arribas, 82), Benzema (Mariano Dias, 82).
Levante – Fernandes, Miramon, Postigo, Duarte, Klerk, Radoya, Malsa (Rochina, 60), Melero, Leon (Bardi, 60), Roxer Marti (Vezu, 83), Morales (Dani Gomes, 76).
Ogohlantirishlar: Malsa (50), Melero (72), Kazemiro (90).
Chetlatish: Militao (9).

BestMaster
30 Yanvar 2021, 22:30
liga, «real», kishi, bolib, oynab, uyida, «levante»ga, yutqazdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads