Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» Modrich bilan kelishuvga erishdi

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich «Real»dagi faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich «Real»dagi faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, Modrich jamoada qoladi. Chunki u bilan shartnoma uzaytirish masalasi har tomonlama hal bo'lgan. Yaqin kunlarda yangi shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

35 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan. Yangi shartnoma esa bir yilga tuziladi.

Luka Modrich joriy mavsumda La liganing 18ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urdi. Xorvatiyalik o'yinchi 2012 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib keladi.

Eslatib o'tamiz, "Madrid" Serxio Ramos va Lukas Vaskes bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.

BestMaster
28 Yanvar 2021, 09:30
«real», modrich, bilan, kelishuvga, erishdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads