Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu 2021 yil jamoasini o'zgartiradi. U "Real"da Mbappe bilan o'ynaydimi?

Parij ajoyib shahar, lekin futbol uchun Madrid yaxshiroq.

.
- Yuklab olish

Oilasi qiziqishlari

Irina SHeyk Ronaldu bilan birga juftligida rossiyalik model portugaliyalik superyulduz hamma joyga onasini birga olib yurishi yoqmasligini malum qilgandi. Bir yil avval Dolores xonim insultni boshdan o'tkazdi va vaqtida tibbiy yordam ko'rsatilganiga qaramay, ayolning salomatligiga qator kuchli hastaliklar sabab putur etdi.

Ronaldu doimo vafot etgan otasi yoki onasi haqidagi savollar oldida ehtiroslarini yashirolmaydi. Uning onasi Portugaliyada. Undan muntazam xabar olib turish uchun butun oila Madridda bo'lsa nisbatan osonroq bo'ladi. Krishtianu Madriddagi uyiga qaytadigan bo'lsa, onasini ham o'sha erga olib kelishi mumkin bo'ladi, sababi Portugaliya "bir qadam". SHuningdek, ko'p o'tmay Krishtianuning farzandlari bog'cha va maktablarga borishi kerak bo'lishini ham inobatga olish zarur.

Agar argentinalik model va portugaliyalik futbolchi farzandlari italyan emas, ispan tilida talim olishini istashsa — Madrid yana ideal variantga aylanadi, Mayami — keyingi variant. Krishtianu istasa farzandlarini individual murabbiylar bilan taminlay oladi va ular uyga kelib, dars o'tib ketishi mumkin, biroq atrofdagilarga qo'shilish, ijtimoiy faollik muhim hamda zarurligicha qolaveradi. Ronalduning o'g'li qiyinchiliksiz "Yuventus" maktabidan "Real" akademiyasiga ko'chib o'tadi.

SHuningdek, Krishtianu oilasi Italiyada pandemiyani boshidan o'tkazganini unutmaylik. Portugaliyalikning uyi havas qilsa arzigulik, lekin izolyaciya tasirini o'tkazmay qolmagani aniq. Ispaniyada dugonalari bo'lgan Jorjina ham Ispaniyaga qaytish yaxshiroq bo'lardi deyotgan bo'lsa ajab emas. 

"Yuventus" qiziqishlari

Oxirgi vaqtlarda Turinliklarga Salah kerakligi haqida ko'p mish-mishlar tarqalmoqda. Lekin malum vaziyatlarda jamoa Azar variantiga ham qarshi bo'lmasligi mumkin. Eden yangi mavsumni "ketmoni hech uchmayotgan" joy "Real"da boshlash haqida jiddiy o'ylab ko'rishi zarurdek... Futbolchining o'zi orzu qilgandek "CHelsi"ga qaytish endi qiyin masala — ijara esa Madrid klubini qoniqtirmaydi.

Azar - Ronalduning o'ziga xos "almashinuvi" esa — "Yuventus" uchun yaxshi imkoniyat. Nega bu kelishuv turinliklarni qiziqtirishi mumkin, deysizmi? Eden "Real"da 13 mln evro maosh oladi, Krishtianu Turinda — 31. Ikki raqamning o'rni almashishi esa klub byudjetiga jiddiy tasir ko'rsatadi. "Yuventus" va portugaliyalik o'rtasidagi shartnoma 2022 yilgacha amal qiladi, vaqt o'tgani sari futbolchining transfer bahosi ham tushib bormoqda.

Nazariy jihatdan Turin o'zining Ibragimovichini qo'yib yubormasligi zarur. Amalda esa yoshroq futbolchilarga imkon bergan maqulroq. Pirlo yangi mavsumda qolishi aniq emas, Ronaldu esa yana bir yil "Yuventus"da o'ynashga majbur emas.

Zidanning qiziqishlari

"Real" hozir qiyin vaziyatda. Nafaqat Ispaniya Superkubogida "Atletik"dan uchralgan mag'lubiyat yoki boshqa bir Kubokda "Alkoyano"ga yutqazib qo'ygani emas. Marselino jamoasi ajoyib o'yin ko'rsatyapti. Superkubokdagi g'alabadan keyin bilbaoliklar "Highway to hell" qo'shig'ini kuylashdi ("Real" va "Barselona" qaerga jo'natilganiga ishorami?). Muhim gol muallifi Vilyalibre asosiy rolda edi. Aser mahoratli qo'shiqchi emasdir, lekin yurakdan kuyladi.

Pirloning "Yuventusi" yoki Zidan qo'l ostidagi "Real" ko'rsatayotgan o'yini bo'yicha muvaffaqiyatli rok-guruhga o'xshamayapti. SHunday ekan Zinedinga tezda yangi o'yinchilar zarur. Yozgi transferlarni "Madrid" kabi klublar qishdanoq tayyorlab borishadi. Bunga misol tariqasida Alaba bilan muzokaralarni keltirish mumkin. Yoki Ramos bilan — Serxio agar klubga do'sti Ronaldu qaytsa, qolishga rozi bo'lishi osonroq bo'lishi mumkin.

Zidanga chempionlik ruhidagi jamoani shakllantirish zarur. Ularga ECHL g'olibi Alaba kelsa, qo'shimchasiga Ronaldu — mana sizga "tog'larni ag'darishga" tayyor "Real". Yangi mavsumda jamoani kim boshqarsa ham tarkibni kuchaytirish halaqit qilmasligi turgan gap.

Mbappening qiziqishlari

PSJ hali ham Ronalduning ehtimoliy xaridori sifatida qaralmoqda, ammo ko'rinmas bazi sabablar bor. Krishtianu Liga 1da o'zini qanday ko'rsatadi? Aniqrog'i u ko'nikishiga qancha vaqt ketarkan? Krishtianuning iqtidori va mahoratiga shubha bo'lishi mumkin emas, u istalgan chempionatda o'rnini topib ketadi, ammo... A Seriyaga futbolchi ancha vaqt ko'nikdi, bu erda esa yana bir yangi chempionat, faqat undanda "murosasiz" — futbolchi uchun ideal variant emas. "Lion" darvozasiga gol urib, g'alaba qozonding, keyinchi?

"Barselona"ni mag'lub etish qiziqroq-da. SHunday ekan, Neymar haq bo'lishi mumkin — Ronaldu emas, Messi bilan bir klubda o'ynashi, ammo Kataloniyada emas. Mbappe esa mish-mishlarga qaraganda sheyxlarni ketishi haqida ogohlantirib ulgurgan hamda "Real"ga yo'l oladi, sababi "Liverpul" bitta transfer uchun 200-250 mln evro ajratishi biroz qiyindek. Peres esa "dietadagi yoz" — 40 yildan buyon ilk bor transfersiz yozdan keyin xaridlarni ko'zlab turibdi.

Mbappe yoshligidagi kumiri — Ronaldu bilan bir jamoada o'ynashga jon deyishi hech kimga sir emas. Krishtianu "Real"ga qaytsa, Kilianni Madridga olib kelish yanada osonroq bo'ladi.

"Real"ning qiziqishlari

Peresning qiziqishlari ham shu erda. Bu mavsum klub muxlislari na Ramosni, na Azarni va na Zidanni klub prezidentichalik tanqid qilishmoqda. SHu sababli ham aqlli transfer qarorlari talab qilinadi. SHu kabilardan 3tasi ostonada turgandek — Alaba erkin agent, keyin Mbappe va Ronaldu.

Peres ham barchasini yaxshi tushunib turibdi va tajribali mutaxassis bekorga Krishtianu bilan Turinda ko'rishmadi. Ispaniyalik qariya va hech qarimaydigan portugaliyalik do'st deb bo'lmaydi, ammo Florentino avvaliga forvardni Madriddagi o'yinga yarashish uchun taklif qildi, keyin Ronalduning oldiga mehmonga bordi.

"Real" prezidenti bunday ishlarda ustasi-faranglardan hisoblanadi. Mendeshga chiqish ham Flo uchun muammo emas — istalgan vaqt qo'ng'iroq qilishi yoki telefonda maktub yozishi mumkin. Pandemiya davrida Turinda ko'rishishning ehtimoliy transferdan boshqa sababi yo'qdek. Agar Italiyadagi insayderlar aldamayotgan bo'lsa — muzokaralar davom etmoqda.

Ronalduning qiziqishlari

Tasavvur qilaylik, Messi yozda "Barselona"dan ketadi — hozir shunday bo'lishi har qachongidan realroq. SHu o'rinda Ronaldu va Mbappe "Real"ga kelsa... Agarda Simeone "Atletiko"da yana o'n yilga qolsa ham, Zidan chempionlik tojini "qaymoqranglilar"ga 2022-yildayoq qaytarishi osonlashadi.

Ronaldu esa Azarning o'yini fonida yanada yaqqolroq ajralib chiqishi va Ispaniya poytaxtini tark etgani sababi, Krishtianu bir necha bor "Yuventus"ni tanlashida italiyaliklar muxlislarning raqib bo'lishiga qaramay, tik turib olqishlashi muhim rol o'ynaganini takidlagan. Krishtianu — biroz "egoist" futbolchi, u doim etibor markazida bo'lishi zarur.

Madridda tribunalar portugaliyalikni norozi hushtaklar bilan "siylashgan", lekin bu mavsum o'ta omadsiz o'tsa, fanatlar portugaliyalik to'purarning gollaridan mamnun bo'lishlari aniq. Amalda Ronalduning variantlari u qadar ko'p emas. MYU yoki PSJ loyihalariga u yoshi va talablari tomondan to'g'ri kelmasligi mumkin. "Madrid" esa — uning klubi. O'zi ketgandi, o'zi qaytishga qaror qiladi. Hammasi Ronaldu o'rgangandek — mustaqil hal qilish zarur.

Eski tanish Benzema va yangi, yosh sherik Mbappe juda kuchli uchlik hosil qilishga yordam berishadi. Morata va Dibala — yaxshi sherik, ammo "Yuventus"da Zidan yo'q, franciyalik murabbiy esa Ronaldu bilan yaxshi chiqishadi. Turin esa — ikkinchi Madrid emas. AQSHga ko'chib o'tishdan avval Krishtianu yana bir-ikki yil "Real" sharafini himoya qilishi mumkin, shu tariqa portugaliyalik Mbappeni ham futbolning katta ligalari olamiga kirib kelishiga yordam berardi.

Bu vazifani KriRo o'zi "Madrid"ga ko'nikishi qiyin bo'layotgan Azardan yaxshiroq uddalaydi. Zidan jamoasi hujumchisi o'rinbosari kutilganidek o'yin ko'rsata olmadi (har holda hozircha). Peresni Ronalduning oylik maoshi bilan qo'rqita olmaysiz. Krishtianu esa A Seriya, hujumchi uchun La Ligaga nisbatan qiyinroqligini o'zi tushundi. "Atletiko"ning bu ketishi bo'lsa, "Real" bu mavsum chempion bo'lishi o'ta qiyin — qaytish uchun yana bir sabab. Qaytib La Liga va ECHLda omadli davrlarni qaytarish hamda etakchisini sotib, klub nimalarni yo'qotganini ko'rsatib qo'yish.

Kilianning bir o'zi esa kamlik qilsa kerak. Mbappeda hozircha u qadar etakchilik qobiliyatlari rivojlanib ulgurmagan, unga yo'lboshchi kerak. Neymar bu rolga unchalik to'g'ri kelmaydi, u Ronaldu kabi etakchilikka davo qila olmaydi. Krishtianu — mashina va Peres portugaliyalik u o'ylaganidan muhimroq figura bo'lganini tushunib etgan bo'lsa ajab emas.

Nozima Zaripova tarjimasi

BestMaster
25 Yanvar 2021, 17:15
ronaldu, 2021, jamoasini, ozgartiradi, realda, mbappe, bilan, oynaydimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads